Kurs ishi tdtu 108-19 (KB) guruh talabasi



Yüklə 324,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix24.03.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#124297
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4-reja

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


30 
Xulosa
 
Sotsializmdan bozor iqtisodiyotiga o’tishda turli mulk shakllari paydo 
bo’lgan bo’lsa, bozor iqtisodiyotidan ko’p ukladli iqtisodiyotga o’tish jarayonida 
xilma-xil mulkchilikka asoslangan turli xildagi ukladlar hosil bo’ldi. Hozirgi 
aralash iqtisodiyot davrida mamlakatimizda 4 turdagi ya’ni davlat, jamoa, xususiy 
va aralash ukladlar mavjud.
Bularning barchasiga birdaniga emas, boshqichma-bosqich amalga 
oshirilishi iqtisodiy siklik jarayonlardan sezdirmasdan o’tish hamda ehtiyotkor 
bo’lishni talab etadi. Ko’p ukladlilik sharoitiga erishish uchun mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish yoki xususiy sektorni erkinlashtirish bilan erishilmaydi. 
Buning uchun iqtisodiyotni liberallashtirish ham kerak.
Davlatimiz rahbari 2017-yilda “Yangi O’zbekiston” qurish masalasida 
iqtisodiyotni erkinlashtirish hamda xususiy sektorning rolini kengaytirish taklifini 
ham bildirib o’tgan. Shu yo’nalishda yurtimizda mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiy mulk egalarini davlat tomonidan huquq va himoyasi turli 
qonunlar asosida ta’minlab qo’yildi.
O’zbekistonda xususiy sektorni rivojlantirish orqali xalq orasida bir necha 
muammolar bartaraf etildi. Masalan, aholi o’z uyiga, yeriga ega bo’ldi, ishsiz 
yurganlar ish bilan ta’minlandi. Shundan so’ng davlat o’z oldiga undan ham katta 
maqsad qo’ydi ya’ni xususiylashtirilgan ammo ishlamayotgan yoki past likvidli 
korxonalarni davlat aktivlarini sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga qo’llab-
quvvatlash, ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashni amalga oshirib 
kelishmoqda. Davlatning bu strategiyasi, xususiy sektorda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlorni jahon brendiga olib chiqish hamda raqobatlasha olish shart-
sharoitlari bilan ta’minlashga qaratilgan.
Xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar 
qatlamini shakllantirish, ko’p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda 
xususiy mulkning yetakchi o’rinni egallashini ta’minlash, xususiylashtirishni 
amalga oshirish bosqichlarida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, 
mulkni tejab-tergab foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste’mol 
bozorini to’ldira oladigan mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga 
molik ekanligi ushbu mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega 
ekanligidan dalolat beradi.
Kurs ishining yozilishidagi taklif va tavsiyalar quyidagilardan iborat: 
• Xususiy va nodavlat sektor tushunchalarini bir-biridan farqlash; 
• Tadbirkorlikni rivojlantirayotgan sub’yektlarni ortiqcha byurokratik 
muammolardan chetlatish; 
• Xususiy sektorni kengaytirishda davlat o’z ulushuni qisman saqlab 
qolishi; 
• Tadbirkorlarni muammolarini davlat organlari tomonidan to’liq 
o’rganib chiqib, ularni hal etishda ko’maklashish; 


31 
• Tadbirkorlikni amalga oshirayotgan sub’yekt korxonasidagi turli 
kommunikatsiya, suv, gaz, elektr-energiya bilan ta’minlanish 
muammolariga chetdan qaramasdan, shu yo’nalishlarda ham qo’llab-
quvvatlash. 
Kus ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija, shu kungacha sanoat, yer-
uchastkalari hamda bank sohasida o’zgarishlar qilinyotgan bo’lsa, endilikda ular 
bilan birgalikda ta’lim- tarbiya va sog’liqni saqlash tashkilotlarida ham islohotlar 
o’tkazish chora tadbirlarini ishlab chiqish kerak. 
Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali davlat oldida turgan bir necha 
muammolarni hal qiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda 
xususiy mulk huquqi va mulk subye’ktlari davlat himoyasida ekanligi to’g’risidagi 
qonunlar oldin faqat nazariy edi. yurtboshimiz tashabbuslari bilan so’ngi yilarda 
ularni amaliyotda tatbiq etib, barchaning ongiga uni singdirishga harakat 
qilmoqdalar. Chunki oldingi yillarda tadbirkorlar va kichik biznes sub’yektlari 
mansabdor shaxslarning noqonuniy tazyiq o’tkazishlari va korrupsiyaning avj 
olishidan aziyat chekishardi. Hozirgi kunda esa hamma o’z haq-huquqlari biladi va 
bunday noqoqnuniy harakatlarga cheklovlar qo’yilgan. 
Shulardan unumli foydalangan holda prezidentimiz tomonidan “ Har bir oila 
tadbirkor” loyihasi asosida ko’plab aholi ish bilan ta’minlanib, yana yangi ish 
o’rinlari yaratildi. Qolaversa, endi oddiy aholi qatlami ham xususiy mulkidan 
kelgan mablag’lar natijasida shaxsiy mulkini ko’paytirish imkoniga ham ega 
bo’lmoqda.
Bu qilinayotgan barcha ishlar aholini yaxshi yashashi, ijtimoiy yordamga 
muhtoj qatlamning kamayishi hamda iqtisodiyyotimiz rivojida har bir shaxsning 
o’rin egallashi uchun cheksiz imkoniyatlar yaratilmoqda desak mubolag’a 
bo’lmaydi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning uzoqni ko’zlab olib boriyotgan 
strategiyasi, siyosati xalqimiz farovonligi uchun o’zining salmoqli hissasini 
yetakchi o’rinlarda qo’shib kelmoqda.


32 

Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin