Ii bob. O`Quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning mazmuni, metodi, shakl va vositalari



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə9/32
tarix02.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#137091
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Magitrlik dissertasiyasi Adash

2.1-§. O`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning usullari.
Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko'rsatdiki, oila va ta'lim muassasasi bola uchun eng muhim tarbiyaviy muhit bo'lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, tasavvur, dunyoqarash va sog`lom tafakkur shakllanadi hamda rivojlanadi.
Sharqda azal-azaldan tarbiyaga yuksak baho berib kelingan. Shu tufayli, sog`lom tafakkurli avlodning shakllanishida oilaning tutgan o'rnini inkor etib bo'lmasligi bizning milliy qadriyatlarimizda ham o'z aksini topgan.
Milliy istiqlolga erishgandan so'ng o'zlikni anglash tuyg'usining qaror topganligini, o'tmish qadriyatlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishning ortganligi, oilaning shaxs kamolotida tutgan o'rni va ahamiyatini xolisona baholash imkonini berdi. Bu borada prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib, "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi.22
Bolaning barkamol shaxs sifatida rivojlanishi, unda sog'lom tafakkurning shakllanishida obyektiv va subyektiv omillarning roli katta. Obyektiv omillar sirasiga: oilaning moddiy ta'minoti va farovonligi, shu bilan birga maishiy turmush darajasi, oila budjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog'lom ruhiy muhitning barqarorligi va boshqalar kirsa; oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a'zolarining fiziologik-psixologik, madaniy jihatdan komillik va ma'lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o'rtasidagi mutanosiblik, birlik tamoyillariga tayanish va shu kabilar subyektiv omillar sirasiga kiradi.
O`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirish – bu ularda vaqtdan maqsadli va unumli foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish demakdir. Demak, o`quvchilarda sog`lom tafakkurni rivojlantirishning vazifasi jismoniy va psixologik jihatdan sog'lom, ma'naviy barkamol, mehnatga va oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berish ekan, buning uchun oila tarbiyasi mazmuni ijtimoiy tarbiyaning yo'nalishlari: jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g'oyaviy hamda jinsiy tarbiya berish, ularda mustaqil faoliyat yuritish ko'nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Hozirgi kunga kelib, yurtimiz hayotida ro'y berayotga o'zgarishlar, dunyo hamjamiyatida sodir bo'layotgan voqea-hodisalar, ularning yoshlar ongiga, insonlar turmush tarziga ta'sir ko'rsatayotganligi, buning natijasida kelib chiqishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarning oldini olish uchun o'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish shart. Bu esa, ta'lim muassasasining imkoniyatlari, vazifalarini yana bir bor ko'rib chiqishni taqozo etadi, albatta.
Zero, ta'lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, birinchidan, yosh avlodga o'zligimizni, muqaddas an'analarimizni anglash tuyg'ularini, xalqimizning ko'p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin