1.Quyidagi matnni diqqat bilan o‘qing. Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga quyidagi omillar ta‘sir etadi:
∙ mulkchilik shakli va tashkiliy-xuquqiy shakil;
∙ faoliyat turi yoki tarmoq bo‘ysinuvi;
∙ ishlab chiqarish ko‘lami xamda ishlovchi xodimlarning soni;
∙ soliq solish tizimi bilan munosabat (imtiyoz va sh.k.);
∙ bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi;
∙ moliya–xo‘jalik faoliyatining rivojlanish strategiyasi;
∙ boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi;
∙ korxonani ma‘lumotlar bilan ta‘minlashning samarali tizimining mavjudligi;
∙ buxgalteriya xodimlarining malaka darajasi, korxona raxbarlarining tashabbuskorligi.
∙ moddiy manfaatdorlik va majburiyatlar bo‘yicha moddiy javobgarlik tizimi.
Hisob siyosatini shakllantirishda buxgalteriya hisobini yuritish uchun tanlangan usullar ma`muriy hujjat e`lon qilingan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab qo`llaniladi. Hisobot yili davomida yangi tuzilgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar bundan mustasno. Yangi tuzilgan xo`jalik yurituvchi sub`ekt birinchi hisobotini e`lon qilgunga qadar, o`zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Kalendar yili davomida hisob yuritish siyosati o`zgartirilmaydi.
Xo`jalik yurituvchi sub`ektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMA ning 16-50 bandlarida va “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslari”da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi kerak.
Topsiriq:Uni qanday ko‘rgazmali, tarqatma materialda ifodalash mumkin? Buni bajaring. Nima o‘zgardi? Izohlang.
2. Quyidagi jadvalda statistik ma‘lumotlar keltirilgan. Ularni diagrammada ifodalang. Uni qanday tipdagi diagrammada tasvirlagan ma‘qul? Fikringizni asoslang.