Olxo’ri. Olxo’rilarning bog’da o’sadigan (xonaki) olxo’ri, tog’olcha, tikan olxo’rilar kabi turlari mavjuddir. Olxo’ri asosan Respublikamizda Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Farg’ona viloyatlari-ning tog’oldi tumanlarida ko’plab yetishtiriladi.

Xonaki olxo’rining bir necha turi o’stiriladi. Bularga vengerkalar, reklod va tuxumsimon olxo’ri turlari kiradi. Respublikamizda asosan vengerkalar ko’p tarqalgan turlardan hisoblanadi.
Vengerkalarning mevasi o’rtacha kattalikda, tuxumsifat cho’zinchoq, tuxumi ko’k bo’ladi. Eti zich, sersuv, danagidan yaxshi ajraladi. Vengerkalar ho’l holda iste’mol qilinadi va ulardan murabbo, sharbat, kompotlar, quritilgan mahsulotlar ham olish mumkin.
Vengerkalarning ko’p tarqalgan navlariga Binafsha Vengerka, Italiya vengerkasi, Ispolinskaya vengerkasi, Xonaki Vengerka kabi navlarni kiritish mumkin.
Olcha. Olcha mevasi ho’l tarzda iste’mol qilinadi va undan xilma-xil konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek, olchani quritib ham yaxshi mahsulotlar olish mumkin.
Olcha. Olcha mevasi ho’l tarzda iste’mol qilinadi va undan xilma-xil konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarish mumkin. Shuningdek, olchani quritib ham yaxshi mahsulotlar olish mumkin.
O’zbekistonda yetishtiriladigan olchalar tarkibida qand miqdori 8—17, kislotalar 0,9—2,8, oshlovchi moddalar 0,16—0,36 foizni tashkil etishi aniqlangan.
Olchaning Respublikamizda eng ko’p tarqalgan navlariga Angliya erta pishar, Lotovaya, Mayskaya, Samarkand, Podbelskaya, Qora shpanka kabi navlarini kiritish mumkin.
Olchalar GOST 21921—76 talabi buyicha 1- va 2-tovar navlariga bulinadi. Ularning sifatini baholashda shakli, rangi, pishib yetilganlik darajasi, eng katta ko’ndalang kesimining diametri kabi ko’rsatkichlari muhim hisoblanadi.