Integratsiya taʼlim jarayoni qulaylashtirishning muhim prinsipi sifatida
Integratsiyalashgan dars turlari. Asosiy fanlarni oʻzlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushinishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni oʻrnatish ta’limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.
Bunga turli darslarga tushunchalarga koʻp marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli boʻlgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.
Shunday qilib, yaxshi shakllangan tuzilish va oʻtkazish tartibiga ega boʻlgan, tarkibiga shu oʻquv predmetiga tegishli boʻlgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyasiga asos qilib olinishi mumkin. Lekin integratsiyalashgan darsga boshqa fanlar, boshqa oʻquv predmetlari bilan bogʻliq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi.
Masalan,”qish”, ”sovuq”,”boʻron” kabi tushunchalar oʻqish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san’at darslarida koʻrib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilish boshqa oʻquv darslarida oʻzlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalashgan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin boʻlishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, oʻziga xos oʻtishi metodikasiga ega boʻladi.
Umumiy ta’limning poydevorining qoʻyadigan boshlangʻich maktabdagi koʻp tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy san’at va boshqalar uchun umumiydir.
Hozirgi kunda bir qator predmetlari uchun umumiy boʻlgan tushunchalar orasidagi aloqalarni oʻrnatish psixologik va metodik asosiy boʻlgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida oʻrgatilishi va zarur oʻqitishning vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Tekshirish davomida oʻquv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar; integratsiyalash uchun fanlarning ma’qul birlashishi, oʻqituvchi va oʻquvchi harakatlarining mos kelishi, bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmunan, metod, usullarni tanlash.
Soʻnggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda oʻquv fanlariaro aloqadorlikning tarbiyaviy ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik ta’minlangan pedagogik sharoitda oʻqitish jarayonida tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda oʻqituvchining tutgan oʻrnini alohida ajratib koʻrsatish lozim.
Oʻquv fanlariaro aloqadorlik ta’minlangan sharoitda oʻquvchilarning egallagan bilimlari samarali rivojlanishi bilan bir qatorda ularning idrok etish qobiliyati, faolliklari, qiziqishlari, aqliy intellektual imkoniyatlari ortishiga erishiladi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlikni turli oʻquv predmetlari boʻyicha oʻquv dasturlari, darsliklar mutanosibligini ta’minlovchi didaktik imkoniyat sifatida tushunish lozim.
Oʻquv fanlariaro aloqadorlik muammolari oʻzbekistonlik olimlarning ham tadqiqotlarida yetakchi pedagogik muammo sifatida namoyon boʻlmoqda. Chunonchi, A.Ch.Choriyev, U.Q.Musayev, N.S.Fayzullayeva, T.Z.Dayanayeva, A.A. Salomov, M.K.Ashirova va boshqalar oʻquv fanlariaro aloqadorlikning turli qirralari, oʻquv-biluv jarayonini optimallashtirish imkoniyatlarini tahlil qilganlar. Olib borilgan ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijasidan ma’lum boʻldiki, matematika bilan ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlariaro aloqadorlikning didaktik imkoniyatlari aniqlanmagan.
Hozirgi kunda ta’lim mazmunida matematik bilimlarni taqdim qilish, oʻquvchilarning yuqori darajadagi hisoblash koʻnikmalari, tafakkurini shakllantirish yuzasidan e’tiborga olinmay kelinayotgan holatlardan biri oʻquv fanlarining matematika bilan oʻzaro aloqadorligiga umumiy oʻrta ta’lim mazmunida yetarli darajada e’tibor berilmaganligidadir.
Xorijiy mamlakatlarda fan va texnologiyaning jadal sur’atda rivojlanishi olimlar oldida murakkab muammolarni qoʻymoqda. Shu sababli tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari haqidagi yangi nazariy va amaliy bilimlarni ta’lim mazmuniga kiritish, barcha fanlardan oʻzaro aloqadorlikda eng zarur bilim va koʻnikmalarni hosil qilish, ijtimoiy hayot tajribalari va ilm- fanning turli sohalari uchun muhim boʻlgan bilimlarni oʻquvchilar egallashlari uchun yuksak bilim va mahoratga ega boʻlgan pedagoglarni tayyorlash nihoyatda zarurdir.
Mazkur vazifalarni yechish uchun oʻquv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida har bir oʻquv fanining fanlararo aloqadorlikdagi mazmunini tanlash, ta’lim jarayonida qoʻllanilayotgan soʻnggi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda oʻquv fanlarining bir - biri bilan bogʻlangan tizimini shakllantirish lozim.
Matematik tushunchalar orqali barcha oʻquv fanlarining oʻzaro aloqadorligi mohiyatiga tayanish, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar turkumdagi fanlarni oʻqitishning yangi jihatlarini aniqlash zarurdir. Oʻquvchilarga taqdim etiladigan matematik bilim, tushuncha va hosil qilinadigan hisoblash koʻnikmalari umumlashgan mazmunga ega boʻladi. Oʻquv fanlariaro aloqadorlik ta’minlanganda oʻquvchilarga oʻzaro bogʻlangan bilim va tushunchalar taqdim etiladi.
Demak, "oʻquv fanlariaro aloqadorlik" oʻquv mavzulari mazmunini atroflicha ochib berish uchun zarur.
Oʻquv fanlariaro aloqadorlik dars mavzularining mazmunini oʻrganish, undagi muhim qoidalarni ajratib olib oʻzlashtirishda quyidagi jarayonlarni faollashtirish imkoniyatini beradi:
• oʻquv mavzularini oʻrganish jarayonida oʻquv fanlariaro aloqadorlik holatini aniqlashga subyektiv yondashish ehtimolini pasaytirish;
• fanning muhim gʻoyalarini ochib berishda birinchi darajali ahamiyatga ega boʻlgan oʻquv fanlari asosiy jihatlariga oʻquvchilar e’tiborini jalb etish;
• doimiy ravishda idrok etishni murakkablashtirib borib, oʻquvchilar ijodiy tashabbuskorligi va oʻquv-biluv faoliyati mustaqilligi koʻlamini kengaytirish, koʻp tomonlama oʻquv fanlariaro aloqadorlikni samarali yoʻlga qoʻyish uchun didaktik vositalarning har xil turlarini qoʻllab, oʻquv fanlariaro aloqadorlikdan foydalanish boʻyicha tashkiliy ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
• turli didaktik vositalar yordamida oʻquv fanlarining oʻzaro uzviy birlikda oʻzlashtirilishiga erishish;
• oʻqituvchilar va oʻquvchilar oʻrtasida ijodiy hamkorlikni vujudga keltirish;
• hozirgi zamon talablari asosida oʻquvchilar ilmiy dunyoqarashini matematikaning ijtimoiy-gumanitar turkumdagi oʻquv fanlari bilan aloqadorligi vositasida, ijtimoiy hayot bilan hamohang shakllantirish.
Integratif funksiya – bu funksiya umumta’lim va kasbiy ta’limni boglovchi zvenodir.
Bunda ta’lim mazmunidagi barcha tashkil etuvchi elementlar majmkasini – bilim, ko`nikma, malaka, me’yor, pedagogik tizimlarni uzida mujassamlab:
bilimlarni tizimlashtirishni tashkil etish, talabalarda xar xil predmetlarda utiladigan va texnik, texnologik jarayonlarda sodir buladigan hodisalar, tushunchalar, goyalar, nazariyalar orasidagi uzaro integratsiya va xar tomonlama boglanish borligini urnata olish kunikmalarini shakllantirish;
bu boglanishlar kasbiy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam beruvchi ekanini tushuntirishni ta’minlash;
talabalarda ijodkorlik masalalarini nazariy tugri texnik va amaliy jixatdan maqsadga muvofik echishda, turli Oʻquv predmetlarini urganishda olgan bilim va maxoratlari asosida texnikaviy – iktisodiy, ijtimoiy – ekologik, tashkiliy – pedagogik tizimlar maqsadi, mezoni va vazifasini tugri shakllantirish kunikmalarini xosil kilishlarini nazarda tutadi. [Alimov N.N.]
Integratsion ta’limning tuzilishi qanday? Integratsionta’limning integrativligi uning tuzilishiga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Yil uchun umumiy boʻlgan bir mavzu, har chorakning asosiy mavzusida oʻz rivojini topadi. Shunday qilib, kurs asosiga qoʻyilgan gʻoyalar (fikrlar)ning gorizontal harakati amalga oshiriladi. Xuddi shu yoʻl bilan vertikal harakat ham amalga oshiriladi (sinfdan sinfga), bunda bir mavzu bolaning oʻsishiga qarab, murakkablashib boradi.
Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta’lim sistemasida tavsiflanadi. Bilimning integratsiyalashgan (koʻrgazmali) tarmogʻida integratsiyalashning usul va vositalari: ta’lim rejasidagi oʻqitish joyida: vaqtning hajmiga qarab shu kursni toʻla oʻzlashtirish vaqti oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi: koʻp maqsadli va rang-barangliligi hamda koʻp funksiyaga egaligi bilan tavsiflanadi (koʻrgazmali).
Integratsiya kursi - oʻquv fanlaridan biri boʻlib, fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish uchun oʻrganiladi. U har xil turlar, usullar, uslublar, fanlararo integratsiya ob’ektlari asosida tuzilgan.
Integratsiya kurslarining sinflarga boʻlinishini turli asoslarda qilish mumkin: maqsad va muammolar asosida; maktab tabiiy - ilmiy tizimidagi vazifalari asosida; qoʻshiluvchi fan tarmoqlari asosida; integratsiya usullari va yoʻllari asosida; oʻquv rejasidagi oʻrni asosida; kursni oʻrganishga sarflangan vaqt asosida; oʻquvchilar uchun qiyinlik darajasi asosida va h. k.
SHuni e’tiborga olamizki, bu kurslarning mualliflar i odatda oʻz oldilariga bir necha maqsad va muammolarni yechish masalasini qoʻyadilar, shu sababli kurslar koʻp maqsadli, turli vazifali boʻladi.
Koʻp miqdordagi dasturlar va ularni tadbiq etishga urinishlarni koʻrib chiqib, biz bu kurslar qurilishining asosiy yoʻnalishlarini ajratishimiz va ularni mohiyatiga qarab sinflarga boʻlishimiz mumkin.