Topshiriq : Namunadan foydalanib mutaxassislik faningiz bo‘yicha javobi bilan topshiriq ishlab chiqing.
3. “Aqliyhujum” metodiniqo‘llash. Buninguchunbizmuammo, yechiminikutayotganmasalanidoskagayozamiz.
Agrar sektorning muammolarini qanday hal etish mumkin? Bu muammoli savolni muhokama qilish uchun avvalo talabalarning diqqatini agrar sektordagi uzoq va qisqa muddatli muammolarning farqini ajratishga qaratishimiz zarur. Ularni aniqlab
Qisqa muddatli muammolar: Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talabning noelastikligi.
Qishloq xo‘jaligida tabiiy va boshqa omillar ta‘sirida ishlab chiqarish hajmining o‘zgarib turishi.
Turli omillarning ta‘sirida talabning tebranishi tufayli kelib chiqadi. Natijada agrar sektorning asosiy muammosi tarmoqda baho va daromadlarning beqarorligini keltirib chiqaradi.
Agrar sektorning uzoq muddatli muammolari:
Fan-texnika taraqqiyoti bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga taklif ko‘payadi. Band bo‘lganlar soni qisqaradi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga talab nisbatan sekin o‘sadi.
Agrar sektorda band bo‘lganlar daromadi boshqa tarmoqlardagiga nisbatan kam.
Baho pariteti sanoat foydasiga o‘rnatiladi.
Bular agrar sektorni qisqaruvchi tarmoq sifatida namoyon bo‘lishiga olib keladi. Bu masala bo‘yicha juda ko‘p fikrlar, tavsiyalar, takliflar bildiriladi.
Barcha talabalar o‘z fikrlarini bildiradilar.
Ularni yo‘halishi, mazmuniga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
A) Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritish shakllarini takomillashtirish.
B) Agrar sektorda band bo‘lganlarni boshqa sektorlarga ko‘chirish.
C) Davlat tomonidan agrar sektorni qo‘llab-quvvatlash.
D) Texnikadan foydalanishni yaxshilash va hokazo
Qaror qabul qilishda ularning qaysi biri asosiy o‘ringa qo‘yish kerakligini aniqlaymiz. So‘ngra, har bir guruhdagi eng maqbulini ajratamiz. Muammoli savolni muhokamasida qatnashishlariga ko‘ra talabalar faoliyati baholanadi.
Berilgan javoblarni guruhlarga ajratish Bildirilgan fikr, g‘oyalarni:
1) yangi, realizatsiya qilsa bo‘ladigan;
2) ma‘lum;
3) kelgusida tahlil qilish zarur «g‘oyalar uyumi” yoki muhimligi nuqtai nazaridan yohdashgan holda guruhlarga ajratish mumkin.