Integratsiya taʼlim jarayoni qulaylashtirishning muhim prinsipi sifatida Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 42,71 Kb.
səhifə4/10
tarix13.12.2022
ölçüsü42,71 Kb.
#120947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Integratsiya taʼlim jarayoni qulaylashtirishning muhim prinsipi sifatida

Uchinchidan. Tabiiy ilmiy ta’limning optimal tuzilishi shundayki, integrativ kurslar o‘quv rejasining o‘zgaruvchan qismiga kirib, uning regional tashkil etuvchisi hisoblanadi.
To‘rtinchidan. To‘liq o‘quv metodik qo‘llanmalarning yo‘qligi integrativ kurslarning o‘quv jarayoniga tadbiq etilishida qiyinchiliklar tug‘diradi. Ularning avtorlari programma tuzib, umumiy metodik ko‘rsatmalar tuzishgandan so‘ng to‘xtab qoladilar.
Beshinchidan. Integrativ kurslar uchun o‘qituvchilarni rejali va maqsadga muvofiq tayyorlash tizimi hali yetilgani yo‘q.
Fan o‘qitishdagi integratsiya asosidagi ta’lim falsafasi. So‘nggi o‘n yilliklar ichida ta’lim falsafasi shunday ilmiy yunalishga aylandiki, u insonning ta’lim olish jarayonida yaxlit intellektual rivojlanishi hakidagi savolga javob taklif etmokda. Insonning ta’lim olish jarayonidagi kompleksli rivojlanishi ta’limning predmetli mazmuni tomonidan buzilgan. Ta’lim olayotgan yosh insonning rivojlaniiiish sharoitidagi qarama-qarshilikni amaliyotdagi pedagoglar aniqlashgan. Fan o‘qitishdagi integratsiya bo‘yicha ularning taklifi tashqi birikish xarakterga ega, aslida esa fanlarni integratsiyalashni chuqur metodologiya asosida o‘tkazish zarur. Yangi rivojlanayotgan fan mazmunida turli falsafiy oqimlarda paydo bo‘lgan g‘oya va metodlar birlashuvi extimoli bor. Ta’lim falsafasi tomonidan nafaqat tabiiy moslashuv, balki kontinental moslashuv xam o‘zlashtirilmoqda. Olimlardan T.Kun va V.S.Styopin bu boradagi ishlari natijasida falsafa tabiat va madaniyat xakidagi fanlarni birlashtirdi. Shunday qilib fizika modellariga zamonaviy inson ongi murojat etuvchi ilg‘or fanga aylandi. XXasr o‘rtalarida ilg‘or fanlar orasida kibernetika o‘rin egalladi. Kibernetikada o‘zlashtirilgan prinsiplar o‘z qo‘llanshini anorganik olamdagi xodisalarni tushuntirishda biologiya, texnikada topdi. Noklassik fizikadagi N.Borning qo‘shimchalilik prinsipi avval olimlar tomonidan umumiy tabiat qonuniyatlarini ifodalovchi falsafiy prinsip deb aniqlangan edi. Bu esa kelgusida boshka fanlar rivojlanishiga asos soldi. Qonuniyatlar majmuasi shakllanish vaqtiga kelib fan ko‘p qirrali bo‘la boshlaydi, inson obrazi ko‘proq gavdalanadi. Integratsiya protsessini kuchaytirishga, insoniyat tajribasini tartiblashtiruvchi madaniyag toifalariki izlashga zaruriyat tug‘iladi. Zamonaviy falsafa takdim etgan integratsiyaning poydevor tarkibiy elementlariga dunyokarash universaliyalar kiradi. Ular ma’poni anglash, tushunish va insonning dunyoni ko‘rish usulini belgilaydilar. Yosh insonning ijtimoiylashuviga maorif sistemasi yordamida ushbu madaniyat turiga kiritish unda dunyokarash universaliyalarni o‘zlashtirishga sharoit yaratilganda erishish mumkin. Individni madaniyatga kiritish, shaxsni shakllantirish dunyo manzarasiii to‘la o‘zlashtirishni ko‘radi. Universaliyalar asosidagi matritsalar turli aniq faoliyat, bilim, ideal, normaga asos bo‘ladi. Dunyokarash universaliyalar tizimi dunyoni umumiy ta’riflovchi toifalarni o‘z ichiga oladi. Ular tabiat, sotsial obektlarga, jonli va jonsiz tabiatga, inson va uning jamiyatdagi xayotiga, ma’naviyatiga, ongiga kiradi. Universal toifalar univsrsal qo‘llanish imkoniga ega. Bu toifalar: kenglik, vaqt, harakat, miqdor, sifat, sabab, tasodif, shaxs, inson, jamiyat, men, boshkalar, ong, go‘zallik, ishonch, adolat, erkinlik va h.k. Bo‘limlarga bo‘lingan ta’lim mazmunida universallar uning barcha qonuniyatlarini qamrab olishi lozim. Universallarning integratsion ahamiyati u madaniyatning barcha yo‘nalishlarida namoyon bœladi. Ularning o‘zlashtirilishi istalgan fanni o‘rganishda namoyon buladi [20; 8-b.]. Ular yordamida madaniyat, ijtimoiy tajriba insondan insonga, bir avloddan ikkinchisiga o‘tadi. Madaniyat universallari ushbu modelda inson ongining tuzilishi elementi shaklida aks etadi. Madaniyat universaliyalari mazmuni individ tomonidan uniig ta’lim olish jarayonida, shaxsiy shakllanishida, tarbiyasida va jamiyatdagi xayotida o‘zlashtirilishi lozim. Ular uning ichki intellektual salohiyati va tashki olamdagi hatti-xarakatining qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi, ong dunyosi va amaliy dunyo bog‘liqligi falsafaning rivojlanish darajasiga qarab unda metaforik fikrlashda aks etadi. Madaniyat universaliyalarini falsafiy o‘zlashtirish bosh formasidagi yo‘li turli ijtimoiy-madaniy yo‘lanishlarda namoyon bo‘ladi. Ta’lim falsafasi dunyoni ma’naviy o‘zlashtiradi. Adabiyot, madaniyat faoliyat yo‘nalishlari kabi ma’naviy ishlab chiqarish va universaliyalarni aniqlab etishdek murakkab protsess amalga oshiriladi. Farq shundaki, ta’lim falsafasida bu xodisa professional darajada, metodalogik jihozlangan tartibda ro‘y beradi. Kundalik fikrlash, ma’naviy anglash falsafiy madaniyat universaliyalarni ularni birlamchi shaklida paydo qiladi. Taxliliy ishlar mobaynida universal toifalar mazmuni murakkablashadi. Bu asosda yetarli murakkab va o‘ziga hos falsafiy g‘oya komplekslari rivojlanadi. Falsafa maydonida bo‘la turib toifalar anglash dunyosi obektiga aylanadi. Madaniyat universaliyalari falsafiy taxlil doirasida fikriy tajribalar o‘tkazish mumkin bo‘lgan o‘ziga hos ideal obektga aylanadi. Tabiat, jamiyat, inson o‘zining real dunyosi ma’naviy taxlili uchun ideal obektlar bilan ishlash zaruriyati shunga olib keladiki, bu obekt fikrlash metodlariga bog‘liq bo‘ladi. Universal (ko‘p hossali) toifalar anglash jarayonida moddiy ta’sirlanishga uchraydi. Natijada paydo bœlgan toifa turi faqatgina ta’siri universal toifalarni aniqlashga olib kelgan xaqiqatnigina aks etmay, balki fikrlashping ideal yo‘nalishini ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda fanlararo bog‘lanish asosida ta’lim jarayoni integratsiya yo‘llarida izlanishlar davom etmokda. Olib borilayotgan ishning foydaliligini tan olgan holda uning xarakterini belgilab o‘tamiz. Bunday tarbiyaviy ish katta samaraga ega. Mazmun va ta’lim maqsadi integratsiyasi bo‘yicha masala faqat ta’lim falsafasi asosida yechish mumkin. Metodologik apparat asosidagi ta’lim falsafasi boshida fanning ideal normalari, universal toifalar turishi kerak. Integratsiya moda ham, navbatdagi kompaniya ham emas. U shunday tendensiyalar aksiki, ular bugun inson faoliyatining barcha sohalarini ta’riflab beradi. Bu faoliyat kengliklari o‘zgardi, zamonaning dolzarb muammolari tug‘ildi. Ular tabiat va inson yagona tizim va bog‘liqda mavjudligini yodga soladilar inson yashashi uchun ilmiy asoslangan foydalanishning tashkilini talab qiladilar. Zamonaviy tabiatshunoslik va texnikaning insonparvarligini, inson faoliyatining barcha turlarini o‘z ichiga olgan bu fanlarni meyetodologiyasidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lash kerak. Fanni anglash jarayonida ijtimoiy-insonparvarlik, tabiiy-ilmiy, texnik bilim metodologiyalari o‘zaro bog‘lanishda ko‘rinadi. Aynan integratsiya asosida tabiiy fanlar bioolam ko‘rsatmalaridagi, inson faoliyatini o‘rganishdagi, zamonaning dolzarb muammolarini yechishda ko‘rinadi. Xullas, bu tafovut munosabatlar o‘zgarishida va barcha maktab talablarining umummadaniy bilimlarida namoyon bo‘ladi. Integratsiya tabiiy-ilmiy ta’lim mazmunini insonparvarlashuvining asosiy mexanizmi bo‘lib chiqadi. Hozirgi kunda tabiiy-ilmiy ta’lim ahamiyatini baholab hulosalash mumkinki, u tabiiy- ilmiy xaqqoniylik va insonparvar ideallar birga bo‘lishiga da’vat etadi. Integratsion yondashuv qo‘llanishi tabiatshunoslik va tevarak-atrof bilan tanishuv kursida ko‘rsatilgan.

Yüklə 42,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin