2. O’zbekistonda ipoteka bozori rivojlanishi va hozirgi kunda tutga o’rni.
Аholining uy-joyga boʼlgan talabi oshib borishi hamda ularni uy-joy
bilan taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ipoteka
kreditlar hajmining oshishiga sabab boʼldi.
2022 yil 1 yanvar holatiga ipoteka kreditlari qoldigʼi 35,8 trln. soʼmni
tashkil etib, 2021 yilning mos davriga nisbatan 26,8 foizga (7,5 trln. soʼmga)
oʼsgan boʼlsa, mazkur davrda ajratilgan ipoteka kreditlari esa oʼtgan yilning
mos davriga nisbatan 7,4 foizga yoki 671,8 mlrd. soʼmga oshib, 9,8 trln. soʼmni
tashkil etdi.
2021 yilda “Qishloq qurilish invest” IK hamda “Oʼzshahar qurilish
invest” IK tomonidan qurilgan uylarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka
kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 21,7 foizni
(2 124,0 mlrd. soʼm) tashkil etib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan
40,9 foizga (3 148,7 mlrd. soʼmga) kamaygan boʼlsa, mazkur davrda aholini uy-joy bilan taʼminlashning bozor tamoyillariga asoslangan “yangi tartibi”
(keyingi oʼrinlarda “yangi tartib” deb yuritiladi) doirasida ajratilgan
ipoteka kreditlarining ulushi 19,1 foizdan (1 744,6 mlrd. soʼmdan) 49,5 foizga
(4 846,2 mlrd. soʼmga) oshdi. “Oʼzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” АJ mablagʼlari hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 20 foizga (1 956,8 mlrd. soʼmga) yetdi. Shuningdek, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 25 foizgacha (2 442,6 mlrd. soʼmga) oʼsdi. (1-jadval).
Taʼkidlab oʼtish lozimki, 2021 yilda ajratilgan ipoteka kreditlari tarkibiy oʼzgarishlar natijasida oʼsishi bilan bir qatorda, ipoteka kreditlariga boʼlgan talab yuqoriligicha qolmoqda hamda mazkur talablar, eng avvalo:
;iqtisodiy koʼrsatkichlarning jadal oʼsishi (oʼtgan yilning mos davriga nisbatan yalpi ichki mahsulot 7,4 foizga, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 5,3 foizga hamda asosiy kapitalga boʼlgan investitsiyalar 5,2 foizga oʼsishi);
;aholi sonining doimiy oʼsib borishi (2022 yil 1 yanvarь holatiga aholi soni 35,2 mln. kishini tashkil etib, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 102,1 foizni tashkil etishi);
; respublikada investitsion faollikning oshishi natijasida qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlarining iqtisodiy tarmoqlardagi ulushi oshishi;
; yangi tartib joriy etilishi natijasida tijorat banklari ipoteka kreditlari ajratish uchun barqaror resurs manbai bilan taʼminlanayotganligi;
; ikkilamchi ipoteka bozoridan uy-joy sotib olish, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun va ulushdor jismoniy shaxslarga ajratiladigan ipoteka kreditlarining soddalashtirilganligi bilan izohlanadi.
Yuqorida qayd etilgan va boshqa bir qator omillar natijasida 2018 – 2021 yillar davomida ipoteka kreditlari qoldigʼi 2,6 barobarga (22,0 trln. soʼmga), ipoteka shartnomalari soni esa qariyb 1,8 barobarga (121,0 ming donaga) oshgan. (1-rasm). 2022 yil 1 yanvar holatiga ipoteka kreditlari qoldig'ining jami kredit qoldig'iga nisbatan ulushi 11,0 foizni (35,8 trln. so'm) tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 26,8 foizga (7,5 trln. so'mga) oshgan.(2-rasm)
Ushbu o’zgarishlarda biz ipoteka kreditlari ulushi yildan yilga oshayotganini quyidagi grafiklar yordamida ko’rishimiz mumkin;
Hududlar kesimida, Toshkent shahrida ipoteka kreditlari qoldig'I 8,3 trln. so'mni (hududning jami kredit qoldig'idagi ulushi 5 foiz), Samarqandda 3,2 trln. so'm (20 foiz), Toshkent viloyatida 2,7 trln. so'm (14 foiz), Farg'onada 2,6 trln. so'm (19 foiz), Qashqadaryoda 2,5 trln. so'mni (20 foiz) tashkil etdi. (3-4-rasmlar).
Ajratilgan ipoteka kreditlari qoldig'ining 30,6 foizi (10,9 trln. so'm) Ipoteka bank, 23,6 foizi (8,4 trln. so'm) Qishloqqurilishbank, 12,7 foizi (4,5 trln so'm) Milliybank, 9,1 foizi (3,2 trln. so'm) Asakabank, 9,1 foizi (3,2 trln. so'm) O'zsanoatqurilishbank, 4,6 foizi (1,6 trln. so'm) Xalq banki hamda 10,4 foizi (3,7trln. so'm) boshqa tijorat banklari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ipoteka kreditlari qoldig'ining 199,0 mlrd. so'mi (jami ipoteka krediti qoldig'ining 0,6 foizi) 7 yil, 2 037,7 mlrd. so'mi (5,7 foizi) 10 yil, 9 136,8 mlrd. so'mi (25,5 foizi) 15 yil, 24 452,1 mlrd. so'mi (68,3 foizi) 20 yilgacha ajratilgan ipoteka kreditlari hissasiga to'g'ri kelgan. (8-rasm)
2021 yilda ajratilgan ipoteka kreditlari.
Hududlar kesimi bo'yicha tahlil qilinganda, 2022 yil 1 yanvar` holatiga ajratilgan ipoteka kreditlarining 60,2 foizi 5 ta hududlar hissasiga to'g'ri kelib, bunda 27,2 foizi (2 666,3 mlrd. so'm) Toshkent shahri, 9,4 foizi (917,2 mlrd. so'm) Farg'ona viloyati, 9,0 foizi (883,5 mlrd. so'm) Samarqand viloyati, 7,5 foizi (730,1 mlrd. so'm) Surxondaryo viloyati hamda 7,2 foizi (700,8 mlrd. so'm) Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarga ajratilgan. (9-rasm).
Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, hududlar kesimida ajratilgan ipoteka kreditlari soni hamda mazkur hududda 1 km.kv.ga to'g'ri keladigan aholi soni o'rtasida bog'liqlik elastiklik yuqori shakllangan bo'lib, ular sonining oshishi ipoteka kreditiga bo'lgan talabni oshishini ko'rsatmoqda. Xususan, 2021 yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining yuqori soni Toshkent shahrida 10,7 mingta (1 kv. km.ga to'g'ri keladigan aholi soni 8035 nafar), Farg'onada 6,3 mingta (576 nafar) Samarqandda 4,9 mingtani (240 nafar) tashkil etmoqda. 2021 yilda tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlarining 5 foizi (kredit shartnoma soni 3 318 ta) 100 mln.so'mgacha, 49 foizi (28 959 ta) 101-200 mln.so'mgacha, 34 foizi (20 014 ta) 201-300 mln.so'mgacha, 10 foizi (6 254 ta) 301-400 mln.so'mgacha, 2 foizi (1 025 ta) 401 mln.so'mdan yuqori miqdorni tashkil etgan.
Dostları ilə paylaş: |