Urug’li mevalar tuzilishi bo’yicha po’stdan, meva etidan va et ichida besh uyali urug kamerasidan tashkil topgandir. Olma. Olma eng ko’p tarqalgan mevali daraxt hisoblanadi. Respublikamizning iqlim sharoiti olma yetishtirish uchun eng qulay hisoblanadi. Olma asosan ho’l meva holida iste’mol qilinadi. Shuningdek, undan murabbo, shinni, qiyom, kompot kabi mahsulotlar olinadi. Olmani quritib olma soki ham qilish mumkin. Olma tarkibida ularning o’sish joylari, sharoitlari va pomologik navlariga qarab moddalar miqdori quyidagicha bo’ladi (%): qand — 8-15, organik kislotalar — 0,2-1,7, pektin moddalari — 0,5-1,2, mineral moddalar — 0,3-0,6, oqsillar — 0,2-0,4. Ular tarkibida C vitaminining miqdori 10—40 mg% ni tashkil etadi. Bundan tashqari olmalar tarkibida B1, B2, PP vitaminlari va karotinlar uchraydi. Olmalarning ozuqaviy qiymati va shifobaxshlik xususiyatlari ular tarkibida aynan shu moddalar borligi bilan tushuntiriladi. Yozgi navlari uzilgandan keyin uzoq, saqlanmaydi, olis joylarga yuborish uchun unchalik yaramaydi. O’zbekiston Respublikasida rayonlashtirilgan yozgi olma navlariga Rozmarin erta pishar, Samarkand erta pishar, Hosildor, Oknaliv, Dastarxoni, Pskent, Saratoni, Yulduz kabi navlarini kiritish mumkin.
Кuzgi navlari sentabr oylarida pishib yetiladi, uzoq, joylarga jo’natishga yaroqli, sovuqxonalarda uch oy muddatgacha saqlash mumkin. Кuzgi olma navlariga Qandil sinap, Oltin Graymo, Qizil olma, Oq rozmarin, Starkoimson, Farxod kabi navlarni kiritish mumkin
Urug’li mevalar tuzilishi bo’yicha po’stdan, meva etidan va et ichida besh uyali urug kamerasidan tashkil topgandir. Olma. Olma eng ko’p tarqalgan mevali daraxt hisoblanadi. Respublikamizning iqlim sharoiti olma yetishtirish uchun eng qulay hisoblanadi. Olma asosan ho’l meva holida iste’mol qilinadi. Shuningdek, undan murabbo, shinni, qiyom, kompot kabi mahsulotlar olinadi. Olmani quritib olma soki ham qilish mumkin. Olma tarkibida ularning o’sish joylari, sharoitlari va pomologik navlariga qarab moddalar miqdori quyidagicha bo’ladi (%): qand — 8-15, organik kislotalar — 0,2-1,7, pektin moddalari — 0,5-1,2, mineral moddalar — 0,3-0,6, oqsillar — 0,2-0,4. Ular tarkibida C vitaminining miqdori 10—40 mg% ni tashkil etadi. Bundan tashqari olmalar tarkibida B1, B2, PP vitaminlari va karotinlar uchraydi. Olmalarning ozuqaviy qiymati va shifobaxshlik xususiyatlari ular tarkibida aynan shu moddalar borligi bilan tushuntiriladi.
Dostları ilə paylaş: |