"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati. Prezident Islom Karimov 2001—yil 24-yanvar kuni Toshkentda yoshlar masalasiga bag'ishlangan yig'ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo'la oladigan yangi tashkilot tuzish g'oyasini ilgari surdi. 2001— yil 25-aprel kuni Toshkentda bo'lgan yoshlar qurultoyida o'zini-o'zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot - O'zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, sog'lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o'rnini egallashga ko'maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit - qizlarning o'z aql - zakovati, kuch -g'ayratini to'la namoyon yetishi uchun zarur shart - sharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo'lishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar bo'limlari, ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlarida boshlang'ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston fuqarolarini o'z saflarida ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko'rsatmoqda.
Jamoat tashkilotlari.O'zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko'rsatmoqda. Jumladan, O'zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo'lgan xodimlarni jinsi, diniy e'tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat'iy nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.
Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko'p bolali onalarni har tomon-lama muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarning bozor iqtisodiyoti bilan bog'liq muammolami hal etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyat-larini yanada kengaytirish va ularni qo'llab-quwatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991— yil 1-martdagi O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar Qo'mitasi to'g'risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar Qo'mitasi tuzildi.
Dostları ilə paylaş: |