Jizzax davlat pedagogika instituti


-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar organizimning anatomo-fiziolagik xuxsusiyatlari va organizimning jismoniy rivojlanishi



Yüklə 237,02 Kb.
səhifə41/53
tarix01.01.2022
ölçüsü237,02 Kb.
#106498
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
2-kurs

18-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar organizimning anatomo-fiziolagik xuxsusiyatlari va organizimning jismoniy rivojlanishi
Maktabgacha bolaning tovonlari bir yoshdan boshlab shakllanadi, bola oyoq kaftlarining to‘g‘ri shakllanishi uchun tegishli mashg‘ulotlar bajarish, unga poshnasi sal ko‘ztarilgan oyoq kiyim kiyish lozim. Bu yoshdagi bo‘g‘imladagi bog‘lovchi apparatlarning nisbati hatti harakatchanligi ko‘rsatiladi. Bunga mushaklarining, bog‘lamlar va paylarning kattalarnikiga nisbatan ancha elastik mayin bo‘lishi sababdir. Maktabgacha yoshdagi eng kichik go‘dakning mushaklari halt unchalik rivojlanmagan va ancha nimjon bo‘lganligi sababli bolaning holati, uning gavda tutishi noto‘g‘ri bo‘ladi, boshi engashgan, elkalari qisiq, beli bo‘kilgan, ko‘kragi yopilgan bo‘ladi, mushaklar kuchliroq bo‘lib boradi. Ularning ish qobiliyatlari ortadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalrning bronxlari-o‘pka apparati sifat jihatidan tez rivojlanib, takomillashu sodir bo‘ladi. Nafas olish chastotasi minutiga 22-26 martagacha kamayadi, nafas olish chuqurlashadi, nafas chiqarish esa iyla cho‘ziladi. Bu yoshdagi bolalrning qon aylanish a’zolari funksional o‘zgarishlar ular organizmdagi sodir bo‘ladigan anotomik o‘zgarishlar bilan bog‘lanadi: yurak , masalan kattalashadi, shu tufayli yurak qisqarishlari kuchi ortib yurakning chidamliligi yuksaladi. Bu vaqtda yurak qisqarishlari soni minituga 85 martadan 95 martagacha ortadi. Arterial qon bosimi yoshga qarab o‘zgarmaydi: u 3-4 yashar bolada simob ustunining 95/59 ga, 5-6 yashar bolaga simob ustunining 95/58 m.m., 7 yashar bolada esa simob ustunining 97/58 mm.ga bo‘ladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda markaziy asab tizimining morfologik o‘zgarishlari bundan buyon ham davom etishi ko‘zatiladi. Ikkinchi signal sistemasi tez takomillashib, uning yordamida bolaga aytilgan so‘zga nisbatan shartli reflekslar hosil bo‘lib boradi. SHartli reflekslar tez paydo bo‘ladi-yu, darhol mustahkamlnib qolmaydi. Bolalardagi ko‘nikmalar avvaliga uncha mustahkam bo‘lmasdan, tezda unitiladi. Bosh miya pustlog‘idagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari tezda tarqalib ketadi. SHuning uchun bolalardagi diqqat barqaror bo‘lmaydi, ularning javob reaksiyalari his-hayajon harakteriga bo‘ladi va bolalar tez charchab qoladilar. SHu sababli ularda harakatning muayyan ko‘nikmalarini hosil bo‘lishi va mustahkamlanishi uchun muayyan qo‘zg‘atuvchilarning ma’lum miqdorida takrorlanib turishi va izchilligi talabqilinadi. Muayyan reja asosida o‘tkazib turiladigan jismoniy mashqlar bolalar harakatchanligini rivojlantiradi. Bu yoshda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish malakalari takomillashtiraladi.

YUrish 3-4 yoshga kirgan bolalarda harakatlar sur’atining noteks va noaniq bo‘ladi, berilgan yo‘nalishlar rioya qilmaydi, yon tomonlarga lapanglab, muvozanatni saqlash uchun qo‘llar yon tomonga o‘zatilgan bo‘ladi. Oyoqlapr yarim bo‘kilgan holda bo‘lib, erga tap-tap bosiladi, 5-6 yoshda harakatlarni muvofiqlashtirish yaxshilanadi. 70%dan ko‘proq bolalarda qo‘l va oyoq harakatlari bir-biriga mos harakat qilishi yaxshilanadi, qadamlar ancha me’yorlashgan holga kelib qoladi. 7 yoshga etganda deyarli 100% bolada qo‘l va oyoqlari harakati muvofiqlashadi, qadamning uzunligi ortadi va yurish sur’atini sekinlashadi, masofaga yurish tezligi esa ortib boradi. Bolalarning ko‘pchiligi yurish vaqtida qd-qomatlarini to‘g‘ri to‘tadilar.

YUgurish: har ikkala oyoqning poldan barbar ko‘tarilishi / “parvozlnish”/ yugurish uchun harakterli bo‘lgan belgidir. Bola 3-4 yoshidayoq “parvozlanish” alomatlariga ega bo‘la boshlaydi-yu, lekin ko‘pincha ko‘zga tashlpanmaydi.4-5 yoshgacha borib, ayniqsa mashq qiltib turgan bolalarning 20%dan oyoqlarining poldan yuqori ko‘tarilganiko‘zga aniq tashlanadi, 7 yoshga etganda etganda bolaning 70% bu holatni ko‘zatish mumkin. YUgurish vaqtida qo‘l va oyoqlar harakati yaxshi muvofiqlashtiriladi. Bunday muvofiqlashtiruv yurish vaqtidaginan ko‘ra tezroq rivojlanayotganini 3 yoshga etgan bolalaning 30%ida , 4 yoshga etgan bolalarning 70-75%ida, 7 yoshga etgan bolalarning 90% ko‘zatish mumkin. Maktabgacha yosh davomida yugurish vaqtidagi qadamning uzunligi asta – sekin kattalashib , bir tekkis bo‘lib boradi. 6-7 yashar bolalarda yugurish tezligi ancha ortadi.

Sakrashlar 3 yoshga kirgan bolalarning ko‘pincha 15 sm. Balandlikdan pastga sakrashni biladilar, to‘rgan joydan sakrab oyoqlarini poldan sal-sal o‘za oladilar., to‘rgan joylaridan tayoqcha yoki arqoncha ustidan hatlab uzunlikka sakray oladilar. YOsh kattalashgan sari sakrash uzunligi ham tez ortib boradi. Qariyb 50% bolalar 4 yasharligidayoq oyoqlarini erdan uzib yaxshigina sakray oladilar va erga oyoqlarini tizzadaen yarim bukilgan holda keltirib sakraydilar, qolgan bolalar erdpn itarilish harakati ko‘chsizroq bo‘lib, oyoq tizzasidan bukilmay to‘g‘ri o‘zatilgan holda sakragandaham oyoqlarining butun kafti bilan erga top etib sakraydilar. Odatda 3-4 yashar bolalarda sakrash vaqtida qo‘llarini siltash harakati bo‘lmaydi. 5 yoshga etganda turgan joyida sakrash uzunligi hiyla ortadi, bolalar yugurib kelib sakrashni egallay boshlaydilar, lekin ular hali qo‘llari bilan siltanib sakrash harakatidan etarli darajada foydalanishmaydi, erdan qattiq itarila olmaydilar, ba’zan butun oyoq kafti bilan top etib erga tushadilar. 5 yashar bolalar turgan joylarida bir oyoq bilan yuqoriga yaxshi sakraydilar va oldinga harakat qila oladilar. – 5-6 yoshga to‘lgan bolalar turgan joyida sakrash va oldinga intilish, ikki oyoqlab vambir oyoqda sakrash, turgan joyida va yugurib kelib uzunlikka, balandlikka sakrash harakatlarini bajara oladilar. Ular endi erdan itarilayotgan vaqtda qo‘llarini siltash harakatidan foydalanishni biladilar, bolalarning 70%dan ko‘proq erga to‘g‘ri /signal oyoqlarini sal bo‘kib / sakrab tushishni biladilar.

Uloqtirish 3-4 yashar bollarda ham haqiqiy uloqtirish malakasi bo‘lmaydi, qo‘llarni yaxshilab silkitib – siltab otish mahorati etmaydi, gavdalarini bura olmaydilar. Ular koptokni aniq , joyga otib va ilib olishni uni uzoqqa uloqtirishdan ko‘ra osonroq bajaradilar. 5 yoshga to‘lgan bolalarning ko‘pchiligida qo‘lni siltab uloqtirish harakatini bajarish va gavdani bo‘ra olish mahorati paydo bo‘ladi. Uzoqqa uloqtirish mashqida otiladigan narsalar yo‘nalishini yaxshiroq oladilar, tokni nishonga tekkazish malakasi rivojlanib boradi. 7 yoshga etganda tegishli mashqlarni bajargan bolalar uloqtirish malaksini yaxshi egallab oladilar.

Tirmashib chiqish: 3-4 yashar bolalarda tirmashib chiqish vaqtida oyoqlarni ko‘tarib birini ikkinchisiga oyaqin qo‘yish harakatlari ko‘zatiladi, lekin qo‘llarning har doim ham oyoqlar harakatiga mos kelavermaydi. 5 yashpar bola mashq vaqtida oyoqlarni galma-gal almashtirib narvon pilla poyalaridan tirmashib chiqish malakasini to‘la egallab oladi.

Muvozanat: harakat koordinatsiyasining yaxshilanib borilishi munosabati bilan 4-5 yashar bola bir oyoqda turishni, o1yoq uchida va tovon bilan yurishni, cheklangan, kichraytirilgan joylar bo‘ylab/ chiziqldar orasidan, skameyka ustida, turli balandliklardagi hodalar o‘stida/ yurishni biladi. 6-7 yashar bo‘lgan bola har xil va hiyla murakkab bo‘lgan muvozzanat saqlash mashqlarini turgan joyida va yurib turib bajaorishni eplay oladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda bosh miya katta yarim shari pustlog‘inig faoliyati mustahkamlanib boradi. Bolaning nutkqi sezilarli darajadi takomillashadi: so‘z boyligi ortib, bola biladigan so‘zlarning umumiy soni 2000gacha va undan ham ko‘proq bo‘ladi. 5 yoshga borib bola barcha harakatdlar va so‘zlarni aniq talaffuz viladi: uzun-uzint gaplarni qiynalmay tuzadi, ko‘rgan va eshitgan narsalari to‘g‘risida zavq bilan gapirib beradi. Bu davrda bola faktlarni bir-biriga qiyos qilishga, voqealarni tahlil etishga faol kirisha boshlaydi, uning hotirasi takomillashib boradi, u juda qiziquvchan bo‘lib qoladi va katta yoshli kishilarga istagan sohada sonsiz savollar berib boradi va unga javob talab qiladi. Bolaning “nega?” deb ataladigan davri boshlanadi. Katta kishi uning savollariga oddiy javoblarni vazminlik bilan tushugtirib berish va bola gap boshlaganda uni sabr, chidam bilan eshitishi, mobodo bola so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilganda uni to‘g‘irlab tuzatib borishi kerak. Ayni mahalda bolani haddan tashqari ko‘p hodisalar va tushunchalar bilan ihtiyoriy ravishda tanishtirib uni toliqtirib qo‘ymaslik kerak. Bolaga tuxtovsiz kitob o‘qib beraverish ayniqsa uning yoshiga to‘g‘ri kelmaydigan kitoblarni o‘qib berish tavsiya etilmadi. SHuningdek bolani tez-tez kinoga olib borish yoki har kuni unga telefilьmlar ko‘rsatish ham maslahat berilmaydi, chunki bularning bari asab tizimining kuchli zuriqtiruvchanlari bo‘lib har qator hollarda bola nutqining yomonlashuviga – hatto duduq bo‘lib qolishigi, uyqusining, ishtihasining bo‘g‘ilishi bolaning serharakat bo‘lib, hatto mushak mashqlari tana a’zolari pir-pir o‘chib beixtiyor silkinib turadigan bo‘lib qolishiga olib kelai. Bu yoshda a’zolarning ishi ham takomillashib boradi, sezuvchanlik maza ta’m bilish, ko‘rish, eshitish yaxshi ishlamaydi, bola o‘z his tuyg‘ularini so‘z bilan to‘g‘ri ifodalay oladi.

Ko‘z haddan tashqarizo‘riqtirilgan holda /masalan yaxshi yoritilmagan stol ustida noqulay holatda turib rasmlar tomosha qilganida/ bolaning ko‘z mushaklari qattiq charchaydi, chunki bola ko‘z soqqastining shaklining o‘zgartirishiga uni yaxshiroq ko‘rishga moslashtirilgan majbur bo‘ladi. Bu esa oradan bir qancha muddat vaqit o‘tkanidan keyin bolada uzoqni ko‘ra olmaslik kasallik avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin. SHuning uchun bolani yaxshi yoritilgan joyga to‘g‘ri o‘tkazib qo‘yilishiga ahamiyat berish muhimdir. Ayniqsa har xil sur’atli, rasmli kitoblarni tomosha qilayotganda; mumdan tkurli himl o‘yinchoqlar yasalayotganda, bolani to‘qishga o‘rganayotganda bunga e’tibor berish lozim. 3 yoshdan boshlab bola mustaqil ovqatlana olishi va bunga gigiena ko‘nikmalari va odob qoidalariga rioya qilishga o‘rgatib turish kerak. Ovqatlanishdan oldin katta kishining nazorati ostida bolaning o‘zi qo‘lini sovunlab yuvish va sochiqqa artishi kerak, dasturxon tuzashga ko‘maklashmog‘i, dasturxon atrofiga to‘g‘ri o‘ttirishga, qoshiqni o‘ng qo‘li bilan o‘shlab, shoshmay, to‘kmay, sekin ovqat eyishga, begona kishilar bilan gaplashmaslikka , stulga aylanib o‘ttirmaslikka , ovqat eb bo‘lgach sochiq bilan og‘iz artishga, o‘rnidan turib stulni ichkariga so‘rib qo‘yishga, katta kishiga rahmat aytishga, idish-tovoqlarni yig‘ishtirishga yordam berishga o‘rganib borish kerak. 5 yashar va undan kattaroq bolalar dasturxon tuzatishga , ovqatlanib bo‘lgach, stoldagi narsalarni yig‘ishtirib olishga, stullarni joy-joyiga bir tekkis qilib qo‘yib chiqishga bemalol yordam berilishi mumkin.

Ota-onalar maktabgacha yoshdagi bolalarning kattalar gapini tinglash, ularga gapirishni, ular bilan muloqotda bo‘lishni ko‘pincha su’estemol qiladilar. Ishdan kelganch bolaga ko‘r narsalarni maroq bilan gapirib beradilar, bola bilan g‘ar turli shov-shuvlar chiqadigan o‘yinlar o‘yishtiradilar. Bo‘larning bari bolani qattiq hayajonga solib tolmqtirib qo‘yadi. U o‘jar bo‘lib qoladi, uzoq vaqtgacha uyqusi bo‘lmadi.




Yüklə 237,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin