Bosqichlari
|
Mazmuni
|
Metod va usullari
|
Motivatsion-diagnostik
|
Shakllantirilayotgan xususiyat bilan o'zaro ta'sirga kirishish– bu munosabat, baholash; o'z tajribasiga, o'zining qadriyatlar tizimiga kiritish bilan bog'liq. Mazkur xususiyatga ijobiy emotsional munosabatni tarkib toptirish
|
Muammoli tavsifdagi suhbat, o'yin tavsifidagi mashqlar, bahs-munozarali o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, erkin yozish, aqliy hujum, fikrlar hujumi, o'z-o'zini baholash
|
Axborotli-kognitiv
|
Ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarga shakllantirilayotgan xususiyat haqida tushunchalar berish, tasavvurlar hosil qilish, yaxlitlikda bilimlarni tarkib toptirish
|
Ma'ruza, tushuntirish, o'rgatish, namuna ko'rsatish, reproduktiv obrazli suhbat, test (asosiy tushunchalar mazmuniga oid, tushunchali), tugallanmagan gaplar metodikasi
|
Faoliyatli
|
Hosil qilingan bilimlar, fikrlash tarzini o'quv faoliyati va muloqotning real hayotiy sharoitlariga kiritish. Sog'lom tafakkurni amaliy topshiriqlarni bajarish, mustaqil ish tayyorlash, mashq qilish yo'li bilan mustahkamlash.
|
Mashq, namoyish etish, mushohadali tajriba, pedagogik vaziyatlar, real hayotiy vaziyatlar, musobaqa, rag'batlantirish, loyiha, o'yinli vaziyat, matn ustida ishlash, pedagogning suggestiv faoliyati.
|
Qadriyatli
|
Shakllantirilgan xususiyatni qadriyatlar tizimiga kiritish orqali qadriyatli yo'nalganlikni tarkib toptirish Barqaror e'tiqod va qarashlar tizimining shakllanishi hamda o'zaro birgalikdagi faoliyat malakalarini egallash
|
Ijtimoiy voqelik, vaziyatlarni tahlil qilish va munosabat bildirish, rolli vaziyatlar, “Tanqidiy fikrlashni aniqlash” metodikasi”, “Fikr bildirish” metodikalari, “Ishontirish maktabi”, “Mulohaza, sabab, misol va umumlashtirish”.
|
O'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi quyidagi to'rt bosqichga asoslanadi: motivatsion-diagnostik, axborotli-kognitiv, faoliyatli va qadriyatli bosqichlar. Quyida har bir bosqichga tasnif berib o'tamiz.
Dostları ilə paylaş: |