Ingenerlik geodeziyasi



Yüklə 4,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/88
tarix05.12.2023
ölçüsü4,35 Mb.
#138433
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88
Ingenerlik geodeziyasi

Tasodifiy xatolik deb
xatolar qatorida turli ishora va qiymatda uchraydigan hamda 
qiymat ma`lum chekdan oshmaydigan xatolikka aytiladi.
Tasodifiy xatoliklar qonuniyatlari ommaviy o`lchashlarda namoyon bo`ladi va 
ularni o`rganish bilan xatoliklar nazariyasi fani shug`ullanadi. Uning vazifalariga 
o`lchashlar xatoliklari va turlarini o`rganish, o`lchash natijalarining aniqligini baholash 
uchun har xil mezonlar o`rnatish, bitta miqdorni o`lchash qatoridan uning eng 


7
2
ishonchliroq yakuniy qiymatni topish va bu natijani baholash, o`lchangan qiymatlar 
funkstiyalari aniqliklarini tahlil qilish kabi masalalarni echish kiradi.
O`lchashlar xatoliklari nazariyasi hal etadigan yuqorida sanalgan masalalar geodezik 
o`lchashlarni to`g`ri tashkil qilish, o`tkazish va natijalardan oqilona foydalanish uchun 
katta ahamiyatga ega.
O`lchashlar xatoliklari nazariyasi o`lchashlar bajariladigan hamma sharoitlarni to`g`ri 
va sinchkovlik bilan o`rganish, ularni ishonchli o`tkazish uslubiyatini belgilash, bu 
maqsad uchun zaruriy asboblarni tanlash, qutilayotgan o`lchash va yakuniy natija 
aniqligini hisoblash, o`lchashlar bajarilgandan keyin esa natijalarga to`g`ri ishlov 
berish va ularning aniqligini baholash imkonini beradi.
3.2.2. Tasodifiy xatoliklar xossalari
 
Ommaviy o`lchashlarda namoyon bo`ladigan tasodifiy xatoliklar statistik 
qonuniyatlarga bo`ysunadi, bunda ular quyidagi to`rt xossaga ega bo`ladi;
1)
berilgan o`lchash sharoitlari uchun absolyut miqdori bo`yicha ma`lum bir 
chekdan oshmaydi;
2)
absolyut qiymatlari bo`yicha musbat va manfiy xatoliklar baravar uchraydi;
3)
tasodifiy xatoliklarning arifmetik o`rtamiqdori o`lchash soni cheksiz 
ortgandan olga intiladi;
4)
absolyut qiymatlari bo`yicha kichik tasodifiy xatoliklar kattalariga 
qaraganda ko`proq uchraydi.
Tasodifiy xatoliklarning uchinchi xossasiga ko`ra
(2)
bunda [

] - bir jinsli miqdorlarning yig`indisini belgilash uchun Gauss kiritgan ramzi 
(simvol).
Agar X miqdorning o`lchash natijalari l
1
, l
2
,..., lp va bu o`lchashlarning (2) formulada 
hisoblanadigan tasodifiy xatoliklari 

1


2
,..., 

n o`lchashlar soni p cheksiz ortganda 
oddiy arifmetik o`rta qiymat xaqiqiy x qiymatga intiladi, ya`ni Amaliyotda kattalikni 
o`lchashlari soni nisbatan katta bo`lmaydi, lekin bunday hollarda ham oddiy arifmetik 
o`rta qiymat izlanayotgan miqdorning eng ishonchli qiymat bo`ladi.

Yüklə 4,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin