Ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash Talabaga biron mavzu bo‘yicha ilmiy (referativ) xarakterdagi maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy tadqiqot ishlari, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, tahlil qiladi va o‘z fikrlarini bayon qiladi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
Amaliyotdagi mavjud muammolar yechimini topish Talabaga bir mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha noan’anaviylikni tahlil qiladigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan, amaliyotdagi mavjud muammolar, ijodiy yondashish talab qiladigan ilmiy- ijodiy vazifalar topshiriladi. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal usulini izlashga va topishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bunda o‘qituvchi talaba bilan hamkorlikda ishlaydi.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:
talabalar mustaqil ishini tashkil qilishga tizimli yondashish;
talabalar mustaqil ishini barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va
uzviylashtirish;
talabalar mustaqil ishini bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish
mexanizmlarini takomillashtirib borish talab etiladi.
Talabalar mustaqil ishini muvaffaqiyatli yakunlashi uchun quyidagi talablarbajarilishi lozim:
maqsad bilimning (bilimni mustahkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va h.k.), aniq asoslanishi;
topshiriqlarni bajarish algoritmi va uslublaridan talabalarning yetarli darajada xabardor bo‘lishi, maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi;
hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish.
O‘quv fanlari bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil
ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etadi.
Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt budjetiga mos ravishda har bir
fan bo‘yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar
variantlari ishlab chiqiladi va fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bo‘yicha talabalarga zaruriy uslubiy
qo‘llanma, ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.