4. Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda tadqiqot metodi va uning boshqa uslublardan farqi
Iqtisodiyotni o‘rganishda tadqiqot metodini qo‘llash talabalarning puxta bilim olishlariga katta yordam beradi. Sababi, iqtisodiyot doimo kishilarni oldiga tanlov muammosini qo‘yadi, chunki resurslar cheklangan, ularni bir maqsad-dagina ishlatish mumkin, uni ikkinchi maqsadda ishlatib bo‘lmaydi.
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan metodlar tizimida tadqiqot metodi o‘ziga xos muhim o‘rin tutadi.Tadqiqot nafaqat ilmiy bilishning balki bilim olishning ham alohida ahamiyatga ega metodidir. Masalan, yerga uy quril-sa, endi u yerga ekin ekib yoki yo‘l qurib bo‘lmaydi. Dеmаk аynаn mаnа shu уеr uchаstkаsigа ekin ekishmi, uy qurishmi yoki yo‘л qurish mаqsаdgа muвоfiq? Resurslarning cheklanganligi tanlov bilan bog‘liq holda ulardan samarali foyda-lanish yo‘llarini qidirishga majbur qiladi. Buni biz tadqiqot orqali amalga oshi-ramiz. Tadqiqot nafaqat ilmiy bilishning balki bilim olishning ham alohida ahamiyatga ega metodidir.
Tadqiqot metodi asosida dars o‘tish induktiv va deduktiv mantiqqa tayanishi mumkin.
Tadqiqotning deduktiv metodga asoslanishi iqtisodiyotda qator tayyor qoida, qonunlar mavjudligi, ulardan qo‘yilgan muammolarni yechishda foydalansa bo‘lishiga tayanadi. Bu qonun, qoidalar talabalarga zarur axborotni keraksiz ma‘lumotlardan ajratishga yordam beradi. Tadqiqot jarayonida izlanishni to‘g‘ri yo‘ldan borishiga ko‘maklashadi.
Induktiv metodni qo‘llash yordamida talabalar ma‘lumot, axborotga asoslanib, iqtisodiy hodisa va jarayonlar haqida yangi ilmiy taxmin (gipoteza)larni ilgari surishi yoki ilgari bildirilganlarini tekshirib ko‘rishi mumkin. Bunda, bir muqobil qiymat ikkinchisi bilan solishtiriladi. Shuning uchun kishilarning xatti-harakati qanday bo‘lishini va ma‘lumotlarni sinchkovlik bilan o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Bunga tadqiqot uslubi orqali erishish mumkin.
Bu uslubning boshqa metodlardan farqi, u talabalarni fikr yuritishi yuqori darajada bo‘lishi, bor intellektual qobiliyatlarini ishga solishni talab qiladi. Taniqli amerikalik mutaxassis BenjaminBlum12 tavsiya qilgan bilishning olti bosqichining eng yuqori bosqichiga to‘g‘ri keladi. U baholash bo‘lib, baholashni uddasidan chiqish uchun olgan bilimini yodga tushirish, qo‘yilgan masalani tushuna bilish, qo‘llay olish, tahlil qilish, sintez qilishni bilishi, turli variantlarni taqqoslashi, oxir-oqibat xulosa chiqara oladigan darajada bilimga egabo‘lishi kerak. Shuning uchun ham bu uslubni talabalarning tayyorgarligi, faolligini ta‘minlash, bilim darajasini oshirish asosida barcha guruhlarda qo‘llash mumkin bo‘ladi. Buning uchun talabalarni axborot to‘plash, mustaqil raviщda adabiyotlarni o‘qib, jadval va grafiklardan foydalanishni o‘rganishlarini kuzatish, aniqlash va bu ko‘nikmalarni hosil qilishlari uchun yordam berish kerak.
Metodni qo‘llash uchun o‘qituvchi puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim:
1. Darsda talabalarni qiziqtiradigan savol yoki masala qo‘yiladi.
2. O‘qituvchi talabalarga biron-bir gipoteza taklif qilishi yoki talabalarning o‘zlari muhokama qilayotgan masalaning yechimini mumkin bo‘lgan variantlarini taklif qilishlari, tushuntirishlari mumkin.
3. Talabalar ma‘lumotlar, axborotlar to‘plashadi. Mustaqil ravishda adabiyotlar o‘qib, jadval, grafik, videofilm va boshqalarni o‘rganib, shaxsan tadqiqot o‘tkazadi yoki darsda tadqiqot o‘tkazishda qatnashadi.
4. Olingan ma‘lumotlar asosida qo‘yilgan masala bo‘yicha xulosa chiqariladi.
5. Aytilgan gipoteza to‘g‘rimi yoki yo‘qligi, aniqlanadi. Noto‘g‘ri bo‘lsa chiqarilgan xulosa bo‘yicha yangi ta‘rif beriladi.
Iqtisodiy masalalar, muammolarni tadqiq qiliщda deduktiv taxminlar keng qo‘llaniladi. Ular masalani, muammoni yechishda odamlarning sa‘y-harakati qanday bo‘lishi mumkin, ular nimani tanlashlari mumkin, buning sababi nimada ekanligini tushunishga yordam beradi. Bu taxminlar odamlarning iqtisodiy fikrlash tarzini qanday kechishi mumkinligi, u nimalarga bog‘liqligini anglay bilishimizga bog‘liq. Tadqiqot o‘tkazishda ana shu taxminlardan foydalanamiz. Ular asosida xulosa chiqaramiz.
Dostları ilə paylaş: |