23-mavzu: Maktabgacha yoshdagilarning jismoniy tarbiya vositalari
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyalash masalalarini echish uchun ozodalik, tabiatning tabiy kuchlaridanjismoniy mashыlardan foydalanish. Bolalarning jismoniy chiniыishida turli xarakatlar ta’siri kattadir. Bu xarakatlar bolalarning xar xil faoliyatlaridan ыщl mexnati, musiыa asboblarida chalish, rasm solish, kiyinish, yuvinish va boshыalardan tashkil topadi. Xamma vositalarning birga ыщllanilishi bilan tщla ыiymatli jismoniy tarbiyaga erishiladi, unki xar bir vosita inson tanasiga turlicha ta’sir etadi.
Ozodalik omillari. Mash-ulot dam olish, ovqatlanish uyqu targ‘iboti, kiyimlar, poyabzallar ozodaligi, jismoniy tarbiyalash masalalarini echishda zaruriy sharoitni tashkil etadi. Ular shug‘illanuvchi organizmiga jismoniy mashqlar tasirining samaradorligini oshiradi. Masalan jismoniy mashqlar bilan shug‘illanish suyak va mushak sistemasining taraqqiy etishiga yahshi ta’sir ko‘rsatadi, to‘la sifatli va va o‘z vaqtida ovqatlanganda. Bino, sport asboblari, o‘yinchoqlar, kiyimlar va poyabzallarni toza bo‘lishi kasallikning oldini olish degan gapdir. Bolalar ozodaligini saqlash, ijobiy tuyg‘ular jismoniy mashqlarni o‘zlashtirish uchun eng yahshi sharoitlar hosil etadi.
Ozodalik omillarimustaqil ahamiyatlarga ham etadilar: ular barcha a’zo va tizimlarning normal ishlashiga ko‘mak beradilar. Masalan, doimo o‘z vaqtida va sifatli ovqatlanish oshqozon faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi va boshqa a’zolarga zaruriy ozuqiy moddalarni o‘z vaqtida etkazib beradi, bolaning normal o‘sishi va taraqqiy etishiga yordamlashadi. YAhshi uyqu, dam olish va asab tizimlari ish qobiliyatining ortishini ta’minlaydi. Xonalarni yorug‘lik bilan to‘g‘ri ta’minlash ko‘z kasalliklari yaqindan ko‘rish va boshqalardan saqlaydi, bolani muhitda to‘g‘ri mo‘ljal olishga sharoit yaratib beradi. Kunlik tartibotga qattiq rioya qilish, uyushqoqlik va intizomga o‘rgatadi.
Tabiatning tabiiy kuchlari quyosh, havo, suv tananing chiniqishini kuchaytiradi, haroratning tushib yoki ko‘tarilib turish qobiliyatini oshiradi, natijada kishi a’zosi obi-havo omilining turli o‘zgarishlariga o‘z vaqtida munosabatini bildiruvchi qobiliyatga molik bo‘ladi. Tabiatning tabiiy kuchlari bilan jismoniy mashqlarning uyg‘unlashuvi chiniqish natijasini yanada kuchaytiradi.
mumkin. Suv terini iflosliklardan tozalash uchun qo‘llaniladi, kishi badaniga mexanik ta’sir ko‘rsatadi. O‘rmon, bog‘, daraxtzorlar alohida moddaga fitonsidlarga ega bo‘lib, mikroblarni yakson qilishga ko‘maklashadi, inson a’zolariga yahshi ta’sir ko‘rsatadi. Quyosh nurlari teri ostida D vitamini yig‘ilishiga yordam beradi, har turli mikroblarni o‘ldiradi, kishini rahit va boshqa kasalliklardan saqlaydi. A’zolarga turlicha ta’sir ko‘rsatish uchun tabiatning barcha tabiiy kuchlaridan foydalangan maqul, eng maqsadga muvofiqi uyg‘unlashtirilgan holda qo‘llashdir.
Dostları ilə paylaş: |