Kirish Reja: 1: Majburiy to’lovlarning mohiyati va ularning tasniflanishi 2: Majburiy to’lovlar auditini tashkil qilishning ahamyati 3: Majburiy to’lovlar auditini rejalashtirishir va tashkil etish 4



Yüklə 100,36 Kb.
səhifə11/12
tarix24.11.2022
ölçüsü100,36 Kb.
#119834
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi 4 audit KK

Mijoz javobgarligi deb auditorlik tekshiruvi uchun moliyaviy hisobni tashkil etuvchi, amaldagi qonunchilikka va meʼyoriy hujjatlarga muvofiq mavjud bo‘lgan maʼlumotni to‘liq taqdim etishi va auditorlik xulosasidan maqsadga muvofiq foydalanishi tushuniladi. Majburiy to‘lovlar auditi juda murakkab va ko‘p vaqt talab qiluvchi auditorlik tekshiruvi jarayoni hisoblanadi. Majburiy to‘lovlar auditini amalga oshiruvchi auditorlar xarakat boricha majburiy to‘lovlar auditining tekshiruv sifatini yo‘qotmagan va saqlagan holda auditorlik tekshiruvi vaqtini qisqartirishga xarakat qilishadi.


Xulosa
Xo‘jalik yurituvchi subʼektlarning majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitobni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda quyidagi vazifalarni belgilab olishi auditor uchun tekshiruvni to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilishi uchun muhim omil hisoblanadi:
• Majburiy to‘lovni to‘lovchi, yaʼni tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subʼektning faoliyat turi va qonunchilikda unga belgilangan majburiy to‘lov turlaridan to‘g‘ri foydalanayotganligini aniqlash,
• To‘lanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlarning aniq hisoblanganligini hamda to‘g‘riligini aniqlash,
• Moliyaviy xo‘jalik operatsiyalarining amaldagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash,
• Imtiyozlardan foydalanishning to‘g‘riligini tekshirish,
• Budjet va nobyudjet fondlarga majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lab borilishining tahlilini o‘tkazish,
• Majburiy to‘lovlar hisob-kitoblari uchun masʼul bo‘lgan xodimlarning qonunchilikdagi joriy o‘zgarishlar bilan doimiy xabardorligi hamda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qay darajada tushunishini aniqlash.
Yuqorida aytib o‘tilganidek mamlakatimizda audit o‘tkazishning meʼyoriy – huquqiy asoslari va uslubiyoti keng yaratilgan. Shunga qaramay, biz izlanish olib borayotgan mavzu yuzasidan ham nazariy, ham amaliy muammolar mavjud.
Xususan:
• Amalda auditor va auditorlik tashkilotlari tomonidan auditni rejalashtirish ishlari audit ishchi hujjatlarida aks ettirilmayotganligi;
• Har bir majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar uchun auditning namunaviy ishchi hujjatlar tayyorlanmasligi;
• Korxonalarning budjet bilan muomalalarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda turli xil faoliyat bilan shug‘ullanayotgan korxonalarda faoliyat turlari bo‘yicha olinayotgan daromadlarni alohida hisobga olib borilmasligi;
• Korxona tomonidan majburiy to‘lovlarning hisoblanib topshirilgan va topshirilmagan qismlarini hisob-kitob hujjatlarida aniq ajratib ko‘rsatilmaganligi;
• Agar tekshirilayotgan korxonada majburiy to‘lovlar hisob-kitobi bo‘yicha xato va kamchiliklar aniqlanmasa, auditor o‘zining auditorlik hisobotida faqat majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblangan deb, summaning o‘zinigina aks ettirib qo‘yadilar. Bu esa keyinchalik majburiy to‘lovlar summalarini to‘g‘ri ekanligini qayta isbotlash zaruriyati tug‘ilganda yana qaytadan hisob-kitob qilishga to‘g‘ri keladi.
Yuqoridagi muammolarning hal qilish, kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida korxonalarning majburiy to‘lovlar auditini quyidagi yo‘llarda takomillashtirish zarur deb hisoblaymiz:
• Odatda soliqlar xo‘jalik yurituvchi subʼektlar tomonidan dastlabki hisobga olinadi. Soliq inspeksiyasida ham soliq hisob-kitobi kompyuterlashtirilgan tizim asosida amalga oshiriladi.
Amalda ko‘pincha majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha hisob-kitob natijalari yuzasidan xo‘jalik yurituvchi subʼektlar buxgalteriyasi va soliq inspeksiyasi maʼlumotlarida tafovutlar uchrab turadi. Buning sababi buxgalterning hisob siyosatiga, soliq inspektorining esa, soliq qonunchiligiga amal qilganligidadir.
• Soliq organlari bilan xo‘jalik yurituvchi subʼekt o‘rtasida yuzaga kelayotgan muammolar, ayniqsa qonunchilikdagi o‘zgarishlar va tizimning murakabligi korxonalarning buxgalteriya maʼlumotlari ichidan majburiy to‘lovlarga oid maʼlumotlarni ajratib ko‘rsatishni taqozo qilmoqda. Buning uchun majburiy to‘lovlar hisobini tashkil etish va yuritish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Majburiy to‘lovlar hisobini yuritish uchun, eng avvalo, barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalangan holda maʼlumotlar bazasiga kiritiladi. Bu maʼlumotlarda ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi, majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar, xarajatlar, meʼyorlashtirilgan xarajatlar bo‘yicha meʼyordagi va meʼyordan ortiqcha qilingan xarajatlar kabi ko‘rsatkichlar aks etishi lozim. Ushbu maʼlumotlar asosida hisob yuritish siyosati va soliq qonunchiligi bo‘yicha hisoblangan majburiy to‘lovlar o‘rtasidagi farqlar aniqlanadi.
• Buxgalteriya hisobini kompyuter dasturlari yordamida yuritayotgan korxonalarning majburiy to‘lovlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazayotganda auditor uchun maʼlumotlarni qayta ishlashda bir oz muammo tug‘iladi. Ayniqsa, hozirgi kunda juda ko‘plab auditorlarimiz kompyuter dasturlarida ishlashni mukammal bilmaydilar. Bu esa, tayyor maʼlumotlarni qo‘shimcha xarajatlar evaziga varaqqa chiqarib, qayta ishlashiga to‘g‘ri keladi.


Yüklə 100,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin