20
aloqalari bo‘lgan deb ta’kidlaydi. U o‘z fikrini M. Qoshg‘ariy va Abu Rayhon
Beruniy, H. Zarinezodaning ma’lumotlariga asoslanib izohlashga harakat qiladi.
D. Rahimli turkiy o‘zlashmalarning fors tiliga kirib kelishida Erondagi
turkiylarning roli katta deb hisoblaydi va shunday yozadi: “Agar mazkur omillarga
Eronda istiqomat qiladigan taxminan 30 millionlik turkiylarning sonini ham
qo‘shsak, ikki forsiy va turkiy zabon xalqlar o‘rtasidagi aloqalarning ildizlari juda
qadimiyligi
oshkor
bo‘ladi”
29
. Ularning
Eronga
kelib
qolishi
borasida
Ozarbayjonlik tilshunos olim T. Hojiyevning fikrlariga tayanadi. Xullas,
D. Rahimli o‘z tadqiqotini boshlanishida yuritgan fikrlari asosan bu mavzuga oid
va unga aloqador bo‘lgan manbalarga va olimlarning fikrlariga tayanganiga guvoh
bo‘lamiz.
Bu ilmiy ish boshqa tadqiqotlardan shunisi bilan ajralib turadiki, unda asosan
og‘zaki til va turli shevalarda uchraydigan turkiy o‘zlashmalar o‘rganilgan. Muallif
jami 200 dan ortiq turkiy leksik birliklarini o‘rgangan va ularning ba’zilari adabiy
tilda mavjud emas. Bu borada u shunday yozadi: “Biz og‘zaki fors tilida turkiy
tillardan kirgan ba’zi so‘zlarni uchratishimiz mumkinki, ularni hech qachon adabiy
fors tilida uchratib bo‘lmaydi va albatta, bular orasida sanalgan so‘zlar boshqa
tillardan kam emas, shu jumladan, ‘kiyim’ va ‘qo‘lda tikilgan etakli ayollar libosi’
ma’nosidagi همﮑس
sokme
, ‘qand’ ma’nosidagi هملاس
sālme
va ‘tepki’ ma’nosidagi هپت
tepe
, ‘fitna’, ‘hiyla’ ma’nosidagi جنلآ
ālenj
va shu kabi so‘zlarni adabiy tilda
uchratib bo‘lmaydi”
30
. D. Rahimli yuqorida berilgan va boshqa shu kabi bir qancha
so‘zlar fe’llardan yasalganligini ta’kidlaydi.
sökmek
→ [
sokme
]
همﮑس
Dostları ilə paylaş: