11-mavzu. O‘QUY VA ILMIY ADABIYOTLAR USTIDA MUSTAQIL ISHLASH, TAQQOSLASH VA BAHOLASHNI O‘RGATUVCHI METODLAR Mavzuni o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar:
1. Quyida «Muallifdan so‘rang» metodini qo‘llash bo‘yicha namuna berilgan:
Topshiriq: Qo‘lingizda Kaykovusning “Qobusnoma” kitobi turibdi. Undan o‘zingizga yoqqan fikrni tanlang. Uni javob varaqasiga iqtibos qilib ko‘chiring va unda muallif nima demoqchi bolganini sharhlang.
Aytaylik, talaba quyidagi fikrni tanlagan va uni izohlagan bo‘lsin. U holda javob ouyidagicha bo‘ladi:
O‘quvchi-tаlаbаning jаvоb vаrаqаsi
Iqtibos (Qobusnoma kitobidan)
Sharh (izoh)
1.«Har kishiga gapirmoqchi bo‘lsang, qaragil-kim, u sening so‘zingning xaridorimi yo yo‘qmi? Agar tinglovchi sening so‘zingga xaridor bo‘lsa, so‘zingni sotgil (agar shu so‘zingni xaridor xohlamasa), u so‘zni qo‘yib, eshituvchiga yoqadigan so‘zni gapir, toki sening so‘zingga xaridor bo‘lsin»
Qobusnoma.T.: O‘qituvchi, 1973, 41-bet.
Sharqda yaratilgan durdonalardan biri bo‘lgan Kaykovusning «Qobusnoma» asaridan keltirilgan parchada uqtirilayaptiki, seni tinglashsa gapirgin, agar seni eshitishni xohlashmasa, seni tinglamoqchi bo‘lgan-larga ma‘qul fikrlarni aytginki, natijada ular senga diqqatlarini qaratib, so‘zlaringni jon qulog‘i bilan eshitishsin. Bozordan xaridor o‘ziga kerakli narsani sotib oladi. Unga keraksiz narsani sotish juda qiyin.
Bu parcha, ayniqsa, o‘qituvchilarning doimo yodida bo‘lishi, o‘quvchi-talabalar uchun zarur, ularning e’tiborini tortadigan tarzda dars o‘tish lozim.
O‘quvchi-talabalar o‘z fikrlarini bildirgach, ularni solishtirib, o‘qituvchi o‘zi yakun yasaydi.
Topshiriq: Namuna asosida javobi bilan topshiriq tayyorlang.
2. Talabalarni o‘qiyotgan o‘quv materiallarini qay darajada tushunganliklarini aniqlashga qaratilgan interaktiv metodlardan biri insertdir. «Insert» – insert -qo‘ymoq, suqmoq, joylashtirmoq ma‘nosini bildiradi. Insert metodi esa - (Interaktiye Nothing Sistem for Effektive Reading and Thinking) so‘zlarini bosh harfidan olingan bo‘lib, samarali o‘qish va o‘qiganlarini tahlil qilishga, fikr yuritishga qaratilgan metod ma‘nosini beradi.
Insert metodi – o‘quvchi-talabalarni o‘qiyotgan kitoblari, maqola va turli axborotlarni tushunib yetishlari uchun o‘qish jarayonida materialning (darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiy maqola, jadval, sxema kabilar ) har bir satr boshi (yoki qismi)ning mazmunini baholash orqali, chiqargan xulosasiga muvofiq ravishda varaqning chetki tomoniga (hoshiyasiga) qalam bilan belgi qo‘yib borish orqali o‘z munosabatini bildirishga o‘rgatuvchi metod.