22-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg'ulotlari va mustaqil faolyatida qo'llaniladigan uslublar
Ta’lim berish vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan jismoniy tarbiya mashqlarini olib borish jarayonida ta’lim berish vazifalarini bajarish muxim axamiyatga ega.Bu vazifalar: xarakat malakalari va layoqatlarini shakillantirish, jismoniy fazilatlar, chaqqonlik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanatni saqlash, ko‘z bilan masofani chamalash, kuchlilik, chidamlilikni rivojlantirish, gavdani to‘hri tutishni, gigienik malakalarni tarbiyalash, jismoniy tarbiya xaqidagi bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat. Asab tizimining qayshqoqligi tufayli, bolalarda xarakat malakalari kattalarga nisbatan osonroq shakillanadi. Bu malakalarning aksariyati, suzish, yurish, yugurish, velosedda uchish va xokozolardan bolalar kundalik xayotda xarakatlantiruvchi vositalar sifatida foydalanadilar. Xarakat malakalari bolaning atrof muxit bilan muloqat qilishini engillashtiradi va idrok qilishga ko‘maklashadi: go‘dak emaklashga tushgan xamoe o‘zini qiziqtirgan narsalarga surilib borib, ular bilan shaxsan tanishadi, chang‘ida yura oluvchi velosipedda ucholuvchi bolalar qorning, shamolning xususiyatlarini oson tushinib oladi, uvda suzgan bolalar esa suvning xususiyatlari bilan tanishadi.Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri ijro etish bola mushaklari, paylari, bo‘g‘imlari, suyak tizimlarining rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.Puxta shakillantirilgan xarakat malakalarini amalda qo‘llash bilan, mashg‘ulotlarni bajarish chog‘ida bola kuchini tejashga va uning e’tiborini o‘yin faoliyati chog‘ida tasodifan sodir bo‘luvchi turli tuman vazifalarni idrok qilishga imkon yaratadi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda shakillangan xarakat malakalari ularning maktabga borganlarida yanada barkamolroq bo‘lishi uchun mustaxkam poydevor vazifasini o‘taydi va ularning keyinchalik sport soxasida yuksak yutiqlarga erishilarida imkon yaratadi. Xarakat malakalari shakillanayotgan paytlarda bolalarda ancha murakkabroq xarakatlarni va tajribada bunday xarakatlar mavjud bo‘lgan turli xil faoliyatlarni osonlik bilan o‘zlashtirish qobilyati paydo bo‘ladi Xarakat malakalarining xajmi qaysi yoshda qanday bo‘lishi dasturda ko‘rsatilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda saf tortib yurish va umumiy ta’lim mashg‘ulotlarini asosiy xarakatlar va sport mashqlarni bajarish malakalarini shakillantirish zarurdir. Bulardan tashqari, bolalarga sport o‘yinlari, garatkiy, badminton, stol tennisini va basketbol, xokkey, futbol, voleybol kabi sport o‘yinlari elementlarini bajarish lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida sharoitlar yaxshi, bolalar mashqlarga jismonan tayyorlangan, tarbiyachilar o‘z kasbiga ixtisoslashgan, ota-onalar tamonidan yordam ko‘rsatilib turgan taqdirdagina xarkat malakalari ko‘lami ko‘zlangan darajada bo‘lishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda gavdani o‘tirgan , turgan va yurgan xolatda to‘g‘ri tuta bilish malakasini shakillantirish muxim axamiyatga ega. Bunday yoshda shaxsiy va ommoviy gigienaning dastlabki malakalarining qo‘l yuvish, ust-bosh poyabzalini avaylab kiyish, o‘yinchoqlar, badantarbiya anjomlari va xonalarni ozoda saqlash lozimligini bolalar ongiga singdirish muxim axamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga jismoniy tarbiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bilimlar mashqlarning foyda tamoni, jismoniy mashg‘ulotlarning axamiyati va texnikaviy ijrosi ularni bajarish usullari xarakatli o‘yinlarning qoidalari va boshqalar xaqida ma’lumot berish katta axamiyatga ega. Bolalar badantarbiya anjomlarining vazifalarini xam ularning avaylab asrash qoidalarini xam, kiyim, bosh va poyabzallarni qanday ozoda tutish yo‘llarini xam bilishlari kerak. Bolalar olgan bilim qancha chuqur bo‘lsa, ular jismoniy mashqlardan shuncha qilona foydalanishlari mashqlar bilan shuncha samarali shug‘illanishlari xamda bolalar bog‘chalari va oila muxitida jismoniy tarbiya qurollarini mustaqil ishlata bilishlari mumkin. Jismoniy mashqlar bilan shug‘illanish jarayonida tabiat xodisalari va ijtimoiy xayot xaqidagi, xayvonlar, parrandalar va qurt kumrsqalarning xislatlari to‘g‘risidagi bilimlarni albatta mustaxkamlash kerak bo‘ladi.
Tarbiya berish vazifalari. Jismoniy tarbiya bilan shug‘illanganda, bolalarda joriy qilingan tartibga rioya qilish odatini xamda jismoniy mashqlar bilan xar kuni muntazam ravishda shug‘illanish ishtiyoqini uyg‘otish ularda bog‘cha va uylarda shu mashqlar bilan mustaqil shug‘illana olish layoqatini rivojlantirish, ularni o‘z tengkurlari va o‘zlaridan kichik bo‘lgan bolalar jamoasida mashklarni tashkil qilish va ularni birgalikda bajarishga o‘rgatish lozim. Bolalarda sport mashg‘ulotlariga mexr bilan mashg‘ulot natijalariga qiziqish bilan va sportchilar erishadigan g‘alabalariga xavas bilan qarash tuyg‘usini tarbiyalash kerak jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy , aqliy , estetik va mexnat tarbiyalarini amalaga oshirish uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. Jismoniy mashqlarni bajarish chog‘ida bolalar xarakterida ijobiy xamjixatlik va batartiblik kamtarinlik, mexribonlik va ma’naviy fazilatlar xalollik, odillik o‘rtoqchilik tuyg‘usi xamkorlik jamoa bilan xamnafas bo‘lib ishlay olish qobilyati, badantarbiya anjomlarini avaylab asrash topshiriqlarni ma’suliyat bilan bajarishni tarbiyalash shuningdek irodaviy xususiyatlar jasorat, qa’tiylik, o‘z qudratiga ishonch, qiyinchiliklarni sobitlik bilan engish, chidamlilik va xokozolarni nomoyon qilish uchun eng yaxshi sharoit va imkoniyatlar vujudga keladi. To‘g‘ri tashkil qilingan jimoniy tarbiya bolalar aqlining rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratadi, zero bunday vaziyatda asab tizimining xam , boshqa barcha a’zolar va tizimlarning xam faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoit yaratiladi, qolaversa, bolalar yaxshi tarbiya ko‘radi va o‘rgangan narsalarni puxta eslab qoladilar. Bolalarda ruxiy jarayonlar, tarbiya, tafakkur, xotira, tasavvur va boshqalarning shuningdek, fikrlash faoliyatlari kuzatish, takrorlash, taxlili qilish, sintezlash, umumlash va xakozolarning barchasi rivojlana boshlaydi. Biz xarakat faoliyat paytida erishilgan ilm va malakalardan ijobiy foydalanish layoqatini bolalarda tarbiyalashimiz kerakki, bunday layoqatga bolalar o‘zlaridagi ishchanlik mustaqillik, ziyraklik, topqirlik, xozirjavoblik kabi ezgu fazilatlari tufayli erishadilar. Bolalarda ijobiy xissiyotlarni odamlar bilan samimiy va quvnoq munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash, shuningdek yuz bergan salbiy ruxiy xolatlarni tez bartaraf qilaolish layoqatini rivojlantirish nixoyatda muxim axamiyatga ega. Bu shuning uchun xam zarurki, ijobiy xissiyotlar organizmdagi barcha a’zolarga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Xarakat malakalarining jadal va mustaxkam shakillanishini taminlaydi. Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni idrok qilish va o‘ziga singdirishni, go‘zallik, nafosat, ma’nodorlik, qaddi- qomat, liboslar bejirimligi, badan tarbiya anjomlari va o‘z atrofidagi barcha jixozlarni tushinish va to‘g‘ri qadrlashni rivojlantirish, estetikaga va o‘z xulq-atvoriga gard yuqtirmaslikga bo‘lgan moillikni, qilayotgan ishi, aytayotgan gapi va xatti-xarakatida qo‘rslik, dag‘allikga aslo yo‘l qo‘ymaslikni rivojlantirish lozim bo‘ladi. Jismoniy tarbiya bilan shug‘illanish jarayonida mexnat tarbiyasi amalga oshiriladi. Bolalarning salomatligi yaxshilanadi, ularda xarakat malakalari shakillanadi, mexnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan jismoniy fazilatlar rivojlanadi bolalar sport binosi mashq maydonchalarini jixozlash qum to‘ldirilgan sakrash maydonchalarini, sirpanchiq uchish uchun qor buyumlarini xozirlash kanki so‘qmoqlarini suv sepib muzlatish, chang‘ida uchish uchun yo‘l ochish va xokozolar. Badan tarbiya anjomlarini tayyorlash va ularni tamirlash sport va kiyimlari va poyabzallarini tozalash va tejab saqlash, bino va maydonchalarni mashg‘ulot o‘tkazish uchun xozirlash. Maydonlarni qordan, xazonlardan tozalash, suv sepib ularni tekkislash va xokozo jismoniy mashq mashg‘ulotlarida kerak bo‘ladigan badan tarbiya anjomlari uskunalarini va o‘yinchoqlarni to‘plab joy-joyiga qo‘yish kabi malakalarni egallaydilar. Bulardan tashqari bolalar badantarbiya anjomlarini yaxshi saqlash bo‘yicha bir qator mexnat malakalarini o‘zlashtiradilar: gimnastika narvonlarining, o‘tirg‘ichlar, taxtalar, to‘plar, tayoqlar, gardish va sport asboblarining changini artadilar, chang‘ilarni qordan tozalab moylaydilar va joy-joyiga terib qo‘yadilar yoki ularni changlarini artadilar va xokozo. Bolalarda o‘z-o‘ziga xizmat qilish kiyim-bosh va poyabzalni o‘zi kiyib o‘zi echish shuningdek, murabbiy yoki murabbiyaga ko‘maklashish kabi malakalar shakillanadi. Mashg‘ulot paytlarida bolalarda o‘z tengqurlari va kattalarning mexnatini qadirlovchi tuyg‘uni tarbiyalash eng zaruriy ish xisoblanadi. Bolalarni mexnatga tayyorlashda jismoniy tarbiyaning tutgan o‘rnini ularga tushintirish va bu tushinchani ularning ongida shakillantirish g‘oyat muxim axamiyatga ega. Qisqasi maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi jarayonini shunday tashkil qilish kerakki sog‘lomlashtiruvchi va ta’lim beruvchi jarayonlarini kompleks mushtarak tarzda xal qilish mumkin bo‘lsin.
Dostları ilə paylaş: |