Zamonaviy darsni oʻtkazishda integratsiya.
Dars oʻtishdagi asosiy shart - sinfda zarur, mos muhitni yaratish: polga gilam solish, partalar oʻrniga qulay boʻlgan stul va kreslolar oʻrnini almashtirish. Mashgʻulot jarayonida bolalar oʻz yashash muhitlarini yaratishadi. Yil va chorak mavzusi «devorlardagi suratlar», «Hayvonot va oʻsimliklar dunyosi» paydo boʻladi, bularni oʻquvchilar oʻzlari oʻylab topishadi. Buning uchun turli badiiy va texnik vositalar, ma’lumot beruvchi nashrlar, ensiklopediyalar, xaritalardan foydalanish mumkin.
Koʻpincha vaqtni sinfdan va maktabdan tashqarida oʻtkazish koʻzda tutiladi. Muzey va kutubxonalarda, xiyobon yoki koʻchalarda oʻtiladigan darslar odatiy boʻlib qoladi. Integratsiyalangan kurs utsidagi ishlar davom etadi. Tanlangan yoʻl juda qiyin va mutlaqo shubhasiz emas. Qiyin muammolarni hal qilish lozim. Hozirgi kunda boshlangʻich maktab ta’limini integratsiya qilish haqida koʻp gapirilayashti. Bu tushunarli - kichik maktab oʻquvchisi atrofdagi olamni bir butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, ona tili, musiqa va boshqa oʻquv predmetlarini nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligi mavjuddir. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bogʻliqligini koʻrishga oʻrgatish kerakligini oʻqituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan ta’lim integratsiyasi hozirgi zamon talabi.
Ta’limni integratsiyalash fikri xalq ta’limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi. Agar boshlangʻich ta’limni tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida oʻquvchilar qiziqishlarini faolllashtirish yotsa, integratsiyanning asosida esa turli fanlarni oʻrganish obyektlari boʻlgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar yotadi.
Hozirgi kunda bir qator oʻquv predmetlari uchun umumiy boʻlgan tushunchalar orasidagi aloqalarni oʻrnatish psixologik va metodik asosga ega boʻlgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazishni taqozo qiladi. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida oʻrgatilishi va zarur oʻqitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Tekshirish davomida oʻquv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash uchun fanlarning ma’qul birlashishi, oʻqituvchi va oʻquvchi harakatlarining mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmun, metod, usullarni tanlash lozimligini koʻrsatadi.Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash oʻqituvchi (ta’lim berish ) va oʻquvchi (ta’lim olish )harakatlarining mos kelishini koʻzda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor.
1. Maqsadli bosqichda oʻqituvchi umumiy maqsadni qoʻyadi. Oʻquvchilar oʻqituvchi boshchiligida predmetlararo bogʻliqliklarni tushunib yetishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular oʻz e’tiborlarini faqat umumiy bilimlarni oʻzlashtirishga emas balki, koʻchirish tahlil qilish shaxsning belgilari qobilyat va qiziqishlarini rivojlantirishga qaratishlari kerak.
2. Isbotlash bosqichida oʻqituvchi oʻquvchilar dunyoqarashini oʻstiruvchi bilimlarga, turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga ragʻbarlantiradi. Oʻquvchilar oʻz irodalarini dunyoqarashni kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishga yoʻnaltiradilar.
3. Faoliyatning mazmun bosqichida oʻqituvchi yangi oʻquv materialini kiritadi, shu bilan birga integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. Oʻquvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida oʻzlashtiradilar.
4. Vositalar tanlash bosqichida oʻqituvchi turli predmetlar bilimlarini umumlashtirishga yordam beruvchi koʻrgazmali vositalarni-darsliklar, tablitsalar, sxemalar, savolnomalar, amaliy vazifalar. Oʻquvchilar koʻchirish, umumlashtirish, biriktirish xarakterlarini integratsion masalalarni hal qilishda koʻrgazmali vositalar yordamida bajaradilar.
5. Keyingi bosqich - natija. Oʻqituvchi ta’lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash maqsadida integratsiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qoʻllaydi. Oʻquvchi bilimlar tizimida, umumlashtirishlarni amalda qoʻllaydi.
6. Nazorat qilish bosqichida oʻqituvchi bir-biri bilan bogʻlangan predmetlarga oʻquvchilarning tayyorligini baholaydi, nazorat qiladi, oʻzlashtirish sifatida baholaydi.
Oʻquvchilar oʻz bilimlarini baholashni, turli predmetlar boʻyicha oʻz-oʻzini ham, ularni birlashtirish koʻnikmalarini nazorat qiladilar.
Boshlangʻich sinf darslarida pedagogika bilan bogʻliq fanlarni integrallashtirish.
Fanlar bir-biri bilan oʻzaro bogʻliqdir.Bu jarayonni pedagogika fani bilan boshqa fanlarni integrallash orqali kuzatamiz.Odobnoma darslarida axloqli tarbiyaga oid matnlar, she’r va hikoyalar beriladi. 4 sinf «Umr oʻtib borar misoli» ertak… Umr oʻtib borar misoli ertak, Ertakning ketidan kelib qolar shom, Faqat gʻaflat ichra yotmagin yurak, Qaytib kelmas sirabu yoshlik ayyom. Yoki 3 – sinf odobnoma darsligida «Qarilik va donolik» mavzusi beriladiki, uning tarbiyaviy ahamiyati oʻquvchiga oson va tushunarli qilib yetkaziladi.
Axloqiy tarbiyanitabiatshunoslik darsida ham olib boriladi. 4-sinf darsligida «Togʻ oʻrmonlari va oʻtloqlari» mavzusida: Togʻlarda dam olish vaqtida va turistik poxodlarda tabiatni juda avaylab, ehtiyot qilish zarur, daraxtlarga zarar yetkazmay shox-novdalarni sindirish, qushlarni va hayvonlarni bezovta qilish mutloqo yaramaydi. Oʻrmonda gulxan yoqish mumkin emas. Chunki gulxanlardan koʻpincha oʻrmonda yongʻin chiqib, noyob oʻsimliklargina emas, balki xayvonlar ham nobud boʻladi… Oʻqish darsligining koʻp mavzulari axloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4 sinf oʻqish darsligada «Buzilmagan uya» mavzusi bor. Bu asarda ba’zi oʻquvchilarni betarbiyaligi oqibatida noxush voqealar sodir boʻladi. Mehnat darsida ham oʻquvchilarga ovqatlanishi odobi, mehmon qilish odobi,kabi axloqiy tarbiya me’yorlari oʻrgatib boriladi. Yuqoridagi misollarni koʻrib shuni aytish mumkinki, demak fanlararo integratsiya mavjud, ya’ni fanlararo uzviylik, bogʻliqlik mavjud. Integrativlik insonning olam bilan oʻzaro aloqalariga aks etuvchi mavzularga kiritilgan: oʻquvchi idrokida abstrakt boʻlgan uzoq olam bilan (kosmos, yulduzlar, yer planetasi, katta boʻshliqlar va yer qa’rini). Yaqin olam (mikro olam, uy xayvonlari va oʻsimliklar dunyosi va ona vatan tabiati va boshqa mamlakatlar tabiati).
Kurs oddiydan murakkabga, bilishdan ilmga, tartibsizlikdan uygʻunlikka va ijodga boʻlgan xaraktni rivojlantiradi.ʻquvchi dunyoning yaralishi bilan tanishadi, olamning boshlanishiga insonning yerda paydo boʻlishiga murojaat qiladi.Oʻquvchilar sonlar siri, yashil barg, qadimiy afsonalar sirlarini ochish fikriga qiziqib boradi. Oʻquvchi makon va zamon boʻylab sayohatga otlanadi. SHunday qilib oʻquvchi har kuni ochishi kerak boʻlgan olamning goʻzalligini his qiladi.
Kurs shaxsga moslangan yoʻnalishga ega faqatgina sifat yoki guruhga emas har bir oʻquvchiga ahamiyat beriladigan qilibshuni tashkil etishni nazarda tutadi. Bunda uning shaxsiy fazilatlari, qobilyatlari alohida koʻrsatiladi, uning qiziqishlarixisobga olinadi. SHuningdek oʻquvchining emotsional tomonlarini rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi. Mashgʻulotlar oʻquvchilarda koʻrish va eshitish qobiliyatlarini, ushlab koʻrib ajrata bilish, sezish tuygʻularini rivojlantirishga yordam beradi. His tuygʻularini rivojlantirishga doir oʻyinlarni ham tashkil qilish mumkin yoki san’at asarlariga tabiyat bilan zavqlanishga murojat qilish orqali erishish mumkin. Oʻquvchining his tuygʻulari uning jismoniy rivojlanishi bilan bogʻliq, oʻquvchi faoliyatiga harakatqilishga oʻz xolatini badan harakatlari imo-ishoralar raqs orqali kursatib berishga imkon beruvchi mashqlarni kiritish lozim.
Kursni tashkil qilish va ish shakllari kurs xaftasiga 2 soatga moʻljallangan. Hafta oxirida 2 soatli dars oʻqish maqsadga muvofiq sababi, oʻquvchilar asosiy darsdan ancha dam olishadi.Bunday 2 soatlik darsni «ijodiy soat» yoki «hayol darsi» deb nomlash mumkin. Koʻpincha vaqtni sinfdanva maktabdan tashqarida oʻtkazish koʻzda tutiladi. Integratsiyalashgan kurslar orqali shu tariqa oʻquvchilarning rivojlanish darajasi qiziqtirishlari integratsiyalar aniqlanadi.
Onatili darslarining noan’anaviy shaklva usullari. Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilar savodxonligini oshirishda, ularning dunyoqarashini shakllantirishda, ona tili asosiy va yetakchi fanlardan biri hisoblanadi. U yuqori sinflarda oʻrganiladigan ona tili va adabiyot darslarining tarkibiy qismidir. Ona tilini oʻqitish savodxonlikning asosiy kaliti ekanligini unutmasligimiz kerak. CHunki savodxonliksiz hech narsaga erishib boʻlmaydi. Savodxonlikning zaminida husnihat ham yotadi.
Bu ham oʻquvchining aqliy qobiliyatini oshirishda asosiy rolь oʻynaydi. Bu esa ushbu jarayonni amalga oshirishda pedagogik texnalogiyalarni oʻzlashtirish va darsda interfaol usullarni qoʻllash orqali oʻquvchilar bilimi va koʻnikma malakalarini mustahkamlashni taqozo etadi. 1-sinf «Ona tili» darsligida «Insonning yaxshi doʻsti» hikoyasi mavjud. Dars jarayonida bu hikoya orqali oʻquvchilar qushlar olami bilan tanishadi. Qushlar oʻzlari- ning jozibali raqsga tushishi, turli xil ohanglarda sayra- shi va insonlarga zavq - quvonch olib kelishi bilan oʻquvchi e’tiborini oʻziga jalb etadi. Bugungi kunda 450 turga yaqin qushlar yurtimizda yashaydi. Qushlar va jonivorlar ob-havo darakchisi sifatida ham xarakterlidir. Jumladan, havo bulutli kunlari qanotli chumolilar paydo boʻlsa, yomgʻir yogʻadi. Turnalar erta uchib kelsa, koʻklam erta boshlanadi.
Yozda pashshalar koʻpaysa, havo dim boʻladi. Qaldirgʻoch yer bagʻirlab uchsa havo buziladi, u balandlab uchsa, havo yaxshi boʻladi. Bu kabi ma’lumotlarni oʻquvchilarga turli inter- faol usullar orqali yetkazish darsning sifat va samarador- ligini yanada oshiradi va oʻquvchilar bilimini mustahkam- laydi. Oʻquvchilar bu qoʻshimcha ma’lumotlar orqali hikoya- ning mazmunini chuqur oʻzlashtiradilar, qushlarning tabiati haqidagi tushunchalari kengayadi.
Zamonaviy sharoitlarda fanlarni oʻqitishda ularning integratsiyasini ta’minlashga yetarli e’tibor berilmay kelmoqda. Hatto, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi oʻquv rejalaridagi fizika va elektrotexnika, kimyo va materialshunoslik kabi fanlar ham tizimli oʻzaro bogʻliqlikni ta’minmagan holda oʻqitilmoqda. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli oʻquv rejalarida ushbu fanlarni oʻqitishning vaqt boʻyicha muvofiqlashtirilishi yoki fanlar mazmunini qisman uygʻunlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta’minlovchi oʻquv fanlari integratsiyasining zaruriy shart-sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda.
Zamonaviy didaktika oʻquv fanlarini integratsiyalashga bir qancha yondashuvlarni taklif qiladi, biroq hali bu jarayonning umume’tirof etilgan mazmuni, shakl va vositalari yaratilgan emas. Koʻpchilik pedagog olimlar ta’limdagi integratsion jarayonlarni oʻrganishda fundamental fanlarni integratsiyalashdagi tasavvurlardan kelib chiqqan holda ish koʻradilar. Bu holat integratsiyaning dastlab fundamental tarmoqlarda amalga oshib, keyinchalik pedagogika sohasiga tarqalganligi bilan izohlanadi. Ta’kidlash joizki, oʻquv fanlari ilmiy fanlardan farq qiladi. Faqat bu farq ular mazmunida emas, balki bilimlarning berilish shakli, hajmi va bayon qilinish chuqurligida oʻz aksini topadi.
Oʻquv fanini oʻrganishdan maqsad oʻquvchini fandagi obyektiv yangilik bilan tanishtirish emas, balki unda subyektiv yangilikka ega boʻlgan bilimlarni shakllantirishdan iborat. SHu sababli, oʻquv fanlari integratsiyasi ilm-fandagi shu jarayonlardan farq qiladi. Bu ma’noda integratsiya – fanlarning differentsiatsiyasi tufayli tarixan tarkib topgan oʻquv fanlariga boʻlib oʻqitish tizimining kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan ularning oʻzaro bogʻliqligini ta’minlash shakli sifatida qaralishi mumkin.
Oʻquv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati turli oʻquv fanlari boʻyicha yangi bilimlarni shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma’noda qaralganda, oʻquv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar oʻzaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi. Oʻquv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi subyektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan iborat boʻlib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi – subyektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Oʻquv fanlarini integratsiyalashgan holda oʻrganishda subyektiv yangi bilimlar sintezi qanday kechadi? – degan savol yuzaga kelishi mumkin. Didaktikada turli fanlarga taaluqli oʻquv materiallarini bitta kursga birlashtirish kabi integratsiyaning turli shakllari taklif qilinadi. Biroq, pedagogik tajribalar bu kabi shakllarning yetarli samara bermasligini koʻrsatmoqda. Biz, ta’lim tizimida tarixan tarkib topgan fanlarga boʻlib oʻqitish tizimi saqlanib qolishining tarafdorimiz.
Oʻquv fanlari nisbatan mustaqil boʻlishi kerak, chunki ularning har biri oʻz tili, tushunchalar apparati, metodologiyasi, metodikasi, tadqiqot predmeti va konsepsiyasiga ega alohida fan sohasini ifoda etadi.
Shu bilan birga, ularni oʻzaro bogʻliqlikda oʻrganish bilan bogʻliq imkoniyatlar roʻyobga chiqarilishi lozim. Bunday imkoniyat jumladan fanlararo yondashuv asosida ta’minlanadi. Uni oʻquv fanlarini integratsiyalash shakli sifatida ham, subyektiv yangi bilimlarni sintez qilish metodi sifatida ham qarash mumkin. Biz fanlararo yondashuvni umumta’lim hamda maxsus fanlarni integratsiyalashda pedagogika fani uchun eng optimal yoʻnalish sifatida qaraymiz.
Biz oʻquv fanlarini integratsiyalash natijasi fanlar oʻzaro bogʻlanmagan holda oʻrgatilganda shakllantirish mumkin boʻlmagan subyektiv yangi bilimlarning oʻzlashtirilishi, - degan kontseptual gʻoyaga tayanamiz.
Ilmda yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni juda sekin kechib, ba’zida u bir qancha oʻn yilliklarga teng davrni qamrab oladi. Oʻquv jarayonida oʻqituvchi bir yoki bir necha mashgʻulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida talabani ilgari turli fanlariga oid oʻzlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi subyektiv yangi bilimga “olib kelishi” kerak boʻladi. Ya’ni, bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishning texnologik usullaridan biri bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlib, u fanlararo aloqalarni oʻrnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, bilimlarning har qanday olib oʻtilish holati subyektiv yangi bilimlar sinteziga olib kelmaydi. Buning uchun ushbu bilim inversiyaga uchrashi lozim.
Bilimlarning inversiyasi quyidagi jarayonlarni qamrab oladi: talaba aqliy faoliyatini faollashtirish maqsadida bilimlarni shakllangan fandan boshqasiga oʻtkazilgandagi tavsifining oʻzgarishi; ilmiy bilimlar mohiyat jihatidan oʻzaro bogʻliqligini oʻquv vazifalariga aylantirish; talaba ijodkorlik qobiliyatlari ham kasbiy yoʻnalganligining tarkib topishini ta’minlovchi fanlararo bilim va koʻnikmalarni egallash darajalarini belgilab olish.
Inversiyaning mohiyatini quyidagi misolda izohlash mumkin. I.Nьyuton tomonidan kashf etilgan mexanika qonunlariga oid bilimlar inversiya natijasida hali maktab fizika kursidayoq texnika va texnologiya ob’ektlariga tatbiq etilib, politexnik koʻrinishda taqdim etiladi. Ushbu bilim boshqa ob’ektlarga oʻtkazilganida oʻzga yoʻnalish kasb etib, boshqa kasbiy vazifalar yechimiga xizmat qiladi. Misol uchun, fizikani oʻqitish metodikasiga oʻtkazilgan fizikaga oid bilimlar inversiyaga uchrab, boʻlajak fizika oʻqituvchilarini tayyorlashdagi kasbiy bilimlarga aylanadi. Fan yoʻnalishlariga oid bilimlar boʻlajak muhandisning maxsus fanlarni oʻrganishi hamda ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida kasbiy bilimga aylanadi. Bu kabi oʻzgarishlar amalga oshirilmasa, umumta’lim hamda maxsus fanlarga oid bilimlar kasbiy faoliyatga tatbiq etilmasa ular boʻlajak muhandis uchun kasbiy bilim emas, balki propedevtik ahamiyat kasb etuvchi ma’lumot sifatidagina ahamiyatga ega boʻladi.
Dostları ilə paylaş: |