3. Topshiriq: Mutaxassislik faningizdan ikki yoki uchta o‘quv adabiyotini oling. Undan fanni o‘rganishda eng kop qo‘llaniladigan tushuncha, kategoriyaning tarifini iqtibos qilib keltiring.
Ularni tahlil qilb, taqqoslang va o‘z fikringizni bildiring, javob varaqasida aks ettiring.
O‘quvchi-tаlаbаning jаvоb vаrаqаsi
Birinchi muallif fikri
|
Ikkinchi muallif fikri
|
Uchinchi, talaba nuqtai nazari, izohi
|
O‘rganlayotgan masala, mavzu bo‘yicha birinchi muallif g‘oyasi, fikri ifodalangan iqtibos
|
O‘rganlayotgan masala, mavzu bo‘yicha ikkinchi muallif g‘oyasi, fikri ifodalangan iqtibos
|
O‘quvchi talaba sharxi, nuqtai nazari
|
4. T-sxema uncha katta bo‘lmagan maydonda katta manoga ega bo‘lgan materialni ifodalash imkonini beradi. U, ayniqsa, modul yoki ma‘lum bir qarashlar mazmunini umumlashtirishda foydalanishga juda qulay. T-sxemani mustaqil tizimi bo‘yicha berilgan topshiriqlar talabalarni iqtisodiy fikrlashini rivojlantirishga juda katta ta‘sir ko‘rsatadi.
U tanqidiy mushohada qilish, taqqoslash, xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Uni individual, juftlikda qo‘llash, so‘ngra ular asosida butun guruh bo‘yicha yagona T jadval tuzishi mumkin. Adabiyotlarda berilgan “Yelpig‘ich” texnologiyasi ham shunga o‘xshash.
T sxema (jadval)
Afzallik, ha, tarafdor, yuqori, minimal va hokazo shunga o‘zshashlar
|
Kamchilik, yo‘q, qarshi, past, maksi-mal va hokazo shunga o‘zshashlar
|
|
|
Buni biz yuqorida birinchi va ikkichi mavzularni o‘rganishda qo‘llaganmiz. Ularga ham ko‘z tashlab, mutaxassislik faningiz bo‘yicha bu metoddan foydalanish uchun javobi bilan topshiriq ishlab chiqing.
5. Quyida “Kоnsеptuаl ( mоhiyati, аsоsini ifоdаlоvchi) jаdvаl, хаritа mеtоdini qo‘llash bo‘yicha namuna berilgan.
U lоtinchа (cоnceptio – tushunish, tizim) so‘zidаn оlingаn bo‘lib, tushun-tirishning mа’lum bir usuli, birоn-bir hоdisа, vоqеаni tаlqin qilish, shаrhlаsh, tushuntirib bеrishlаgi nuqtаi nаzаr, uni yoritishdаgi bоsh g‘оya, еtаkchi fikr, turli fаоliyatning kоnstruktiv prinsiplаri, tаmоyillаri tushunilаdi.
Dostları ilə paylaş: |