Kurs ishi tdtu 108-19 (KB) guruh talabasi



Yüklə 324,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix24.03.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#124297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4-reja

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


17 
2.2.Mulkchilik shaklini o’zgartirish- ko’p ukladli tizimni yaratishning asosi. 
 
Bir necha yillardan beri mulkchilik tizimidagi islohotlar va iqtisodiyotni 
erkinlashtirish borasida ko’p ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, 1-Prezidentimiz 
Karimov I. A. “… biz o’z oldimizga qo’ygan maqsadni – xususiy mulkchilik 
yetakchi o’rinda turadigan ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish maqsadini amalga 
oshirishimz kerak.”
11
deb bejiz ta’kidlamagan edilar.
Ko’p ukladli iqtisodiyot bir-birini taqozo etuvchi va oqibat natijada 
yaxlitlikni shakllantiruvchi turli unsurlar-ukladlar birlashuvini bildiradi. Har bir 
ukladning o’z homili, sub’yekti bor, unda turli ijtimoiy maqomdagi kishilarni 
birlashtiradi, bularning o’z manfaatlari bor, manfaatlar ea goh alohidalashib, goh 
muvofiqlashib turadi va bu hol bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy hisoblanadi. 
Tamomila yangi hodisa – o’z kelib chiqishiga ko’ra, turli-tuman bo’lgan 
ukladlarning birgalikdagi tizimli, yonma-yon mavjud bo’lishi yuzaga keldi. 
Ukladlar shunday mavjudlik hosilasi bo’lgan ichki unsurlarga aylanishi bilan 
poliforizm(xilma-xillik) tavsiflari, qiyofasi shakllana boshladi. Tabiiyki, bu 
poliforizmning rivojlanganlik va barkamolllik darajasi turli mamlakatlarda 
turlicha, chunki ular turli ukladlarning imkoni bo’lgan birgalikda mavjudligining 
o’ziga xos parametrlari bilan belgilanadi. Shu sabbabli masalan, ijtimoiy- 
demokratikijtimoiy taraqqiyot dasturlari amalga oshirilgan mamlakatlarda davlat 
va kooperativ xo’jaliklarning muayyan maqsadli shakllanishi yuz berdi. 
Shunday qilib, milliy iqtisodiyotda ko’p ukladlilikning shakllanishi va qaror 
topishidagi barcha masalalar xususiylashtirish jarayonida , shaxsiy yordamchi 
xo’jaliklarni rivojlantirish ehtiyojlari, hufiya tuzilmalarning bir qismini 
oshkoralashtirish imkoniyatlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan hola hal qilinishi lozim. 
Bu o’rinda monopoliyadan chiqarish muammolari yana bir muhim qo’shimcha 
funksiyaga rga bo’ladi. Ilmiy adabiyotlarda bu masalaga alohida e’tibor berilgan.
12
Samarali monopoliyadan chiqarish xususiylashtirish bilan birgalik teng olib 
borilishi kerak. Chunki bu jarayaon nafaqat sog’lom raqobatning sharti balki, 
iqtisodiy xilma-xilliikning qaror topishiga aylanadi.
Xo’jalik shakllarini rivojlantirish jarayoni klassik xususiy mulk shakllarini 
aksiyadorlik tashkilotlariga aylantirishdek tabiiy transformatsiya yo’li bilan borgan 
joylarda o’z-o’zini tartiblaydigan nodavlat xo’jalik tuzilmalari unsuri ustunlik 
qiladi.
Davlat va nodavlat, davlat va xususiy sektorlarning bo’lishi ya’ni ko’p 
sektorli iqtisodiyot rivojining davomi poiforizm bo’ladi deb aytishga asoslar bor. 
Lekin bu ko’p sektorlik endilikda teng huquqli xo’jalik sektorlari va shakllarining 
o’zaro zaruriy hamkorligini ham anglatadi. Bunday o’zaro hamkorlik davlat yo’li 
bilan va bozorda tartiblash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Shu sabbali milliy 
polifarizm modellari, bir tomondan davlat va xusussiy sektorlarning o’zaro 
nisbatlari va o’zaro tuzilmasi bilan ikkinchi tomondan, ijtimoiy va xususiy 
11
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent: “O’zbekiston” ., 1999. - b. 32. 
12
Слей Б. Приватизация и демонополизатция. “ Вопросы экономики”, 1992. №3. - с. 58-68. 


18 
manfaatlarning u yoki bu darajadi muvofiqligini ta’minlashga qordir bo’lgan 
mexanizmlarning kombinatsiyalari bilan farq qiladi. 
Shuningdek, rivojlanayotgan mamlakatlar tajribalarini hisobga olgan holda 
institutsional investitsiyalar mexanizmidan foydalanishga o’tdilar, aksiyalashtirish 
orqali “ yumshoq” xususiylashtirishga kirishildi. 
Birinchidan, davlat kompaniyalarining asosiy paychilaridan biri bo’ladi, bu 
esa bankrotlik chog’ida aksiyadorlarning vositalari qaytarilishini kafolatlaydi. 
Ikkinchidan, aholining shaxsiy jamg’arma (omonat)lari institutlari orqali 
jamg’arma fondlariga aylantiriladi. 
Uchinchidan, investitsiyalar rekonstruksiyaga emas, balki eng istiqbolli 
tarmoqlarda yangi korxonalar qurilishiga yo’naltirildi. 
To’rtinchidan, ish haqini aksiyalarga bog’lab qo’yish orqali iste’mol 
bozoriga pul bosimi pasaytiriladi.
Tub o’zgarishlardan ko’zlangan asosiy maqsad ko’p ukladli iqtisodiyotni 
barpo etish bo’lib, hozirgi davrda baralla pirovard natijaga erishdik deya olamiz. 
2017-2021-yillardagi O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
Harakatlar strategiyasi ning 3-yo’nalishi iqtisodiyotni barqarorlashtirishga 
bag’ishlangan. Unga ko’ra: 
 Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya
qilish va unining ustivor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik rivojini rag’batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy 
islohotlarni davom ettirish; 
 Xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishinchli himoya qilishni ta’minlash,
xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha to’siq va cheklovlarni 
bartaraf etish; 
 Investitsiya muhitini takomillashtirish, mamalakat iqtisodiyoti tarmoqlari va
hududlariga xorijiy, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish; 
 Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda
davlat ishtirokni kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan 
chiqarish va demokratlashtirish,davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, 
nodavlat,jamoa tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarini rolini 
oshirish kabilardan iborat ekanligi reja qilib olingan.
13
Endi hozrgi davrdagi vazifa- milliy iqtisodiyotlarning barqaror rivojlanishi 
uchun jami ukladlarning tizimli hamkorligi talab qilinadi. 
O’zaro raqobatda bo’lga turli mulkchilik va xo’jalik shakllarining yuzaga 
kelishi va ular samaradorligini ta’minlash zarurati bor bo’lganidan ularning 
birontasi ham boshqalari bilan o’zaro aloqada bo’lmay turib rivoj topa olmaydi. 
Raqobatlashuvchi shakllarning uzviy bir butunligi ularning davlat tazyiqi bilan 
yaratilgan tartibsiz konglomeratidan (to’plamidan) farq qiladi, chunki bu 
manfaatlarning bog’lanishiga asoslanadi. 
13
“2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish yo’nalishlari bo’yicha harakatlar 
strategiyasi” prezident farmoni


19 
Hozirgi iqtisodiyotning ko’p ukladli tuzilmasiga xususiylashtirish katta ta’sir 
ko’rsatadi. Samarali xususiylashtirish iqtisodiyotni isloh qilish va zamonaviy bozor 
iqtisodiyotini barpo etishning umumiy jarayonidagi bosh bo’g’inidir. 
2019-yil 12-yanvar kuni urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish 
chora tadbirlari to’g’risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 
2019-yil 1-iyuldan:
- Yuridik shaxslar bino va inshootlari, sanoat infratuzilmasi obyektlari
joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega; 
- Jismoniy shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat
ko’rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega; 
- Xususiylashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan 
amalga oshiriladi; 
- Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan yer uchastkalari
xususiy mulk hisoblanadi va daxlsizdir; 
- Xususiylashtirish faqatgina kadastr hujjatlari mavjud bo’lgan holda hamda
Hukumat tomonidan belgilanadigan miqdorlarda pullik asosda amalga oshiriladi.
14
O’zbekistonning agrar sektorida xususiy jamoa shirkat va xo’jaliklarining 
parallel rivojlanishi ta’minlanmoqda. Ayni paytda ulardagi ichki tuzilmaviy 
o’zgarishlar o’tkazilmoqda, mayda dehqon xo’jaligi jadal o’smoqda. 
Bugungi kunga kelib, xususiylashtirish bo’yicha qator qonun va loyihalar 
ishlab chiqilmoqda. Bunga misol qilib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 
2019- yilning 13-avgust kuni “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer 
uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunni keltirishimiz mumkin. 
Qonunga ko’ra, yer uchastkalarini xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga 
oshiriladi: 
doimiy foydalanish (egalik qilish) yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilish huquqlari asosida tegishli bo’lgan yer uchastkalarini yuridik va 
jismoniy shaxslar tomonidan sotib olish; 
yer uchastkalarini online- auksion orqali sotish; 
O’zbekiston fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslar va O’zbekiston rezidentlari 
bo’lgan yuridik shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirishi mumkin.
15
Bu o’rinda mutaxassislar davlat mulkini xususiylashtirish va boshqa mulk 
shakllariga o’tkazishda shoma-shosharlik qilmaslikni bildirb o’tishgan. 
Yerning xususiy mulkka aylanishi ma’naviy tomondan fuqaroga katta 
ishonchberadi. Xususiy yerga kishining mehri boshqacha bo’ladi. Yer egasi o’zini 
oyoqda mahkam turgandek his qiladi, uzoq kelajakka doir rejalar tuzadi va 
istiqbolini aniqroq ko’ra boshlaydi. 
Qolaversa, ayrim katta to’ralar tomonidan endi “ Yer seniki emas, 
davlatniki” degan iddaolar bo’lmaydi. O’z uyimizda ijara turgandek yashamaymiz. 
Shuningdek, hech bir ishlab chiqarish yersiz amalga oshmaydi, chunki har 
qanday korxona bir parcha yer ustida joylashgan bo’ladi. Yer – xuddi kapital, 
energiya ahborot singari iqtisodiy omil, olaylik ishchi kuchi arzon, texnika qimmat 
14
“Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi Prezident Farmoni. 12.01.2019. 
15
“Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi Qonuni. 13.08.2019. 


20 
bo’lsa, tadbirkor qimmat texnika sotib olishdan ko’ra ko’proq ishchi kuchi 
yollashga harakat qiladi. Xuddi shunday korxonasi qimmat yerda joylashgan 
bo;lsa, uni sotib olib, ishni arzon yerga ko’chirishga harat qiladi, chunki yerning 
narxi ham mahsulot tannarxiga ta’sir qiladi. Demak yer xususiylashsa, tadbirkor 
ham, jamiyat ham foyda ko’radi. (masalan, shaharning markazida ishlab chiqarish 
korxonalari bo’lmaydi. 
O’zbekiston Respublikasida davlat korxona va obyektlarini davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo’yicha o’ziga xos yo’l tanlagani 
hammamizga ma’lum. Quyida keltiriladigan jadvaldan mamlakatimizda so’ngi o’n 
yil ichida xususiylashtirishda qanday natijalarga erishganini hamda mamlakatdagi 
Yalpi ichki mahsulotning necha foizi davlat va nodavlat sektorlarga tegishli 
ekanligini bilib olishimiz mumkin. 

Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin