Ingliz tili leksikasi


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi-ta’lim sohasini tubdan isloh



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/38
tarix10.01.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#122127
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi-ta’lim sohasini tubdan isloh 
qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos 
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy 
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini 
yaratishdir
15

____________________ 
 
15
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
 


Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, 
quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi lozim: 
Birinchidan - ITT ning hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli 
bilan belgilanadi.
XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi sur’ati 
oshdi. Oxirgi, har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko’rsatkichlari 2 marta oshib 
bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma’lumotlar insoniyatning to’la tarixi 
davomida to’plangan bilimlarini katta qismini tashkil etdi.
Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponenstial qonun hisoblanadi. 
Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur’atlari aqliy mehnatning borgan sari 
avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda.
Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy texnikaviy axborotning jadal o’sishiga va 
tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponenti qonun bo’yicha rivoji 
uning shiddatli o’sishini anglatadi. Demak, ilmiy-texnikaviy axborot o’sish ham, 
shiddatli jarayon hisoblanadi. Jahonda har yili minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi va 
o’n minglab dissertastiyalar himoya qilinadi.
Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta’minlash 
maqsadida zamonaviy telekommunikastiyali axborot tizimlari qo’llanilmoqda. 
Ko’rib turganimizdek, ilm-fan axborotining hozirgi zamon o’sish tezligi va hajmi 
ularning o’tgan 15-30 yildagi holatida keskin farq qiladi. 
Ilm-fan rivoji, bu ma’lumotli mutaxassislarning faoliyat doirasidir. Shuning 
uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o’ta iqtidorlilariga 
zamonaviy axborot oqimini o’zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va 
mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy-texnikaviy axborot va o’quv ilmiy 
adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga imkoniyat berishi lozim.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin