O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
KURS ISHI
MAVZU: Yosh gimnastikachilar tayyorgarligining boshlang`ich bosqichida trenirovka ishlarini rejalashtirish va hisobini olishni takomillashtirish uslublari va shakllari
Bajardi: Ibrohimova Orasta
REJA:
KIRISH
I.BOB
1.1. Harakatlar — gimnastika mashqlarining asosi
1.2. Asosiy harakat stcreotiplari
1.3. Gimnastikada tana holati va harakatlanish
II.BOB
2.1. Gimnastika mashqlariga o‘rgatish
2.2. Yosh gimnastikachilarni tayyorlash usullari
2.3 Yosh gimnastlarni tayyorlash bosqichlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
Kirish
Gimnastika — bu portlovchi akrobatik mashqlar, og‘irIik kuchini rad qiladigan chiqishlar, ruhni zabt etadigan lahzalar. Gimnas- tikaning bunday go'zal harakatlari televizion ko‘rsatuvlar orqali barchaga tanish va ular to‘g‘risida ko‘p yillik ma’lumotlar mavjud. Tayanch nuqtasiz bulaming hech qaysisi bo‘lmas edi. Gimnastikachilar trenirovka mashg‘ulotni murakkabligi yuqori va olimpiya darajasidagi chiqishiardagi elementlardan boshlamaydilar. Ular eng asosiylaridan boshlashadi. Rivojlantirish jarayonida boshlang‘ich tayyorgarlikka nomuvofiq, yuqori darajada chiqish juda murak- kabdir. Ilk bosqichlarda o‘qitilayotgan asosiy ko‘nikmalar va texnikalar tayyorgarlikning eng yuqori darajasi uchun asos soladi va keyin
chalik rivojlanish uchun o‘zlashtirilishi kerak. Faqat bir nechta ko!nikmalami egallashni talab qiladigan boshqa sport turlaridan farqli o'laroq, gimnastikada yuzlab, balki minglab o‘rganilishi va ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan elementlar mavjud. Asosiy harakatlar va elementlar barcha gimnastik dissiplinalarni rivojlantirish dasturiga kiradi. Bu bo‘limda boshlang‘ich ta’lim uchun muhim bo‘lgan gimnastikaning asosiy tushunchalari, harakatlar, tana holati va konsepsiyasi ko‘rib chiqiladi.
Harakatlar — gimnastika mashqlarining asosi
Mashqni to‘g‘ri o‘rgatish uchun gimnastikachi tanasining qan- day holatlanishi va ishlashini tushunish kerak. Gimnastika noyob texnik talablaiga ega elementlami o‘z ichiga oladi, lekin ko‘pincha asosiy holatlarining o‘xshashligini hisobga olib, kategoriya bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin. Asosiy biomexanik konsepsiya asoslariga kirish murabbiyga mashqni bajarish va uning texnikasini tushunishga, ideal holatni aniqlashga, elementlar hamda ulaming ketma-ketligini tanlab olish va amalga oshirishga yordam beradi, binobarin, gimnastikachining yakuniy muvaffaqiyatiga imkon yaratadi. Bazaviy harakatni tushunish turli snaryadlarda har xil mashqlar orasidagi o‘xshashlikni va bog‘liqlikni aniqlashda ham yordam beradi.
Asosiy harakat stcreotiplari
Gimnastika elementlarini oltita asosiy harakat stereotipiga bo‘- lish mumkin: qo‘nish, statika, lokomotsiyalar, aylanish, sakrashlar va siltashlar. Sog‘lomlashtiruvchi gimnastika dasturi har bir stereotipda ishonchlilik va chuqur bilimga egalikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Qp‘nish. Qo‘nishda urilish yengillashadi va harakat to‘xtaydi. Qo‘nish — gimnastikadagi eng muhim ko‘nikma, chunki eng ko‘p bajariladi, to‘g‘ri qo‘njsh esa xavfsizlikni ta’minlaydi. Statika. Statika deganda, tana ogirligi turg‘un va tayanch nuqtasidan yuqorida joylashgan holatlaming barchasi tushuniladi.
Unga sportchidan tananing turli qismlarida muvozanatni mus- tahkam ushlab turadigan holat kiradi. Tayanch nuqtalariga misollar — oyoqlar, qo‘llar, yelkalar va bo‘ksa (dumba). Lokomotsiyalar. Lokomotsiyalar yoki harakatlanish, tananing bir qismidan ikkinchisiga yoki o‘ziga og‘irlikni asta-sekin o‘tkazish hisobiga sodir bo‘ladi. Qoidaga kovra, og‘irlikni bir yoki ikki oyoqqa o‘tkazish yordam i da amalga oshiriladi. Lokomotsiyaga misollar: yugurish, sakrashlar, irg‘ishlar. Aylanishlar. Aylanishlar — tananing ichki o‘qi atrofidagi harakati. Aylanishlar shakllari: vertikal (vertikal o‘q bo‘ylab boshdan oyoqqa o‘tadi), gorizontal (gorizontal o‘q bo‘ylab, bir yondan ikkinchi yonga o‘tadi), oldingi-orqa (oldingi-orqa o‘q bo‘ylab, tananing oldingi qismidan orqa qismiga o‘tadi). Sakrashlar. Sakrashlar — tananing tez ko'chishi, masalan, ikki oyoqda sakrash va oldinga flyak qilganda ikki qoldan sakrash. Siltashlar. Siltashlar — tashqi o‘q atrofidagi harakat, baland- past qo‘shpoya yoki tumikdagi kabi.
Ogirllk markazi
Vazri markazi ma’lum obyektdagi barcha mate rial laming o‘rta nuqtasi yoki o‘rta holatidir. Gimnastikachi tanasining og‘irligi taxminan kindikdan 2,5 sm pastda va taxminan qorin va orqa qism orasida joylashgan. Bundan tashqari, og‘irlik markazi tananing ma’lum harakati va holatida o‘zgarishi mumkin. Masalan, gimnastikachining qo‘llari bosh ustida bolganda u ko‘tariladi. Og‘irlik markazi gimnastika mashqlarini o‘rgatishda muhimdir, chunki ko‘pgina bazaviy elementlar gimnastikachidan o‘z o‘qi atrofida aylanislini talab qiladi. U nafaqat o‘qbo‘lib xizmat qiladi, balki muvozanat va targ‘unlikka ham ta’sir qiladi. Agar gimnastikachining bo‘yi baland bo‘lsa (binobarin, og‘irlik markazi nisbatan baland bo‘ladi) yakkacho‘pda yoki oyoq uchlarida turishda muvozanat saqiash qiyin bo‘ladi, chunki uning og‘irlik markazi tayanch nuqtasidan uzoqda joylashgan bo‘ladi. Agar gimnastikachining bo‘yi past bo‘lsa, muvozanat saqiash oson bo‘ladi.
Gimnastikada tana holati va harakatlanish
Bu bo‘limda aniqlangan va namoyon qilingan tana holatiari va harakatlari sizga gimnastikachilar va hamkasb murabbiylar bilan samarali aloqa qilishda yordam beradi. Bu harakatlami tushungan holda sportda va trenerlik kasbida bilimli ekanligingizni namoyon qilasiz. Gimnastikada minglab harakat va holatlar mavjud. Bu harakat va holatlarga ko‘plab mashqlar kiradi.
Tananing asosiy holatiari
Tananing holati — gimnastika mashqlarini va qo'nishlami muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun muhim bo‘lgan tushuncha- lardan biridir. Tananing to‘g‘ri turishi — bu qanday kerak bo‘lsa, shunday joylashishidir. Turish holatida qorinni tortib, orqa mushaklar taranglashgan, yelkalar tushirilgan, qo‘llar tana yonida bo‘shashtirilgan, boshni to‘g‘ri tutib, ko‘zlar oldinga qaratilgan boladi. Gimnastikada tananing turli a’zolari holati o‘zgarsa-da, kerakli holatni saqlab qolish kerak.
Gimnastika mashqlariga o‘rgatish
Gimnastika asoslarini o‘rgatishda har bir mashqni o‘zlashti- rishning bir nechta uslublari bor. Uslublami o‘rganib bolingan elementlarga, musobaqa darajasi va gimnastikachining tajribasiga asoslangan holda tanlash mumkin. Keltirilgan uch uslub — yordamchi mashqlar, ko'maklashuvchi mashqlar, asta-sekin o‘rgatish — o‘qitishda samaralidir. To‘g‘ri o‘igatish, bolaiarga katta muvaffaqiyatlarga erishish va xavfsizroq muhit yaratishga yordam beradi. /
КО‘МАКLASHUVСНI MASHQLAR
Ko‘maklashuvchi mashqlar — bu mashqni oddiyroq qismlarga boii^hdir. Gimnastikachilar bu qismlarni ishlab chiqadi, keyin ulami birlashtirib, tayyor mashqni o‘zlashtirishadi. Bu yaxlit va qismlarga bo‘lib o‘tish uslubi deb ham nomlanadi. Ko'mak- lashuvchi mashqlar murakkab mashqlarni birdan va yaxlit o‘zlashtirishga harakat qilish o‘rniga qismlarga bo‘lish va har birini o‘rganishga yordam beradi .
Orqaga umbaloq oshish uchun ko‘maklashuvchi mashqlarga misol — orqaga tebranish. Gimnastikachi harakatni cho‘qqayib o‘tirishdan boshlaydi, oyoqlami va boshni siqib (iyakni ko‘krak oldiga (a) tirab) orqaga og‘adi. Yelkalari polga tegib, bo‘ksasi o‘z ustiga ko‘tarilgunga qadar orqaga dumalaydi. Gimnastikachi kaftlarini pastga va barmoqlarini yelkaga qaratib, polga qo‘yishni amalda qoilashi kerak. Bu mashq orqaga umbaloq oshishga yordam beradi (b).
YORDAM С HI MASHQLAR Yordamchi mashqlar o‘rganilayotgan mashqlarning ma’lum elementlarini aks ettiradi. Gimnastikani o‘qitishda bu muhim dir, chunki mashqlarni yaxlit yaxshi bajarish uchun
kuchni, egiluvchanlikni rivojlantirishga va tanani tushunishga yordam beradi. / Yordamchi mashqlar o‘rganishda juda muhim bo‘lgan ko‘p takrorlashlar qilishga imkon beradi. Bu mashqning dastlabki ishlanishida diqqatni jalb etib, to‘g‘ri texnikani egallashga/ shu bilan birga, uni keraklicha bajarishni mustahkamlashga yordam beradi. Yordamchi mashqlar konsepsiyasini namuna qilib ko‘rsatish uchun qiya qo‘yilgan matda orqaga umbaloq oshishni ко‘rib chiqamiz . Qiya qo‘yilgan matdan foydalanish gimnastikachi uchun mashqni yengillashtiradi, polda bajarishiga o‘tishdan oldin harakatni to‘liq tushunishga hamda koordinatsiya va kuchni rivojlantirishga yordam beradi.
ASTA-SEKIN 0 ‘RGATISH
Mashqlami qadamlab o'rgatish asta-sekin o‘rgatish deyiladi. Bu sportchiga boshida asosiy, keyin esa qiyinroq ko'nikmalami egallashga va o‘rganishga yordam beradi. Asta-sekin o‘rgatish sportchiga maksimal rivojlanish, muvalfaqiyatga erishish uchun asqotadi: Masalan, qo‘llarda tik turishdan orqaga umbaloq oshishni (a-g) o‘rgatishdan oldin gimnastikachilar orqaga qanday umbaloq oshish kerakligini bilishi kerak (a—c). Orqaga umbaloq oshish — o‘ta muhim element, demak, qo‘llarda tik turishdan orqaga umbaloq oshishga o‘rgatishning bosqichi sifatida xizmat qiladi.
ASTA-SEKIN 0 ‘RGATISH
Mashqlami qadamlab o'rgatish asta-sekin o‘rgatish deyiladi. Bu sportchiga boshida asosiy, keyin esa qiyinroq ko'nikmalami egallashga va o‘rganishga yordam beradi. Asta-sekin o‘rgatish sportchiga maksimal rivojlanish, muvalfaqiyatga erishish uchun asqotadi: Masalan, qo‘llarda tik turishdan orqaga umbaloq oshishni (a-g) o‘rgatishdan oldin gimnastikachilar orqaga qanday umbaloq oshish kerakligini bilishi kerak (a—c). Orqaga umbaloq oshish — o‘ta muhim element, demak, qo‘llarda tik turishdan orqaga umbaloq oshishga o‘rgatishning bosqichi sifatida xizmat qiladi.
QO‘NISH VA YIQILISH
To‘g‘ri qo‘nish va yiqilishni bilish - girnnastikadagi jarohatlar profilaktikasidan tuzilgan kalitdir. Bu ko‘nikmalar namoyish uchun zarur bo‘lib, gimnastikachilar ularning ustida yana va yana ishlashi kerak. 0 ‘rgatish va takrorlashlarni mashgculot rejasiga kiritish va har bir snaryadda o‘tkazish lozim.
TO‘G‘RI QO‘NISH
To‘g‘ri qo‘nish har bir gimnastikachida avtomatik va ixtiyorsiz ravishda amalga oshiriladigan holat bo‘lishi kerak. Qo‘nishning zarur texnikasi yerga urilishni yengillashtirishga yordam beradi. Xavfsiz qo‘nish texnikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Qo‘nishda urilishni yengillashtirish uchun tizzalar biroz bukilgan: — to‘g‘ri oyoqqa qo‘nish mumkin emas; — qo‘nishda cho‘qqayib o‘tirish mumkin emas. 2. To‘g‘ri umurtqa pog‘onasi bo‘yinni mahkam ush.la.ydi va oldinga yiqilishga уоЧ qo‘ymaydi: — orqa q ism ning past к i tomonini bukish kerak emas; — bel qismidan oldinga egilish mumkin emas. 3. Qp‘nishda ко‘кгак qafasini to‘g‘ri ushlash uchun qo‘llar ко‘кгак oldida oldinga cho‘zilgan holatda bo‘lishi lozim.
Yiqilishga o‘rgatish Yiqilish — gimnastika mashg‘ulotidagi, ayniqsa, sportchi yangi mashqlarni o‘rganayotgandagi oddiy ish. Gimnastikachilami himoya dumalashlarni ishlash va namoyish qilish bilan to£g‘ri yiqilishga o‘rgating. Ular tananing katta qismi bilan yiqilishga ta’simi qabul qilishga yordam beradi . Himoya dumalashlar gimnastikachi muvozanat yo‘qotilganda bajariladigan tiklovchi sifatida ham ma’lumdir (a—c).
Gimnastikachi bilan yiqilishda quyidagilarni qiiish kerakligi haqida maslahatlashing: 1. Qo‘llami musht qiiish. 2. Qo‘llami tanaga qattiq siqish va ko‘krak oldida krest holida ushlash. 3. G‘ujanak bo‘lib dumalash. Eslatma. Dumalashni qo‘llami bosh ustidan cho'zish bilan ham bajarish mumkin.
Akrobatika mashqlar!
Ta?lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilaming jismoniy tarbiya majmua dasturlarida, nisbatan murakkab bo‘lmagan akrobatik mashqlami o‘zlashtirishga katta e’tibor beriladi. Mashqlar tartibi katta emas, ammo o‘zining dinamikasi va ruhiyatiga ko‘ra ta’lim muassasalarining gimnastika mashg‘ulotlarida juda keng qo‘llaniladi va о‘quvchilaming jismoniy tayyorgarligini oshiruvchi samarador vosita hisoblanadi. Bu mashqlami bajarish bilan bir qatorda, o‘quvchi-talabalarda jasurlik, vaqt va fazoda o‘z gavdasini boshqara olish sifatlari tarbiyalanadi hamda vestibular apparat funksiyalari takomillashib boradi. Akrobatik mashqlar, tezkor-kuch, egiluvchanlik, epchillik. sakrovchanlik kabi sifatlarini rivojlantimvchi jismoniy vositalar sifatida katta ahamiyatga ega. Akrobatika mashqlarini o‘tkazish uchun turli asboblardan foydalanish shart emas, chunki hamma muassasalarda gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil etish uchun imkoniyatlar mavjud. Bu mashqlami bajarishda frontal, guruhlar va o‘yinlar qo‘llab o‘quvchi-talabalami jalb etish dars zichligini oshirishga yordam beradi. Murakkab bolmagan va yaxshi o‘zlashtirilgan muvozanatni saqlash, turish, «ko‘prik»lami darsning tayyorlov qismida muvaf- faqiyatli bajarish hamda turli harakatli o‘yinlarga, estafetalarga va to‘siqlami oshib o‘tish mashqlarini kiritish mumkin. Bu yerda majmua dasturining bazaviy tarkibini tuzuvchi akrobatik mashqlar ko‘rib chiqiladi. Bularni o‘zlashtirib olish, o‘quvchilarga jismoniy tarbiya bo‘yicha umumdavlat ta’lim
me’yorlarini bajarish uchun yordam beradi. Har bir mashqning bajarish texnikasi rasm va kinogrammalar namoyishi bilan ifoda- langan, o‘rgatisn ketma-ketligi, xos bo‘lgan xatolar, ehtiyotkorlik va yordamlar mazmuni alohida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi lozim. Biroz murakkab mashqlami o‘zlashtirish uchun o‘rgatish dasturlari tavsiya qilinadi. 0 ‘quvchi-talabaiar uchun dumalash, umbaloq oshish, to‘nta- rilishlar va muvozanat mashqlari yangilik hisoblanadi, keyinchalik shu mashqlar katta o‘zgarishlarsiz o‘quvchi-talabalar bilan birga bosqichma-bosqich o‘tib borsa, tabiiyki, qiziqish ham so‘nib boradi. Bunday bolishi mumkin emas, chunki o‘qituvchi-talaba bu mashqlarga bo£lgan qiziqishning qaytadan tug‘ilishiga, uning davo- miyligini ushlab qolishga va albatta, rivojlantirishga harakat qilishi lozim. Buning uchun variantlai' xilma-xilligini taniqli o^quvchi- talabalar bilan mashqlami bajarish, ulami murakkablashtirish, ko‘rinishni o‘zlashtirish va boshqa elementlar bilan birlashtirish hamda o‘yin va estafetalardan foydalanish orqali amalga oshirish zarur.
G‘ujanak bo‘tish Bajarish texnikasi. G‘ujanak bo‘lish — bu tizza yelkalarga tortilib, tirsaklar tanaga siqilgan, qo‘l panjalari boldiming o‘rtasidan ushlab (oyoq panjalari va tizzalar birmuncha ochiq) bukilgan tana ning holati. G‘ujanak bo‘lish — dumalashlar, umbaloq oshishlar va g‘ujanak bo‘lib saltolar bajarish uchun asosiy yordamchi mashq hisoblanadi. G‘ujanak bo‘lish yarim o‘tirib (, o‘tirib -b rasm), chalqancha yotib (346-c rasm) bajariladi. О ‘rgatish ketma-ketligi. 1. Asosiy turishdan qo‘llar yuqoriga, tez o‘tirish va o‘tirib g‘ujanak holatini olishi, belni yarim doira shakliga keltira olishga e’tibomi qaratish lozim. 2. Orqadan tayanib o‘tirish holatidan, tez oyoqlarni bukib g‘ujanak bolish. 3. Chalqancha yotib, qo‘llar yuqorida, tez oyoqlarni bukib g‘ujanak bo‘lish.
4. Chalqancha yotish holatidan tanani ko‘tirib, g‘ujanak bo‘lib o‘tirish. Xatolar. 1. Boshning orqaga egilib ketishi. 2. Oyoqlar ochilmagan. 3. Oyoqlar juda keng ochilgan. 4. Boldirdan noto‘g‘ri ushlash (juda balanddan yoki pastdan «zamok»). 5. To‘liq g‘ujanak bo‘lmaslik. Bajarishga bo‘lgan talablar. Har bir mashqni bir necha bor takrorlab, harakatlami sekin-asta tezlashtirib bajarish va g‘ujanak holatini ushlab turish kerak. Dumalashlar Bajarish texnikasi. Dumalashlar — bu gavdaning alohida qismlari bilan polga (tayanchga) ketma-ket tegish harakati bo‘lib, faqat boshdan aylanib o‘tilmaydi. Dumalashlar umbaloq oshishni o'iganish vaqtidagi amaliy mashqlar sifatida qo‘llaniladi. Dasturda, oldinga va orqaga g‘ujanak bo'lib tizzalarda tayanib turib tomonlarga, kerilib, qorinda yotib dumalashlar nazarda tutilgan. 0 ‘rgatish ketma-ketligi 1. 0 ‘tirib g‘ujanak holatidan, belda oldinga-orqaga dumalash. 2. 0 ‘tirib g‘ujanak holatidan orqaga dumalash va oldinga dumalab d.h.ga qaytish. 3. Tayanib o‘tirishdan orqaga g‘ujanak bo‘lib dumalash va oldinga dumalab g‘ujanak bo‘lib o'tirish.
4. Tayanib o‘tirishdan g‘ujanak bo‘lib orqaga dumalash va oldinga dumalab d.h. ga qaytish. 5. Qorinda yotgan holatda kerilib, oldinga-orqaga dumalash. Qorinda yotib, kerilib, boshni orqaga egish va songa tayanib yotish holatini olish. Tez qo‘llami bukib, oldinga dumalashni bajarish va qo‘llarai to‘g‘rilab orqaga dumalash. 6. Tizzalarda tayanib turishdan, g‘ujanak holatida tomonlarga dumalash. Yelka, yonbosh, bel, yonbosh, yelka polga ketma-ket tegib g‘ujanak holatini olish va aks harakat bilan orqaga d.h. ga qaytish. 7. Tayanib o‘tirishdan yon tomonga dumalash va d.h. qaytish. 8. Qo‘llar turlicha holatda (yuqorida, bel orqasida, yelkada) oldinga va orqaga dumalash. Bajarish talabi. Keltirilgan dumalashlarning birmuncha murakkabi — bu tayanib o‘tirishdan dumalab tayanib o/tirish hisoblanadi. Bu elemental yaxshi o‘zlashtirib olish uchun d.h.ni matga belda tayanib o‘tirishdan boshlash maqsadga muvofiq, chunki oyoqlar matga yaqin joylashgan bo‘lib, d.h.ga qaytish ni yengillashtiradi. Dumalashlami bajarish paytida g‘ujanak holatining to‘g‘riligiga va zichligiga e’tibor qaratish lozim.
O ldinga umbaloq oshish Bajarish texnikasi. Tayanib o‘tirishdan oyoqlami to‘g‘rilab, tana og‘iriigini qollarga o‘tkazish. Qo‘llami bukib, boshni oldinga egib, oyoqlar bilan itarilib, bosh orqali aylanib, bo'yin va kurakda dumalash. Kuraklarda polga tayanib, tez oyoqlarni bukish va g‘ujanak holatini egallash. Umbaloq oshishni tugati
О ‘rgatish ketma-ketligi 1. Turli d.h.dan g‘ujanak holati. 2. Tayanib o‘tirishdan, orqaga dumalash va oldinga dumalab g‘ujanak holatida o‘tirish. 3. Tayanib o'tirishdan, oldinga umbaloq oshib, g‘ujanak holatida o‘tirish. 4. Tayanib o‘tirishdan, oldinga umbaloq oshib, tayanib o‘tirish. Xatolar. 1. Qo‘llar bilan oyoq panjalariga yaqin tayanish (bel zarb olishi mumkin). 2. Oyoqlar bilan itarilish yo‘qligi. 3. Yetarli bo'lmagan g‘ujanak holati. 4. Qoilarning noto‘g‘ri holati. 5. Tayanib o‘tirish holatiga o‘tish paytida qo‘llar bilan orqadan tayanish. Ehtiyotlash va yordam. Ko‘p holatlarda bu mashqlarni mustaqil bajarish mumkin. Odatda, yordam faqatgina ayrim o‘quvchilar- gagina ko‘rsatiladi. Bunda hamkor bitta tizzada turib yon tomondan bir qo‘li bilan bajarilayotgan o‘quvchiga boshni ko‘krak tomonga egishda yordam bo‘ladi, ikkinchi qo‘li bilan esa ko‘krak yoki yelka ostidan ushlab kurakka yumshoq tushishni ta’minlaydi hamda oldinga aylanishni ko‘paytiradi.
Yon tomonga umbaloq osbish Bajarish texnikasi. Bu element tizzada tayanish yoki tayanib o‘tirish holatidan bajariladi. Umbaloq oshishning birinchi qismi tizzada tayanib turib tomonga dumalash kabi bajariladi, ammo tana aylanishini bir yo‘nalishda davom ettirib, bel orqali aylanib yana tizzada tayanib turish yoki tayanib o‘tirishga kelish bajariladi.
0 ‘rgatish ketma-ketligi 1. Chalqancha yotish holatidan, g‘ujanak holati. 2. Tizzaga tayanib turishdan yon tomonga dumalash. 3. Tizzaga tayanib turishdan yon tomonga umbaloq oshish. 4. Tayanib o‘tirishdan yon tomonga umbaloq oshib, tayanib o‘tirish. Xatolar 1. Umbaloq oshishning boshlanishida qo‘llar tirsaklarga qo‘yil- maydi. 2. Zich bolmagan g‘ujanak holati. Ehtiyotlash va yordam. Orqa tomonda turib, tos-son bo‘g‘imi atrofidan ushlab aylanishga yordam berish.
Kuraklarda oyoqlarni bukib turish Bajarish texnikasi. Kuraklarda turish, g‘ujanak holatida orqaga dumalab bajariladi. Kuraklarga va ensaga tayanish paytida qo‘llarni belga qo‘yib (katta barmoq oldinga), oyoqlar bukilgan, boldir vertikal holatda bo‘ladi. Bu kuraklarda turish mashqini o'rgatish uchun yordamchi mashq hisoblanadi.
0‘rgatish ketma-ketligi 1. Tayanib o‘tirishdan, oldinga va orqaga dumalash. 2. Orqadan tayanib o‘tirishdan, oyoqlarni bukib orqaga dumalab, oyoqlarni bukib kuraklarda turish. 3. Tayanib o‘tirishdan orqaga dumalab, oyoqlarni bukib kuraklarda turish. Xatolar / 1. Dumalashni bosh va yelkani orqaga irgi'tib bajarilsa
2. Qo‘llar belga vaqtida qo'yilmasa, tirsaklar keng ochilgan boisa. 3. Tana vertikal holatni egallamasa. 4. Boldirlar vertikal holatdan chiqib ketsa va oyoq panjalari tortilmagan bo‘Isa. Ehtiyotlash va yordam. 0 ‘quvchining yonboshida turib bir qo‘l bilan bel sohasidan, boshqasi bilan oyoqlardan ushlab yordam beriladi.
Kuraklarda oyoqlarni bukib turishdan, oldinga dumalab tayanib o‘tirish Bajarish texnikasi. Qo‘llami beldan olib, oldinga dumalashni boshlash bilan bir vaqtda, g‘ujanak holatini egallash. Dumalash yakunida yelkalarda oldinga kuchli harakatlanib tayanib o‘tirish. О ‘rgatish ketma-ketligi 1. Tayanib o'tirishdan orqaga dumalash va oldinga dumalab, g'ujanak holatida o‘tirish. 2. Tayanib o‘tirishdan orqaga g‘ujanak holatida dumalash va oldinga dumalab tayanib o‘tirish. 3. Tayanib o‘tirishdan orqaga dumalab oyoqlarni bukib kuraklarda turish (ushlab turish) va oldinga dumalab g£ujanak holatida o‘tirish. 4. Tayanib o‘tirishdan orqaga dumalab oyoqlarni bukib kuraklarda turish (ushlab turish) va oldinga dumalab tayanib o‘tirish. Xatolar Oyoqlarni bukib kuraklarda turish elementini bajarishda, oldinga umbaloq oshishning ikkinchi yarmida xatolar uchrab turadi. Ehtiyotlash va yordam. Yonboshda turib tayanib o‘tirish holatiga o‘tish vaqtida bel yoki yelkadan turtib yuborish. Takomillashtirish va nazorat darsi uchun kombinatsiya Tayanib o‘tirishdan, oldinga umbaloq oshib tayanib o‘tirish — orqaga dumalab oyoqlarni bukib kuraklarda turish — oldinga dumalab tayanib o‘tirish — yon tomonga umbaloq oshib, tayanib o‘tirish va d.h.
Oldinga ikki, uchta umbaloq oshish Bajarish texnikasi. Odatdagidan tezroq bajariladigan birinchi umbaloq oshishdan keyin, qo‘llarni polga qo‘yib, ushlanib qolmasdan ikkinchi va uchinchi umbaloq oshishni bajarish. 0 ‘rgatish ketma-ketligi 1. Tayanib o‘tirishdan, oldinga umbaloq oshib, tayanib o‘tirish. 2. Tayanib o‘tirishdan oldinga umbaloq oshib, tayanib o'tirish va yuqoriga sakrash. 3. Tayanib o‘tirishdan oldinga 2 ta umbaloq oshib tayanib o‘tirish. Xatolar 1. Umbaloq oshishlar orasida to‘xtab qolish. 2. Oldinga umbaloq oshishga xos bo'lgan xatolar.
K uraklarda turish Bajarish texnikasi. (?o‘llar bilan boshning o‘rta qismidan ushlab, tayanib o‘tirishdan orqaga dumalashni bajarish. Dumalash yakunida polga kuraklar bilan tegib, qo‘llar bilan belga tayanib oyoqlami to‘g‘rilab kuraklarda turishni bajarish. Tana to‘g‘ri turishi va tirsaklar keng ochilmagan bo‘lishi lozim.
О ‘rgatish ketma-ketligi 1. Orqadan tayanib o‘tirishdan oyoqlami bukib orqaga dumalash va oyoqlami bukib kuraklarda turish. 2. Tayanib o‘tirishdan orqaga dumalab oyoqlami, bukib kuraklarda turish, shu holatda oyoqlami to‘g‘rilab ushlab turish.
3. Orqadan tayanib o‘tirishdan orqaga dumalab, kuraklarda turish. 4. Tayanib o'tirishdan orqaga dumalab, kuraklarda turish. Xatolar 1. Tos-son bo‘g‘imidagi bukilishlar. 2. Tana vertikal holatdan og‘ib ketsa. 3. Tirsaklar keng ochilgan bo‘Isa. Ehtiyotlash va yordam. 0 ‘quvchining yonboshida kuraklarga tayanish joyida turib, oyoqlar boshning orqasiga tegib ketishi mumkinligidan ogohlantirib, bir qoMda boldirdan ushlanadi. Kuraklarda turish holatiga chiqqandan so‘ng, tana aniq vertikal holatga kelishiga erishish uchun sonning orqasidan ushlanadi.
Chalqancha yotgan holatda «ko^rik» Bajarish texnikasi. Chalqancha yotib oyoqlarni oxirigacha bukish va ularni ajratib (oyoq panjasi uzunligicha) oyoq panjalarini tashqariga burib, qo‘llarda yelkalar yonidan tayanib (barmoqlar yelkalarga qaratilgan), qo‘l va oyoqlarni bir vaqtda to‘g‘rilab, kerilish va boshni orqaga egish. Qo‘l va oyoqlarni bukib, boshni oldinga egib, asta-sekin belga tushib, d.h.ni egallash. Bajarish vaqtida oyoqlarni oxirigacha yozib, tana og‘irligini qo‘llarga o‘tkazish lozom.
О ‘rgatish ketma-ketligi 1. Bel va yelka mushaklarini oldindan tayyorlash (tanani oldinga va orqaga, yon tomonga bukish, tanani tomonlarga aylantirish, qo‘Uar bilan aylanma harakat qilish).
2. D.h.ni va boshni orqaga bukishni o‘zlashtirish, gimnastika devoriga tayanib oyoqlami ochib turish. 3. Chalqancha yotgan holatida yordam bilan «kocprik» bajarish. 4. Chalqancha yotgan holatda mustaqil «ko‘prik» bajarish. Boshlanishida «ko‘prik»ni 3—5 marta qaytariladi, ksyin oldinga bukilish, umbaloq oshishlar, turishlar bilan navbatlashtirib, 8—12 martagacha ko‘paytiriladi.
Xatolar 1. Oyoqlar tizzadan bukilib, oyoq uchiga tayanish. 2. Oyoqlar tizzadan bukilib, yelkalar, qo‘l panjalari tayanch nuqtadan ko‘chsa. 3. Qo‘llar va oyoqlar keng qo'yilgan. 4. Bosh oldinga egilgan. Ehtiyotlash va yordam. Yonboshda turib bir qo‘lda orqadan kuraklar yonidan, ikkinchi qo‘lda bel sohasida ushlab turiladi.
Yosh gimnastikachilarni tayyorlash usullari
Yuqori sport natijalariga, qoida tariqasida, bolalikdan muntazam ravishda gimnastika bilan shug'ullanadigan gimnastikachilar erishadilar.
Yosh gimnastikachilarning tayyorgarligini uzoq muddatli deb hisoblash kerak
Bu jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, o'z harakatlarini boshqarish qobiliyatini o'zlashtirish, turli mashqlar texnikasini o'rgatish va psixologik barqarorlikni rivojlantirishga qaratilgan yangi pedagogik jarayondir.
Ilmiy asoslangan tizim mavjud bo'lganda pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Yosh gimnastikachilarni tayyorlash jarayoniga bunday yondashuv o'zaro bog'liq elementlar majmuasining mavjudligini ta'minlaydi, ularning qat'iy kombinatsiyasi va o'zaro ta'siri bolalar va o'smirlar bilan muvaffaqiyatli ishlashni ta'minlaydi.
Yosh gimnastikachilarni tayyorlash tizimi quyidagilarni ta'minlashi kerak:
maqsad va vazifalar;
pedagogik (murabbiy) kadrlar;
talabalar kontingenti;
ta'lim tashkilotlari tuzilmalari;
o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish;
o'quv rejalari va dasturlari;
darslarni o'tkazish uchun shart-sharoitlar.
Ushbu elementlarni tahlil qilish ularning har birining ma'nosi va o'rnini, shuningdek, tizimning ishlashi davomida bir-biriga ta'sirini aniqlash imkonini beradi.
Maqsad va vazifalar ish yo'nalishini belgilaydi, rejalashtirilgan narsalarni rejalashtirish va bashorat qilish imkonini beradi. Maqsadsiz, aniq belgilangan vazifalarsiz o'qitish va tarbiyalash mumkin emas. Yosh gimnastikachilarni tayyorlashning butun davrini bosqichlarga bo'lish va ularning har biri uchun maqsad va vazifalarni belgilash maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik (murabbiy) kadrlar va ularning tayyorgarlik darajasi tizimning eng muhim elementlaridan biridir. Ular yosh gimnastikachilarni tayyorlash va tarbiyalashning maqsad va vazifalarini amalga oshiradilar. Miqdori
P edagogik kadrlar tarkibi o‘smirlar sport maktabining lavozimi bilan belgilanadi.
Tayyorlanishi va tarbiyalanishi kadrlar tayyorlash tizimining asosiy vazifasi hisoblangan o‘quvchilar kontingenti, ularning yoshi, jinsi, bandligi va guruhlar soni Yoshlar sport maktabi to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
Ta'lim tashkilotlarining tuzilishi rasmda ko'rsatilgan. 140. Ta’lim tashkilotlariga maktab gimnastikasi seksiyalari, o‘smirlar sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari va boshqalar kiradi.
Ta'lim jarayonini tashkil etish va boshqarish tizimning eng muhim tarkibiy qismlari sifatida qaralib, o'qitish, tarbiyalash va tarbiyalash usullarini belgilab beradi.
O‘quv rejalari va dasturlari o‘quv jarayoni mazmunini belgilovchi va tartibga soluvchi asosiy hujjatlardir. Faqat ularning yordami bilan mashg'ulotlarning ko'zlangan maqsad va vazifalariga erishish mumkin.
Talabalar bilan mashg'ulotlar o'tkaziladigan sharoitlar sanitariya-gigiyena, estetik va psixologik-fiziologik talablarga javob berishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |