Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy majmuasi


§ Отмена (Undo – Ctrl+z)- amallarni rad etish



Yüklə 9,75 Mb.
səhifə79/108
tarix10.12.2023
ölçüsü9,75 Mb.
#139555
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
Ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar fanining o’quv-uslubiy ma


§ Отмена (Undo – Ctrl+z)- amallarni rad etish;
§ Вырезат (Cut - Ctrl+x ) – yacheykadagi matnni qirqib buferga o’tkazish;
§ Копироват (Copy - Ctrl+c) – yacheykadagi ma’lumotni nusxasini olish;
§ Вставит (Paste - Ctrl+v) – buferdagi ma’lumotni yacheykaga joylashtirish;
§ Вставит как (Paste as) – buferdagi ma’lumotni berilgan formatda
yacheykaga joylashtirish;
§ Виделит все (Sellect all - Ctrl+a) –barcha yacheykalarni belgilash(tanlash);
§ Поместит объэкт (Insert Object)- ob’ektlarni joylashtirish;
§ Орфографическая проверка (Chek Spelling) – orgrofiya nuqta- nazaridan
tekshirish;
§ Настройки (Prefereces) – tizimni sozlash oynalarini chaqirish.
Ячейка (Cell) menyusi
Ячейка lar hujjatlarning asosiy qismlari hisoblanadi. Ячейка bir –biridan statusi (maqomi) bilan farq qilib, uning tipi va turli holatlardagi ko’rinishlari – ularning asosiy xarakteristikasi hisoblanadi.
Ячейка menyusi da yacheykalar ustida amallar bajarishni tashkil etadigan buyruqlar joylashtirilgan.
Ushbu menyuning ba’zi buyruqlarining tavsiflari quyidagicha:
§ Конвертироват в (Convert to) – yacheyka formatini almashtirish;
§ Отобразит как (Display As) – yacheyka kœrinishini formatini almashtirish;
§ Опсии ячейки (Cell Properties) – yacheykalarni xossalarini o’rnatish;
§ Группировка ячеек (Cell Groupping) - yacheykalarni guruhlash;
§ Статистика размеров ячейки (Cell Size Statistics) – yacheykalarning o’lchamlari haqida ma’lumotlarni olish va h.k.

Формат ( Format) menyusi


Mathematica tizimida kiritish va chiqarish yacheykalarining formatlashni turli imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlarga yacheykalarni o’lchamlarini, simvollarning ranglarini, Shriftlarni tanlash va h.k. lar kiradi.
Формат menyusi bir necha bandlardan tashkil topganini ko’rish qiyin emas. Bu buyruqlar odatda nashriyot masalalarini qulay va tez hal qilish uchun qo’llaniladi.
Ввод (Input) menyusi
Ma’lumki hisoblarni bajarishdan oldin hisoblashlar uchun kerakli ma’lumotlarni va matematik ifodalarni kiritish zarur.
Ushbu masalalar Ввод (Input) menyusi orqali hal qilinadi.
Menyudagi ba’zi buyruqlarning bajarilish qoidalari bilan tanishaylik. Ma’lumki, ikki o’lchovli grafiklar yordamida chiziqsiz algebraik tenglamalarni qulay usullar bilan yechish mumkin. Mathematica tizimida ikki o’lchovli grafiklarning nuqtalarini koordinatalarini Получит графические координаты (Get Graphics Coordinates) buyrug’i yordamida olinadi.
Jadval qiymatlarni kiritish menyuning Сделат таблицу (Greate Table/Matrix/Palette) buyrug’i orqali amalga oshiriladi.Yadro(Kernel) menyusi Yadro menyusida ishchi sohaga yuklangan (chaqirilgan) hujjatning yacheykalari ustida Yadro tomonidan bajariladigan amallarning ro’yxati
keltirilgan.
Bu qism menyular hisoblash jarayonini boshqarish uchun xizmat qiladi. Menyuning « Вычисление »(Evaluation) qism menyusini bandlari bilan qisqacha tanishamiz:
• Вычисление ячеек(Evaluation Cells) – tanlangan yacheykalarni hisoblash;
• Вычисление блокнот (Evaluation Notebook) – hujjatni barcha yacheykalarini hisoblash.
Hujjatlarda kiritish va chiqarish satrlari mos ravishda In[n] va Out[n] ko’rinishida belgilanadi. Ba’zan bu belgilar hujjatlarni rasmiylashtirishda xalaqit beradi. Shuning uchun, Yadro menyusidagi Показат входные /выходные имена(Show In/Out Names) qism menyusi buIn[n] va Out[n] larni hujjatlarda ko’rsatmaslik imkonini beradi.
Найти (Find) menyusi
Найти menyusida matnlardagi va ifodalardagi qism matnlarni izlab toppish yoki almashtirish amallarini bajaradigan qism menyular keltirilgan.
• Найти (Find) – berilgan satrlarni (oldinga va orqaga qarab) almashtirmasdan izlash;
• Ввод выделение (Enter Selection) – tanlangan satrni izlash;
• Искат Следуюший (Find Next) – oldinga qarab hujjat bo’yicha izlash;
• Искат Предыдушей(Find Previous)- orqaga karab hujjat bo’yicha izlash.;
• Искат в тегах ячейки( Find in Cell Tags) – berilgan etiketkali(tegli) yacheykani izlash;
• Заменит всё(Replace All) – berilgan hujjatda almashtirishni bajarish.
Окно (Window) menyusi
Mathematica tizimi ham ko’p oynali dasturlar sinfiga tegishli bo’lib, bir vaqtning o’zida bir necha hujjatlar bilan ishlash mumkin.
Окно menyusidagi qism menyular ro’yxati bilan tanishamiz:
• Выстроит окна (Stack Windows) – oynalarni kaskadli joylashtirish;
• Размножат в Ширину (The Windows Wide) – oynalarni balandlik bo’yicha ustma-ust joylashtirish;
• Размножит в высоту (The Windows Tall) – oynalarni yonma-yon joylashtirish.
Har bir hujjat o’zining oynasiga ega bo’lishi tabiiydir. Foydalanuvchi o’ziga qulay shaklda oynalarni joylashtirib ularda kerakli amallarni bajarishi mumkin.
Помош (Help) menyusi
Mathematica tizimi juda ham boy ma’lumotlar tizimiga egadir. Помош menyusida juda qulay usulda kerakli ma’lumotlarni topish mexanizmi ishlab chiqilgan. Bu menyuning ishlash prinsipi hamda Mathematica da ma’lumotlar tizimi haqida keyingi paragrafda batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Mathematicada ma’lumotlar tizimi.
Помош (Help) menyusi dagi eng ko’p ishlatiladigan qism menyularni qarab
Chiqaylik

• Обозровател помоши (Help Browser – Shift+f)
• Найти функсии (Find Selection function) – bu ikkala qism menyularda ma’lumotlarni izlash prinsipi deyarli bir xildir. Ma’lumotlar tizimining sharhlovchisi (Brouzer) ning oynasinida, quyidagilarni ko’rish mumkin:
• Built- in Functiuons – tizim Yadrosiga biriktirilgan funksiyalar;
• Add – Ons – amaliy dasturlar majmuasi;
• The Mathematica Book – S. Volfram tomonidan yozilgan kitobning
elektron varianti;
• Getting Started/Demos – boshlovchilar uchun qo’llanma va misollar;
• Other information – boshqa kerakli ma’lumotlar;
• Master Index - ko’rsatkichlar alfavit bo’yicha.
Bo’sh lovchilar uchun qo’llanmada tizimning barcha imkoniyatlarimisollar yordamida batafsil yoritilgan.Ma’lumotlar tizimining Математическая книга (The MathematicaBook) bo’limida esa katta hajmdagi ma’lumotlar (formulalar, grafiklar, turlixarakterdagi hisoblashlarning namunalari) jonli misollar yordamida keltirilgan. Boshqa ma’lumotlar bo’limida esa tizimning interfeysi haqidagi barchama’lumotlar va h.k. lar keltirilgan.

7-amaliy mashg’ulot.Matematica amaliy dasturida turli hil matematik masallarni yechish


Matematik tahlilning amallarini Mathematicada hisoblash
Quyida differensial va integral hisob kursining ba’ziamallarini Mathematica sistemasida sonli va simvolli hisoblashning ba’zixususiyatlari bilan shug’ullanamiz.Yig’indini hisoblash:
• Sum[f,{ i,imax}]- bu funksiya f ifodaning qiymatlari yig’indisini I o’zgaruvchi 1 dan imax gacha bir qadam bilan o’zgarganda hisoblaydi I max yoki boshqacha qilib aytganda å fi -yig’indining sonli qiymati topiladi;
i=1
• Sum[f,{ i ,imin,imax}]-bu funksiya f ifodaning qiymatlarini yig’indisini imin o’zgaruvchi imax gacha bir qadam bilan o’zgarganda hisoblashga imkon beradi;
• Nsum[f,{ i ,imin,imax}]- bu funksiya f ifodaning yig’indisining son
qiymatini hisoblaydi.
Misollar:

Ko’paytmani hisoblash.
Ko’paytmani hisoblash Product arifmetik funksiyasi orqali amalgaoshiriladi va Sum funksiyasi kabi qo’llaniladi:
Product[i,{i,10}] 3628800
NProduct[i^2,{i,1,2,0.2}] 93.6405
Product[Log[i],{i,2,5,0.5}] 4.23201Log[2]
Hosilani hisoblash.
Funksiya hosilasini hisoblash uchun quyidagi funksiyalardan foydalaniladi
• D[f,x]- x bo’yicha f ifodadan hosila oladi;
• D[f,{x,n}]- x bo’yicha f ifodadan n- tartibli xususiy hosila
oladi.
• D[f,{x1,x2,….}]- x1, x2, …, xn o’zgaruvchilar bo’yicha f
ifodadan aralash hosila oladi.
• Dt[f, x] — f funksiyadan x bo’yicha umumlashgan hosilani hisoblaydi. Hosilani hisoblash uchun Mathematica da quyidagi funksiya ham ishlatiladi. Derivative[n1,n2,…..][f] - f ifodadan birinchi o’zgaruvchi bo’yicha n1 marta, ikkinchi o’zgaruvchi bo’yicha n2 marta va h.k hosilalarni hisoblaydi.
Misollar:


Yüklə 9,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin