Karbonot angidirid va kislorodning o'simliklar hayotida ahamiyati Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Karbonot angidirid V o'simliklar hayotida ahamiyati


Kislorodning miqdori o’simliklar nafas olishning ichki va tashqi sharoit omillariga bog‘liqligi



Yüklə 54,33 Kb.
səhifə8/11
tarix13.12.2023
ölçüsü54,33 Kb.
#140311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Karbonot angidirid va kislorodning o\'simliklar hayotida ahamiyati

2.2 Kislorodning miqdori o’simliklar nafas olishning ichki va tashqi sharoit omillariga bog‘liqligi
Nafas olish tezligi о‘simliklarning turi, yoshi va yashash sharoitidagi omillar ta’siriga bogliq. Hatto bu tezlik bir о‘simlikning har xil qismlarida turlicha sodir bо‘ladi. О‘simlik qancha yosh va modda almashinuv jarayoni qancha faol bо‘lsa, nafas olish ham shuncha kuchli bо‘ladi. О‘simlikning qarish jarayonida nafas olish tezligi ham pasaya boradi. Pishib yetilgan, quruq urug‘larda nafas olish tezligi juda past, unayotgan urug‘larda esa juda faol bо‘ladi. Masalan, tarkibida 10-12 foiz suvi bо‘lgan bir kilogramm arpa urug‘i bir kecha-kunduzda 0,3-0,4 mg SO2 ajratadi, Tо‘la bо‘rtgan va unayotgan urug‘larda esa nafas olish tezligi 10 ming martadan yuqori bо‘ladi.
Umuman, о‘simliklarning nafas olish tezligi ichki va tashqi omillar ta’siriga bog‘liq.
KISLORODNING MIQDORI. Nafas olish jarayoni uchun kislorodning miqdori eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Havo tarkibidaki kislorod (21 foiz)о‘simliklarning erkin nafas olishiga tо‘la yetarli bо‘lib, xatto uning miqdori 9 foizgacha kamaysa xam о‘simliklarga zararli ta’sir qilmaydi. Fakat atmosferada kislorod miqdori 5 foizga tushgandan sо‘nggina uning yetishmasligi sezila boshlaydi. О‘simlik tо‘qimalaridagi kislorod miqdori atmosfera tarkibidagi kisloroddan kamroq bо‘lib, о‘zgarib turadi. Masalan, kand lavlagining barg tо‘qimalarida bu kо‘rsatkich miqdori bir kecha-kunduz davomida 7,1 foizdan 17,4 foizgacha о‘zgaradi. Demak, atmosferadagi kislorod о‘simliklar uchun tо‘la yetadi.
Ammo ildiz tizimi joylashgan tuproqda tez-tez kislorod yetishmaslik hollari sodir bо‘lishi mumkin. Ayniqsa, tuzilmasi buzilgan, chirindi (gumus) moddalari kam, suv bosib, uzoq muddatga saqlanib qolgan katqaloq hosil bо‘lgan yerlarda kislorodning tuproq zarrachalari orasiga kirib turish jarayoni buziladi va ildizlar uchun anaerob sharoit yuzaga keladi. Ildiz tizimi joylashgan tuproq muhitida kislorodning yetishmasligi aerob nafas olish о‘rniga bijg‘ish jarayonini faollashtiradi va natijada zaxira organik moddalar kо‘proq sarflanadi. Oraliq moddalar sifatida spirtlar ajralib tо‘planib, о‘simlik il-dizlari chiriy boshlaydi. Bu uzoroq davom etsa, о‘simliklarning о‘sish va rivojlanishi, hosildorligi keskin kamayadi va hatto о‘simlik о‘lishi ham mumkin. Shuning uchun bunday yerlarga qо‘shimcha ishlov berish, ya’ni tuproqni yumshatish, qatqaloqqa yо‘l qо‘ymaslik, о‘g‘itlash (organik va mineral) zarur.

Yüklə 54,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin