28. Mazkur elektr qurilmasiga xizmat ko‘rsatmaydigan xodimlar tomonidan qurilmani ko‘rikdan
o‘tkazishlariga korxona (tashkilot), sex, uchastkani elektr xo‘jaligi uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan ijozat
berishdan oldin jurnalga yozib qo‘ygan holda ruxsat etiladi.
29. Elektr qurilmalari xonalarining (shchitlar, yig‘malar va boshqalar) eshiklari doimo qulflangan bo‘lishi
kerak.
Har bir elektr qurilmalari xonasi uchun kamida 2 to‘plam kalit bo‘lishi kerak. Ulardan bittasi zaxira to‘plami
bo‘lib hisoblanadi. Kalitlar raqamlangan bo‘lishi lozim. TQlar xonalarining kalitlari yacheykalarva kameralarning
eshiklariga to‘g‘ri kelmasligi shart.
30. Kalitlar tezkor xodimlar hisobida turishi zarur. Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida
kalitlar boshqaruv punktida tezkor xodimlar hisoblangan smena bo‘yicha katta xodimda bo‘lishi kerak.
Kalitlar tilxat asosida:
a) yakka o‘zi ko‘rikdan o‘tkazishga ruxsat berilgan xodimlarga — ko‘rikdan o‘tkazish vaqtiga, tezkor
ta’mirlovchi, shu jumladan smenada ishtirok etmayotgan shaxslarga — elektr xonalarida ishlarni bajarayotgan
vaqtga;
b) naryad yoki farmoyish bo‘yicha ishlar bajarilganda,javobgar rahbar, ish bajaruvchi yoki kuzatuvchiga ish
bajarilayotgan vaqtda berilishi lozim.
Kalitlar har kuni ishga ijozat berishni rasmiylashtirish paytida berilishi va ishlar tamomlanganidan so‘ng
naryad bilan birgalikda qaytarilishi shart.
Doimiy tezkor xodimlari bo‘lmagan elektr qurilmalarida ish bajarilganda kalitlar ish to‘liq tamomlangan
kunning ertasidan kechiktirmay topshirilishi shart. Kalitlarning berilishi va qabul qilib olinishi ixtiyoriy shakldagi
jurnalda yoki tezkor jurnalda hisobga olinishi zarur.
Jurnal betlari raqamlangan, varaqlari ip bilan tikilib, korxonaning muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
31. Elektr xonalariga kirish uchun shaxsiy kalitlarga ega bo‘lish faqat tezkor xodimlardan hisoblangan
shaxsga smenani telefon orqali qabul qiluvchi va topshiruvchiga ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: