Portlanuvchanlik
Solishtirma kesishga qarshiligi
Qiyin burg‘ilanish koyeffitsiyenti
q,qe KF Pb Pe
Tog‘ jinsidagi fizik jarayonlar
Birinchi rejada ta’kidlaganimizdek, tog‘jinsining fizik-texnik xossalari, mineral tarkibi va tuzilishi tashqi muhit ta’sirida aniqlanadi ya’ni tog‘ jinsi tashqi maydonga joylashtiriladi.
Har qaysi maydon kuchlanganlik, jadallik va boshqa bir qator miqdorlar bilan baholanadi, jumladan.
Mexanik maydon tog‘ jinslarida vujudga keladigan kuchlanish va yuklama miqdori, uning ta’sir davomiyligi, yuklamaning yoʻnalishi (chо‘zilish, siqilish va surilish), kuchlanishning tog‘ jinsida tarqalishi (markazlashgan, chiziqli, tekislik bо‘ylab, hajmiy) bilan baholanadi.
Issiqlik maydon harorat, haroratgradiyenti, issiqlik oqimi, issiqlik oqimining yoʻnalishi, ta’sirlashish va о‘zgarishi, tog‘ jinsi hajmida harorat va issiqlik oqimining tarqalishi bilan baholanadi.
Elektr va magnit maydon kuchlanish va kuchlanganlik bо‘yicha, elektr va magnit induksiyasi miqdori hamda uning oqim zichligi bо‘yicha baholanadi.
Elektromagnit maydon tog‘ jinsida elektromagnit tо‘lqinning tarqalish parametrlari bilan harakterlanadi elektr va magnit maydonidan farqli ravishda bu maydonda tebranish chastotasi kabi parametrlar mavjud.
Radiaktiv maydon jadallik, kichik zarralar turi, ayrim holatda tebranish chastatasi (tо‘lqin tabiatidagi maydonlarda),energiya kvantlari bilan baholanadi.
Moddiy maydon – asosan suv va tabiiy gaz hisobiga yuzaga keladi hamda bosim, bosim gradiyenti, kimyoviy tarkibi, yopishqoqlik kо‘rsatkichlari bо‘yicha baholanadi.
Massivda fizik maydon tabiiy yoki suniy bо‘lishi mumkun.
Tabiiy maydon - konbosimi, issiqlikmaydoni, suvga tо‘yingan maydon, radiaktiv maydonlar hisoblanadi.
Suniy maydon – tashqi maydon yoki kon ishlariga kirishilganda yuzaga keladigan maydonlar (masalan, daydi elektrtoki, burg‘ilash ishlarini olib borishda kovjoydagi massivda harorat oshishi, portlashda massivga yaqin joylarda dinmik yuklama va boshqalar natijasida) hisoblanadi. Bundan tashqari tog‘ jinsining xususiyati va holatga ta’sir etish maqsadida ataylab hosil qilingan maydonlar misol bo`lishi mumkin.
Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari. Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari yerning gravitatsion maydoni ta’siri natijasida yuzaga keladi. O‘z navbatida ular quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: gravitatsion va strukturaviy.Tog‘ jinslarining gravitatsion xossalariga solishtirma va hajmiy og‘irlik, strukturaviy xossalarga esa ularning solishtirma massasi, zichlik, umumiy g‘ovaklikva ochiq g‘ovaklik, hamda g‘ovaklik koeffitsientikiradi. Solishtirma og‘irlik–deb qattiq fazadagi tog‘ jinsi og‘irligining o‘z hajmiga nisbatiga aytiladi:
bu erda: GT va VT–qattiq fazadagi tog‘ jinsi namunasining og‘irligi va hajmi.
Tog‘ jinslari solishtirma og‘irligining ko‘rsatkichi jins hosil qiluvchi minerallarning solishtirma og‘irligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 2,5÷5,0 g/sm3oraliqda o‘zgaradi.