21-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasining uslubiy tamoyillariga tavsif
Bolalar organizmi xar xil yoshdagi fiziologiyasi va bolalar psixologiyasi qonuniyatlarini o‘rganishga mukammal yondoshib olishga qodir va o‘z aro bir biriga bog‘liq bo‘lgan ilmiy fanlar maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasining tabiiy ilmiy va psixologik pedagogik negizini tashkil qiladi. SHunga ko‘ra bola organizmi faoliyati oliy asab faoliyati tamonidan boshqariladigan fiziologik, funksional va ruxiy jarayonlarni o‘z aro bir biri bilan bog‘lovchi yagona tizim deb etirof etiladi. Fiziologik va ruxiy jarayonlarni yig‘ib qaytaruvchi reflektor faoliyati bilan qios qilsa bo‘ladi, faqat shunisi borki, bu faoliyat turicha munosabatlarda ifodalanadi. SHuning uchun faoliyatni psixologik jixatdan tadqiq qilish fiziologik tadqiqotning tabiiy davomi xisoblanadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bola ruxiy faoliyatining neofiziologik mexanizmlari shartli refleks bilan ifodalanar va bu narsa butun bo‘lajak davrda tashqi muxit ta’sirida ya’ni tarbiya jarayonida shakillanar ekan.
Fanning bu soxada erishgan zamonaviy yutuqlari buyuk rus fiziologlari I.M. Sechenev, I.P.Pavlov, V.M. Bextaraevlarning oliy asab faoliyati xaqidagi talimotlariga suyanadi. Bu olimlarning shogirdlari va izdoshlari N.I. Krasnogorskiy. N. I. Kasatkin, A.N. Krastovnikov va boshqalar o‘z ustozlarining ta’limotlarining bolaning asab faoliyatiga muvofiq ravishda rivojlantirdilar.
L.S. Vigotiskiy, A.N. Liont’e, S.L. Rubinshteyn kabi psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, “Mantiqiy fikrlash, ijodiy tasavvur, ma’lum maqsadga qaratilgan ifoda quvvasi kabi odamzodga xos layoqatlardan birontasi xam bolaga tug‘ilgan chog‘idanoq tayyor xolda berilmaydi, balki u layoqatlar butun xayot davomida shakillanar ekan, ya’ni bolalar o‘z ajdadlari tamonidan asrlar moboynida g‘amlangan ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirgan chog‘idagina yuqorida zikr etilgan layoqatlarga sozovor bo‘lar ekan”.
2.1 Organizm bilan muxitning birligi xaqida.
Inson dunyo kelgan chog‘idan boshlab uning tashqi muxit bilan o‘z aro munosabati boshlanadi, unda mazkur muxitga moslashish, u bilan tenglashish layoqati vujudga keladi. I.P. Pavlov bu tenglashish layoqatini xayotning asosiy qonuni deb tabirlagan edi.
SHuni qayt qilish kerakki, tafakkuri, idroki, ongining rivojlanishi potensiol imkoniyatga ega bo‘lgan inson organizmining xayotga moslashishi, u dunyoga kelgan kundan boshlab, inson shaxsiyatini tadrijiy va muntazam ravishda shakillantira oluvchi kompleks tarbiya ta’sirini talab etadi, shunga ko‘ra bolani jismonan to‘g‘ri rivojlantirish va sog‘lom qilib o‘stirish xaqida g‘amxurlik qilish uni aqliy va ma’naviy jixatdan rivojlantirish bilan birgalikda olib borilish lozim.
YAkka tartibdagi moslashish juda ko‘p ko‘rinishlarga ega. Bular oddiy xayot sharoitida vujudga kelib, inson ularning maxsus tarzda, ataylab qo‘llashi mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonida inson organizmi funksional imkoniyatlarini oshirish yoki kengaytirish g‘oyat muxim axamiyatga ega.
Bola jismoniy tarbiyasi ilmiy jixatdan asoslangan muayyan tartibni, organizmni chiniqtirishni, xarakat malakalari shakillantirishni nazarda tutadi. Ertalabgi gigienik gimnastika davolash tadbirlari badanni xo‘l sochiqqa artish, boshdan suv quyish va xokozalar bilan birgalikda muntazam ravishda mashq qilish, badantarbiya mashg‘ulotlari, o‘yinlar, xavo, suv xarorati past bo‘lgan sharoitda sport bilan shug‘illanish bularning xammasi organizmning tashqi muxitda yuz beradigan ozgarishlarga chidamliligini oshiradi.
Bola organizmining normal xolda rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoit bu xarakat faolligi bo‘lib, uning ijobiy asab-ruxiy xolati, normal o‘sishi va rivojlanishi, funksional imkoniyatlari va ishlash layoqatining darajasi shu xarakat faoliyatiga bog‘liqdir. SHuni xam aytish kerakki, xarakat faoliyati nainki bolalarning shaxsiy xususiyatlariga, balki bolalar muassasalarida va uyda joriy qilingan xarakat rejimiga xam bog‘liqdir.
Xarakat rejimi uyushtirilgan mashg‘ulotlardan va bolalarning asosan, sayr chog‘ida amalga oshiriladigan erkin xarakat qilish faoliyatida tashkil topadi. Bolalarning xarakat rejimini meyyorga solish chog‘ida xarakat faolligining darajasi yoki talabi muxim o‘rin egallaydi.
Badanni chiniqtirish va jismoniy mashqlar bola organizmining funksional imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Bunday imkoniyatlar paytida vujudga kelgan chinikkanlik va badanning ma’lum darajada mashqlarga ko‘nikanligi xar bitta bolaning doim o‘zgarib turuvchi tashqi muxitga moslashuvini ifodalaydi. Inson miyasi va oliy asab faoliyatining rivojlanishida esa, jamiyat muxiti eng muxim axamiyatga ega.
Insonning ijtimoiy mexnat jarayoniga, bolaning esa oilaviy a ijtimoiy tarbiya jarayoniga yakka tartibda muvofiqlashuvi reflektorlari vaqtinchalik aloqa ikkinchi signal sistemasi orqali birinchi signal sistemasi bilan munosabat tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday xolda ikkinchi signal tasirlovchilari organizmdagi borcha to‘qimalar va ichki orginlarda yuz beruvchi fiziologik jarayonlarda xam, qolaversa, odamning butun axloqiga xam ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bolaning o‘z atrofidagi jamiyat muxitiga yakka tartibda muvofiqlashuviga turli xil odatiy malakalar qatiy tartibga solingan xayot rejimi va butun xulq-atvor soxasini kiritish mumkinki, bularning bari bolaning atrof xayot, talablariga ongli munosabatda bo‘lishiga asoslangandir.
Dostları ilə paylaş: |