Mavzuning dolzarbligi. Ta’limni isloh qilish, yangi mazmundagi va zamon talabiga javob beradigan oʻquv adabiyotlar, qoʻllanmalarni yaratish va ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etadi. Ehtimollar nazariya fanidan elementar hodisalari cheklita bo’lgan ehtimollar fazosi mavzusini o’rganishda misol va masalardan foydalanib qiziqarli va oson yetkazib tushintirib berish va uni mukammal o’rganishdan iborat.
Kurs ishining ahamiyati.Mavzuni yoritishda Ehtimollar nazariya fanidan elementar hodisalari cheklita bo’lgan ehtimollar fazosi mavzusini o`rgatishda misol va masalalardan keltirib yoritib muammolarini bartaraf berishdan iborat.
Kurs ishining maqsadi. Ehtimollar nazariya elementar hodisalari cheklita bo’lgan ehtimollar fazosi mavzusini eng oson yoritib tushuntirib berish va ularga doir misol va masalalarini yechishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Ehtimollar nazariya fanidan tasodifiy hodisa ustida amallarni o`rganish;
Ehtimollar nazariya fanidan algebra tushinchasini o`rganib chiqish;
Ehtimollar nazariya fanida elementar hodisalar ehtimolligini o`rganish;
Ehtimollar nazariya fanidan tasodifiy hodisa ehtimolligi, xossalarini o`rganish;
Kurs ishining tuzilishi. Kursishi kirish, 3 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati hamda ilovadan iborat.
Asosiy qism 1-§. Tasodifiy hodisa ustida amallar Ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri tasodifiy hodisadir. Bu tushuncha tajriba bilan chambarchas bog'liqdir. Tajriba sun'iy ravishda yaratiluvchi yoki uni o'tkazuvchi shaxsning ixtiyoriga bog'liq bo "lmagan holda vujudga keluvchi ma'lum shartlar kompleksi bajarilganida, o tkaziladigan sinovdan iborat. Tajribalarni ikki sinfga (turga) bo 'lish mumkin. Ularning birida tajriba natijalari tabiat qonunlariga tayangan holda oldindan aytib berilishi mumkin. Bunday tajribalar deterministik (aniqlangan) degan nom bilan yuritiladi. Tajribalarning ikkinchi sinfida esa bir xil shart-sharoit bajarilganda harn sinov natijasida bir-birini rad etuvchi xilma-xil hodisalar ro berishi mumkin. Bunday xilma-xillik masalan, elektr lampochkalarining ishdan chiqish hodisasini kuzatganda, elementar zarrachalar bir-birlari bilan to 'qnashganda, individumlarning biror tibbiy preparatga ta'sirchanligi kuzatilganda va hokazolarda uchraydi. Bunday tajribalarni o'rganish ehtimollar nazariyasining predmetini tashkil etadi. Ular tasodifiy (stoxastik) yoki ehtimollik tajribalari deb ataladi. Biz bunday tajribalarni istalgancha qaytarish mumkin, deb faraz qilamiz.
lasodifiy tajribaning bar qanoay natijasi elementar hodisa deyiladi. Tajriba natijasida ro'y berishi mumkin bo "Igan barcha elementar hodisalardan tashkil topgan to "plamni biz elementar hodisalar fazosi yoki tanlanma fazo deb ataymiz va orqali belgilaymiz, har bir elementar hodisani esa orqali belgilaymiz.
Elementar hodisalar fazosining tuzilmasini izohlash uchun quyida misollar keltiramiz.