Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar 1. Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy- fiziologik asoslari fanini o’zlashtirish uchun talabalar odam anatomiyasisi va fiziologiyasidagi bilimlarga taynadilar.Jumladan odam organizmini o’rganish organizmni tashlil etuvchi hujayra xillari,ular hosil qiladigan to’qimalar,organlar va organlar sistemalari haqidagi bilimlar asosida organizm tuzilishini, fiziologik tushunchalar, qo’zg’alish,qo’zg’aluvchanlik, modda va energiya almashinuvi ,uning bosqichlari:assimilatsiya va dissimilatsiya, nerv tizimidagi tormozlanish va qo’zga’lish jarayonlari,reflektor faoliyatlar orqali organizmni funksiyalari haqida tushunchaga ega bo’ladilar.Shu bilimlar asosida ushbu fanni o’zlashtirish ancha samarali bo’ladi.
2. Talabalar tomonidan kursni chuqur o’rganish o’quv dasturidagi nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtira bilishdan iborat.
Ushbu fanni o’qitishda fanini o’qitishda kompyuterda o’rganiladigan dasturlar audio-video texnikasidan foydalanilari kerak.
Taʼlim natijalari (ТN) ТN1 Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy- fiziologik asoslari fani bo‘yicha talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) buyicha tasavvurga ega bo‘ladi;
ТN2 Ushbu fanni o’rganish orqali talabalar jismoniy mashq qilmagan va jisminiy mashq qilgan kishilar organizmidagi gigiyenik va fiziologik holatlarga to’liq tavsif beradi.
ТN3 Talaba ushbu fanni o‘qishi jismoniy sifatlar,jismoniy mashqlarga fiziologik tavsif bera oladi.
Ko‘nikmalar jihatidan: ТN7 Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy- fiziologik asoslari fanin organish orqali sportchi organizmida yuzaga keladigan adaptatsiya, harakat malakalari hosil bo’lishini mexanizmlarini tushunadi..
ТN8 Organizmda yuzaga keladigan charchash va qayta tiklanish,jarohatlanish va uni oldini olish uchun muhim omillarni tushunib yetadilar..