6. Esse yozish – bu
muallifning individal pozitsiyasini ajratib ko‘rsatuvchi nazorat ishi;
muallifning individal pozitsiyasini ajratib ko‘rsatuvchi, ko‘pincha paradoksal bayon qilishga yo‘naltirilgan yozma ish (adabiyot);
paradoksal bayon qilishga yo‘naltirilgan yozma ish;
muammoli savollarga mustaqil javob berish.
7. Mashq qilish deganda nima tushuniladi?
guruhlarga bo‘linib takrorlash;
boshqalarni o‘rgatish uchun takrorlash;
o‘zi o‘rganish, malaka hosil qilish uchun qilinadigan ish, tayyorgarlik mashg‘ulotni takror va takror bajarishi;
jamoa bo‘lib ishlash, mashg‘ulotni takror bajarish tushuniladi.
8. Quyidagilardan qaysi biri masalaning mazmunini ifodalamaydi?
a. muammoli vaziyat yaratish;
b. hal etilishi lozim bo‘lgan narsa, ish, muammo;
c. bahs, muhokama, munozara mavzusi;
d. ma‘lum sonlar va tegish-li amallar asosida noma‘-lum sonlarni toppish haqidagi matematik vazifa.
9. Masala yechish metodi – bu
a. berilgan raqamlar, dalillar, hujjatlar asosida hisob-kitob qilish orqali noma‘lum natijani topish, uni tahlil qilish va xulosa chiqarishni o‘rgatadigan metod;
b. berilgan raqamlar, hujjatlar asosida hisob-kitob qilishni o‘rgatadigan metod;
c. noma‘lum natijani topish, uni tahlil qilishni o‘rgatishga qaratilgan metod;
d. hujjatlar asosida hisob-kitob qilish orqali noma‘lum natijani topish yo‘llarini o‘rgatuvchi metod.
10. Ushbu chuqur ma‘noga ega fikrni kim bildirgan?“Aytsang unutaman, ko‘rsam eslab qolaman, o‘zim bajarib, anglab yetaman”.
a.Konfutsiy; b. Suqrot; c. Platon; d. Aristotel.
11. Quyidagalardan qaysi biri muammoni aniqlash va yechishga kirmaydi?
muammo bilan tanishish;
zarur axborot yig‘ish va ular asosida mavjud vaziyat, holatni aniqlash;
muammoni yechishda o‘qituvchining rolini aniqlash;
olingan natijalarni o‘rganish, tahlil qilish asosida qaror qabul qilish.
Dostları ilə paylaş: |