Jizzax davlat pedagogika universiteti


Mustaqil ta’limni amalga oshirish bo



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə26/28
tarix28.03.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#124451
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
G..Eshbekova uslubiy ko\'rsatma

Mustaqil ta’limni amalga oshirish boyicha fan oqituvchisining
vazifalari

  • Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan reja asosida bajarilishi ustidan nazorat olib borish;

  • darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar bilan tanishib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berish;

  • asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha boshqa manbalarni tavsiya etish;

  • mustaqil ishiga o‘zi rahbarlik qilayotgan talabalar bilan jadval asosida
    maslahatlar o‘tkazish;

  • mustaqil ta’limning bajarilish jarayoni natijalari to‘g‘risida kafedra yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish;

Korgazmali vositalar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun
yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar,
maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, kichik badiiy asarlar va hokazo)
tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum
ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va
mazmuni talab tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha
bir necha talabaga topshirish mumkin.
Mavzu boyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil
bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish
topshiriladi.
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli
savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi,
topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Maslahat paytida
bajarilgan ishlarni talabga javob berish darajasi nazorat qilib boriladi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin