Jizzax politexnika instituti


-mavzu. MANTIQIY FIKRLASH, AXBOROTNI YIG‘ISH VA YOYISH ASOSIDA MAVZUNI O‘RGANISHGA QARATILGAN METODLAR



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə200/245
tarix20.09.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#117879
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   245
Jizzax politexnika instituti

12-mavzu. MANTIQIY FIKRLASH, AXBOROTNI YIG‘ISH VA YOYISH ASOSIDA MAVZUNI O‘RGANISHGA QARATILGAN METODLAR


Mavzuni o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar:
1. FSMU metodi asosida topshiriqni bajarish



O’quvchi-talabaga berilgan topshiriq varag’i
O’rganilatotgan mavzu, qo’yilgan zavol bo’yicha:
(F) – Fikringizni bayon eting;
(S) – Sabab ko‘rsating(bayon qilgan fikringizga sabab ko‘rsatishingiz kerak);
(M) – Misol keltiring(ko‘rsatgan sababni isbotlovchi misol keltirish kerak);
(U) – Umumlashtiring (bildirgan fikringizni umumlashtirishingiz kerak).




Ish haqi to‘g‘risidagi savolni muhokama qilganda, bu metoddan foydalanishni ko‘rib chiqaylik.
Topshiriq varaqda javob quyidagicha bo‘lsin:
F –Fikringizni bayon eting. Men ish haqim oshsa xursand bo‘laman.
S – Fikringiz bayoniga biron sabab ko‘rsating. Chunki, ish haqi oshgach, meni ehtiyojimni qondiradigan xilma-xil tovar va xizmatlardan foydalanish imkoni ortadi. Anchadan beri orzu qilib yurganim chet elga sayohat qilish imkoni vujudga keladi.
M - Ko‘rsatilgan sababni isbotlovchi misol keltiring. Men hisoblab chiqdim: avval olgan ish haqim faqat oziq-ovqat va kiyim-kechak, kommunal to‘lovlarga yetar edi. Endi oyiga 100 ming so‘mdan jamg‘arish imkoniga ega bo‘ldim.
U – fikringizni umumlashtiring. Bulardan shunday xulosa chiqarishim mumkinki, ish haqi oshgach, boshqalarda ham shunday imkoniyat vujudga keladi.
Topshiriq: Misolni o‘rganib uni asosida FSMU metodini qo‘llash uchun topshiriq tayyorlang. O‘z javob variantingizni ham bering.

2.«Buxgalteriya hisobi» fanidan buxgalteriya hisob-varaqlari o‘rganilganda, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy xo‘jalik faoliyatining hisob-varaqlari rejasining «Uzoq muddatli aktivlar» qismini «Men – buxgalter» blits-o‘yini yordamida ko‘rib chiqish mumkin. Bunda biz hisob varaqlarining raqamlari bo‘yicha ketma-ketlikda joylashtirishni topshiriq qilib beramiz. Vazifani bajarish uchun 5 daqiqa vaqt belgilaymiz. Blits-o‘yinni o‘tkazishni yuqorida ko‘rsatganimizdek amalga oshiramiz. Bu nisbatan oddiy topshiriq, lekin keyingi darslarda bu fandan ancha murakkab topshiriqlar tayyorlashga imkoniyat bor.





Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   245




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin