Kirish Reja: 1: Majburiy to’lovlarning mohiyati va ularning tasniflanishi 2: Majburiy to’lovlar auditini tashkil qilishning ahamyati 3: Majburiy to’lovlar auditini rejalashtirishir va tashkil etish 4


Majburiy to‘lovlar auditini takomillashtirish



Yüklə 100,36 Kb.
səhifə10/12
tarix24.11.2022
ölçüsü100,36 Kb.
#119834
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi 4 audit KK

4. Majburiy to‘lovlar auditini takomillashtirish
Majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi auditorlik xizmatlari bozorida yangi bir xizmat turi sifatida qaralmoqda. Deyarli majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazish bo‘yicha metodologik yondashuvlar mavjud emas. Faqatgina «Mahsus savolni tekshirish natijalari bo‘yicha auditor hisoboti” auditorlik faoliyati milliy standartini (AFMS 80-son) va «Soliq maslahati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.09.2006 yildagi 55-son Qonunini keltirishimiz mumkin.
O‘zbekiston auditorlik xizmatlari bozorida majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazishning metodologik asosini deyarli yo‘q deyishimiz mumkin. Shu kabi muammoni yechish maqsadida majburiy to‘lovlar auditini tashkil etish va o‘tkazish metodologiyalarini tadqiq etgan holda, majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazishning metodologiyasini mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yaratishga xarakat qildik. Bizning fikrimizcha majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazishda har bir mijozning faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda majburiy to‘lovlar auditini maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subʼektlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar shartnoma asosida amalga oshiriladi. Xususan, majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazishga rasmiy hujjat hisoblanib va umumiy jihatlari bilan tadbirkorlik faoliyatida qo‘llaniladigan oddiy shartnomalardan farq qilmaydi. Bu hujjat, boshqa shartnomalar kabi, tomonlarning, yaʼni shartnoma ishtirokchilarining, bu yerda buyurtmachi-mijoz va ijrochi-auditor, o‘zaro kelishilgan manfaatlarini huquqiy tomondan tartibga soladi.
Hozirgi kunda auditorlik tashkilotlari shartnoma tuzishning andozaviy shakllaridan foydalanadilar, lekin, shunga qaramasdan, shartnomada aniq bir korxonaning majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazish xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir, zero mijozlar, ko‘p hollarda, uning maʼnosi va mohiyatini yetarli darajada tushunmasliklari mumkin.
Shartnomaga qo‘shimcha tarzda majburiy to‘lovlar auditining yanada samarali va har ikki tomon o‘z huquq va majburiyatlarini to‘liq anglashlarida mijoz va auditor o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvini belgilovchi qo‘shimcha hujjat kelishuv-xatini tuzish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblaymiz.
Xalqaro auditorlik tajribasidan maʼlumki, majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazuvchi auditor va mijoz korxona o‘rtasidagi bir marotaba bo‘ladigan kelushuvlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi rozilik xati tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma o‘rnini bosishi mumkin. Majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazishni tashkil etishga mijozga yo‘llangan auditor (auditorlik tashkillot)ning kelishuv-xati audit o‘tkazishga roziligini yoki ayrim korxonalar va tashkilotlar (banklar, jamg‘armalar, sug‘urta kompaniyalari, ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlar va boshqalar) uchun qonunchilikda ko‘zda tutilgan rasmiy auditorlarni taklif etilishini tan olganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi. Bizning nazarimizda majburiy to‘lovlar auditini boshlanishidan oldin mijozga xat yo‘llanishi mijozni ham auditorni ham manfaatlariga mos keladi, chunki bu auditorlik tekshiruvi yakunlangandan keyin ikki tarafning majburiyatlariga oid ko‘plab anglashilmovchiliklarni oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Kelishuv - xatning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir:
1. Majburiy to‘lovlar auditi obʼektlarini yoritish (buxgalteriya hisobi va soliq hisobotlari) va uning miqʼyoslarini aniqlash (tekshiruv mazmuni va muddatlari);
2. Amaldagi qonunchilik bo‘yicha meʼyoriy hujjatlar, qonunchilik yoki malakali auditorlik birlashmalar tavsiyalari, auditor rioya qiladigan qoidalar doirasida soliqlar auditi chegaralarini belgilash;
3. Taqdim etilgan maʼlumotlar uchun mijozning masʼulligini belgilash;
4. Majburiy to‘lovlar auditining faoliyat natijalari bo‘yicha jamlovchi hisobot yoki boqsha turlarini aniqlash;
5. Ichki nazorat tizimi nomukammalligi sababli majburiy to‘lovlar bo‘yicha muhim aniqsizliklar yoki xatolar aniqlanmay qolinishi
tavakkalchiligini belgilash;
6. Majburiy to‘lovlar auditi paytida o‘rganiladigan barcha muntazam va tahliliy hisob, hujjatlar va boshqa turdagi kerakli maʼlumotlardan bemalol foydalanish imkonini yaratish;
7. Tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lgan sirni saqlash to‘g‘risida
auditorning majburiyati.
Majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida rozilik berilgan xatda auditor va mijoz javobgarligi belgilanadi. Majburiy to‘lovlar auditini o‘tkazuvchi auditor javobgarligi deb amaldagi qonunchikka va tomonlar kelishuviga muvofiq auditorning maʼnaviy va moddiy javobgarligi tushuniladi.

Yüklə 100,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin