Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda yuqorida sanab o’tilgan elementlardan
birortasi e’tibordan chetda qolsa yoki noto’g`ri tanlangan bo’lsa
tizim ishlamaydi,
demakki, ta’lim jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishilmaydi.
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING TURLARI
Shaxsga yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarining dolzarbligi
O’zbekiston Respublikasi inson huquqlari va
erkinliklariga rioya etilishni,
jamiyatning ma’naviy yangilashini ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini
shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo’shilishni ta’minlaydigan
demokratik huquqiy
davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda.
Zamonaviy bozor iqtisodining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat asosida,
xalq xo’jaligini barcha tarmoq va zvenolarning keskin rivojlanishini taqozo etadi.
Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Korxonalar orasidagi
raqobat o’z navbatida, fan -texnika va texnologiyani, ya’ni ilmiy texnika
taraqqiyotining
(ITT) jadallashuviga olib keladi.
ITT ning jadallashuvi, hayotning barcha sohalarida
tubdan isloh qilinishi
natijasida jahon hamjamiyatiga qo’shilish imkoniyatini beradi.
Bu yerda ham birinchi qatorda qo’yilgan masalalarni hal qila oladigan kadrlarni
tayyorlash muammosi kelib chiqadi.
Shuning uchun ham respublikamizda “Ta’lim to’g`risida” gi va “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi ” qonunlari qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: