Ingliz tili leksikasi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/38
tarix10.01.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#122127
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

Ikinchidan –hozirda zamon fanining shiddatli rivoji ikki, uch va o’ndan ortiq 
fanlarni ulanishlarida yangi turdagi fanlar paydo bo’lishi bilan ham ta’minlanadi. 
Masalan: biofizik, biogeokimyo, informatika, fizikokimyoviy mexanika va hokazo. Fan 


daraxti hosil bo’ladiyu, ma’lum fanlar ulanishlarida tug`ilgan yangi fan-bu yangi 
yo’nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalar demakdir. Bu masalalarni oliy 
maktabning iste’dodli bitiruvchilari hal etishi lozim.
Shuning uchun kadrlar tayyorlashni zamonaviy tizimi, ularda o’ziga xos va 
nostandart fikrlash qobiliyatini o’stirishi, o’z ustida doimiy ravishda chidam va matonat 
bilan ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish lozim. 
Tahsil oluvchi hayratlana olishi, mag`rurlana olishi lozim, faqat shundagina u 
boshqalarni o’zining ijodiy ishi bilan hayratga solishi mumkin. 
Uchinchidan-fan-texnikaning tezkor rivojlanishi, ilmiy-texnikaviy axborotning 
shunga o’xshash axborot uzatish va qayta ishlash tezligini oshirishga olib keladi, buning 
asosida esa hisoblash texnikasi yotadi. Ta’limni individuallashtirmasdan, zamonaviy 
informastion tizimlardan foydalanishni ko’z oldimizga keltirishimiz mumkin emas. 
Shuning uchun «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da «o’qitishni, mustaqil bilim 
olishni individuallashtirish hamda distanstion ta’lim texnologiyasi va vositalarni 
ishlab chiqish va o’zlashtirish» vazifasi qo’yilgan. Bu oliy, o’rta maxsus va kasb-hunar 
ta’limi tizimlarida birdek dolzarb hisoblandi. 
To’rtinchi –ITT xususiyati muhandislik yechimlar turini keskin oshishi
materiallarning tez-tez almashinuvi, texnologik jarayonlar, mashinalar konstrukstiyasi
boshqarish tizimlarining avtomatlashtirish darajasining oshishi, ilmiy yutuqlar natijasini 
ishlab chiqarishga tatbiq etish muddatlarini kamayishi hisoblanadi. Masalan, telefon 
aloqasining ixtiro qilinishi bilan uni amalga oshirish orasida 56 yil o’tgan bo’lsa, radio 
uchun 35 yil, televizor uchun 14 yil, atom energiyasi uchun 6 yil, tranzistor uchun 5 yil 
o’tdi. Hozirgi paytda esa bu muddatlar odatda bir yildan oshmaydi. 
Shuning uchun mutaxassislar tayyorlovchi barcha tizimlar bir tomondan ulardan 
uzluksiz o’zgarib turadigan ishlab chiqarish texnika va texnologiya sharoitida zudlik 
bilan moslashuvni shakllanishiga yo’naltirilishi, ikkinchi tomondan ular bilimining 
harakatchanligi, tanqidiy fikrlashuv kasbiy faoliyatida ijodiylik va moslashuvchanlik 
kabi xislatlarga ega bo’lishi zarur. Bu esa zamonaviy muhandis va ishchining 
qiyofasidir. 



Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin