Intensiv kurs



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə66/135
tarix01.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#136911
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   135
Intensiv kurs-hozir.org

Mustahkamlash
1. Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A) ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin C) kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin D) hol ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdan oldin yoki keyin kelishi mumkin
2. Masalaning mohiyati shu ekanki, bosh vrach qabulxonasiga kichkina telefonogramma tushibdi. Ushbu gap turini aniqlang.
A) ega ergash gapli qo‘shma gap B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
3. Qumri qarasa, onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari ko‘payib ketibdi. Hol ergash gap turini aniqlang.
A) payt ergash gap B) o‘rin ergash gap C) shart ergash gap D) sabab ergash gap
4. 1. Hurmat qilsang, hurmat ko‘rasan. 2. Yaqin borib qarasa, qoraygan yerda bolalar ko‘ylagiga qadaladigan o‘n-o‘n beshta tugma sochilib yotibdi. 3. Qumri qarasa, onasining qolgan qora sochlari ham bir kechada oqarib, ajinlari ko‘payib ketibdi. 4. Jahl kelsa, aql ketar. 5. Do‘stimga tushgan xavf meni ham tahlikaga solmas ekan, bu chinakam do‘stlik emas. Mazkur hol ergash gapli qo‘shma gaplarning qaysilarini payt ergash gap sifatida baholab bo‘lmaydi?
A) 1, 5 B) 1, 3, 5 C) 5 D) 1, 2, 5
4-DARS. BOG‘LOVCHISIZ QO‘SHMA GAPLAR. MURAKKAB QO‘SHMA GAPLAR. (62-78-betlar)
Reja:
1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap haqida ma’lumot.

2. Qo‘shma gap turlarining ma’nodoshligi.


3. Mustahkamlash.
4. Murakkab qo‘shma gap haqida ma’lumot.
5. Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplar.
6. Bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gaplar.
7. Aralash murakkab qo‘shma gaplar.
8. Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gaplar.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gap haqida ma’lumot
1. Qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqea-hodisani ifodalasa ular orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) tire B) ikki nuqta C) nuqtali vergul D) vergul
2. Bizning qarorimiz shu // hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga qanday tinish belgisi qo‘yilishi kerak?
A) ikki nuqta B) nuqtali vergul C) tire D) vergul
3. G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. Berilgan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) ikki nuqta B) tire C) nuqtali vergul D) vergul
4. Qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalansa, ular orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) ikki nuqta C) tire D) nuqtali vergul
5. Yigitlar daraxtning ostini yumshatdilar // qizlar maktab hovlisini supurdilar. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi qo‘yiladi.
A) nuqtali vergul B) tire C) vergul D) ikki nuqta
6. Ruboiyni ichida o‘qidi, yuzini tabassum qopladi. Ushbu gap turini aniqlang.
A) ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gap B) bog‘langan qo‘shma gap C) sodda gap D) uyushiq bo‘lakli sodda gap
7. G‘animlar duch kelar – jang bo‘lar puxta. Qo‘shma gap turini aniqlang.
A) bog‘lovchisiz qo‘shma gap B) ega ergash gapli qo‘shma gap C) bog’langan qo‘shma gap D) hol ergash gapli qo‘shma gap
8. Eshakni yaydoq minib bo‘lmaydi // yiqiladi kishi. Ushbu qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) vergul B) nuqtali vergul C) tire D) ikki nuqta
9. Oyim endi o‘rnidan turayotgan edi, eshik shaxt bilan ochildi. Ushbu gap turini aniqlang.
A) ergashgan qo‘shma gap B) bog‘langan qo‘shma gap C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) murakkab qo‘shma gap
10. Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz. Gapdagi ikki nuqtaning qo‘yilish sababini izohlang.
A) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganligi uchun B) qo‘shma gap qismlari orasida o‘shatish munosabati ifodalanganligi uchun C) qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqea-hodisani ifodalangani uchun D) qo‘shma gap qismlari orasida shart munosabati ifodalanganligi uchun
11. Qanday munosabat ifodalanganda bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida tire qo‘yilmaydi?
A) o‘xshatish B) zidlash C) izohlash D) shart
12. Izohlash munosabati ifodalangan bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) tire B) ikki nuqta C) vergul D) nuqtali vergul
13. Qaysi qatordagi qo‘shma gap qismlari orasida tinish belgisi noto‘g‘ri qo‘llangan?
A) Kuz keldi, yig‘im-terim ishlari boshlandi. B) To’rt mashina o‘g‘it yubordik – fermerlarga vaqtida taqsimlansin. C) Siddiqjon to‘xtadi: orqasidan kimdir kelayotgan edi. D) Orzum shul: o‘chmasin yongan chirog‘ing.
14. Qiz uni ushlab olgani urindi // juda qiynalib ketdi // qo‘llariga tikan kirdi // yuzi va bilaklari tirmalandi... Ushbu gapdagi // belgilari o‘rnida qanday tinish belgisi ishlatiladi?
A) vergul, ikki nuqta, vergul B) vergul, nuqtali vergul, vergul C) ikki nuqta, vergul, vergul D) vergul, tire, vergul

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin