1. Motivatsion-diagnostik bosqich – o'quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularda tafakkur, tafakkur tushunchasining mazmun-mohiyati, sog'lom tafakkurni belgilovchi mezonlarni, tafakkur qonuniyatlari va turlarini egallashga qiziqish, ehtiyoj va istakni qaror toptirishga qaratilgan jarayon.
O'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirishning motivatsion-diagnostik bosqichini loyihalashda mazkur jarayon samaradorligiga erishish va natijaviylikni ta'minlanishi uchun quyidagi shartlarning bajarilishi zaruriyatini taqozo etadi:
- inson tafakkuri, uning o'ziga xos xususiyatlari ahamiyati va zaruriyatining anglab yetilishi;
- ta'lim va tarbiya jarayoni hamda shaxslararo munosabatlar jarayonida motivlarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
- o'quvchilarda tafakkur, sog'lom tafakkur, uning qonuniyatlari, fikrlash, anglash, tushunish kabi tushunchalarga oid bilimlarini baholash;
- o'quvchilarda jamiyat hayotida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarning mazmun-mohiyatini to'g'ri baholay olish, xulosa chiqarish, sog'lom tafakkur yuritish usullarini egallashga bo'lgan ijobiy motivlarni shakllantirish;
- o'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish uchun zaruriy va qulay shart-sharoit yaratuvchi ijodiy muhitni yaratish.
2. Axborotli-kognitiv bosqich – o'quvchilarda shakllantirilishi lozim bo'lgan sog'lom tafakkurga doir tasavvur, tushuncha va bilimlar majmuini ishlab chiqish.
Mazkur bosqichda quyidagi dasturlar bo'yicha o'quvchilarda shakllantirilishi lozim bo'lgan bilimlar majmui ishlab chiqilgan:
1) nazariy-amaliy mashg'ulot loyihasi (24 soatlik 6 ta mavzuda);
2) trening mashg'uloti dasturi (10 soatlik 5 ta mavzuda);
3) musataqil ta'lim mavzulari blanki (12 soat);
4) ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasi.
3. Faoliyatli bosqich – o'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirishga doir aniq vaziyatlar, faoliyat shakllarini yaratish orqali ularni amaliy faoliyatga jalb etish. Mazkur bosqichda quyidagi muhim vazifalar amalga oshiriladi:
1) o'quvchilarni yangicha fikrlashga yo'naltirib, ularda sog'lom tafakkurning rivojlanishiga olib keladigan ta'limiy va tarbiyaviy mazmun bilan boyitilgan real hayotiy vaziyatlarga kiritish;
2) o'quvchilarning o'z-o'zini rivojlantirish va takomillashtirish vazifalarini ongli ravishda o'z oldiga qo'yishlariga erishish;
3) pedagogik ta'sir odimlovchi tavsifga ega bo'lishi lozim;
4) o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi o'quv-bilish faoliyatini tizimli tashkil etish.
Faoliyatli bosqich real pedagogik vaziyatlarni yaratish jarayonida tashkil qilinadi hamda tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy va ijtimoiy-qadriyatli xususiyat baxsh etilgan auditoriya va auditoriyadan tashqari faoliyat turlarini – “Nima uchun buni qilyapsiz?”, “Sizda qanday istak bor?”, “Sizningcha bunday holatda qanday yo'l tutish kerak?”, “Uning ijtimoiy natijasi qanday?”, “U boshqalarga nima beradi?”, “Muammoning echimlarini ishlab chiqing. Bildirgan fikrlaringizni muhokama qiling?” kabi jihatlarga e'tiborni qaratishni ko'zda tutadi.
Faoliyat refleksiya, ya'ni faoliyat natijalarini shaxsning o'zi tomonidan baholanishi (“Buni to‘g‘ri qildimmi?”, “Nimalarni his qildim?”, “Qanday tarzda amalga oshirdim?”, “Natijadan qoniqish hosil qildimmi?”) bilan uyg'unlikda amalga oshiriladi.