Kurs ishi tdtu 108-19 (KB) guruh talabasi



Yüklə 324,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix24.03.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#124297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4-reja

 
 
 
 
3
Ўзбекистонда ижтимоий-фалсафий фикрлар тариxи. – Т ., 1995. - Б. 68. 
4
Маҳмудов Р. Дегонимни улуска мағруб эт. – Т., 1992. – Б. 29. 



 
1.2. O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi
me’yoriy-huquqiy bazasi. 
 
O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi 
me’yoriy-huquqiy bazasi 1990-yil 31-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasida 
qabul qilingan “Mulkchilik to‘g‘risida
”gi qonun asosiysi hisoblanadi. O‘zbekiston 
Respublikasida mulkchilikka doir munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan 
tartibga solib turiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
Kodeksi, “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarning ham tegishli moddalari 
orqali mulkchilik mexanizmi barqaror amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida 
ko‘rsatilishicha: “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi 
va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, 
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan 
qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.”
5
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan “Mulkchilik to‘g‘risida
” gi 
qonunning 1-moddasida ta‘kidlanganidek:
1. O‘zbekiston Respublikasida mulkiy huquq tan olinadi va qonun bilan muhofaza 
etiladi.
2. Mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qiladi, undan 
foydalanadi va uni tasarruf etadi. 
Mulkdor o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday xatti-
harakatlarni qilishga haqlidir. U mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har 
qanday xo‘jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin.
3. Mulkdor o‘ziga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni 
tasarruf qilish huquqini boshqa shaxslarga berishga faqat o‘zi haqlidir. O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan hollarda, mulkdorning zimmasiga boshqa 
shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yish 
vazifasi yuklanishi mumkin.
4. Mulkdor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan shartlar va 
doira chegarasida o‘ziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida 
fuqarolarning mehnatidan foydalanish to‘g‘risida ular bilan shartnoma tuzishga 
haqlidir.
Fuqaroning mehnatidan foydalanishga asos bo‘lgan mulkning qay shaklda 
ekanligidan qatiy nazar, fuqaro O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 
boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar va kafolatlar 
bilan ta‘minlanadi.
5. Mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar etkazmasligi, jismoniy, 
yuridik shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan 
muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
6
5
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992 (54-modda) (o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
6
O’zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to’g’risida”gi qonun 31.10.1990.(1-modda)



Iqtisodiyotning nodavlat sektorini rivojlantirish va xususiylashtirish borasida 
mustaqillik yillarida davlat tomonidan sezilarli ishlar amalga oshirildi. 1991-yil 19-
noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni “Mulkchilik haqida”gi 
qonunni ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitni ta’minladi. 1993-yil 7-mayda 
“Mulkchilik to’g’risidagi qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish 
to’g’risida”gi qonunda mustahkamlanib qo’yilgan qonunga muvofiq faqat jismoniy 
shaxslarga emas, balki nodavlat yuridik shaxslar ham mulk huquqining 
sub’yektlari deb e’tirof etiladi. 
Davlat mulkining xususiylashtirilishi va kichik biznes rivojining 
rag’batlantirilishi natijasida O’zbekistonda yangi ijtimoiy qatlam – mulkdorlar 
sinfi paydo bo’ldi. 
Xususiylashtirishning bir necha yo’llari mavjud: 
1) Davlat korxonalarini aksionerlik jamiyatiga aylantirish; 
2) Ijaraga olingan davlat korxonasini jamoa mulkiga aylantirish; 
3) Davlat mulkini fuqarolarga bepul berish; 
4) Davlat mulkini mas’uliyatini o’z zimmasiga oladigan mulk sohibiga berish; 
5) Davlat mulkini chet el fuqarolariga berish; 
6) Davlat mulkini auksionda sotish orqali amalga oshirish mumkin.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish- sho’rolar iqtisodiy tizimini sindirib
uning asoratlarini bartaraf etish va erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishning eng 
samarali yo’llaridan biri. Bu tadbir xususiylashtirish jarayoni bilan mantiqan 
bog’langan tushuncha bo’lib, davlatga oid tashkilot, korxona, muassasalarni hamda 
birlashmalarni davlat tasarrufidan, ya’ni davlat ixtiyoridan chiqarib, xususiy mulk 
egalariga bo’lib berish, aniqrog’i uni sotish tushuniladi. 
Davlat tasarrufidan chiqarish- yangi boshqaruv tuzilmalarini barpo etish 
demakdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1994-yilning mart oyida 
“O’zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonlarini chuqurlashtirish bo’yicha davlat dasturi”ni tasdiqladi. Dastur 
bo’yicha: 
 Ular xususiylashtirishning Respublika dasturlarini ustivor yo’nalishlarini 
hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak; 
 Xususiylashtirishning mintaqaviy va tarmoq dasturlari asosiy qoidalarini 
amalga oshirish, qonun bo’yicha mintaqa yoki tarmoqda davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish uchun mas’ul bo’lgan bo’linmalar va 
mansabdor shaxslarning mas’uliyat tartibi asosida tezkor va sifatli 
bajarilishi kerak.
7
Istalgan tarmoqni davlat tasarrufidan chiqarish konseptsiyasi, mamlakatdagi 
haqiqiy iqtisodiy ahvolni va uning xususiyatini hisobga olgan holda ishlab 
chiqiladi.Bunda boshqa davlatlarda bo’lib o’tgan iqtisodiy tanglik davrlari inobatga 
olinadi. Tovar-pul mutanosibligiga, asosan, davlat mulkining bir qismini sotish, 
shuningdek, byudjet va kredit siyosatini o’zgartirish bilan erishish mumkin. Davlat 
7
Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йулида. - Тошкент: Ўзбекистон, 1995. 
-
Б. 183-184 . 


10 
samarasiz ishlab chiqarishlarni qo’llab-quvvatlashdan voz kechib, bu bilan chuqur 
tuzilmaviy o’zgarishlar uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak. Mulkiy 
tabaqalanishni cheklovchi va ishlab chiqarish investitsiyalarini rag’batlantiruvchi 
soliq islohoti davlat tasarrufidan chiqarish keng tus olishidan oldinroq amalga 
oshirilishi kerak. Huquqiy shaxslar va fuqarolarning, shu jumladan, xorijiy 
fuqarolarning qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xo’jalik faoliyatida tenglik 
e’lon qilinadi. Huquqiy shaxslar va fuqarolarning hech istisnosiz, davlat mulki 
hisoblanadigan mulk turlaridan tashqari, har qanday mulk turiga, shu jumladan, 
ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish huquqi kafolatlangan. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari 
quyidagilardan iborat: 
• Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat 
jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash; 
• Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va 
pulsiz topshirishni qo’shib olib borish; 
• Pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolarning 
huquqlari tengligi; 
• Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar 
ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash; 
• Oshkoralik davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini 
amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yo’lga qo’yish; 
• Raqobat to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish.
8
Shuni aytib o’tish joizki, xususiylashtirilgan mulkdan keladigan tushum 
orqali davlat byudjetini ko’paytirish ko’zda tutilmagan. Aksincha, bu tushumlar 
yordamida mulk ob’yektlarini ta’mirlash, ularni zamoniy texnika va texnologiyalar 
bilan ta’minlash ya’ni ishlab chiqarishda modernizatsiya va diversifikatsiya 
ishlarini olib borish hamda raqobatbardosh aniqroq qilib aytganda, jahon 
talablariga mos mahsulotlar yaratish uchun shart-sharoitlar yaratish asosiy maqsad 
qilib olingan. 
Mamlakatimizda ko’p ukladli iqtisodiyot tarkibida davlat, korporativ va 
xususiy mulkning tengligi, ayni paytda xususiy mulkning ustuvorligi aniq belgilab 
qo’yilgani davlatimizning siyosiy va iqtisodiy tizimini, biz barpo etayotgan 
jamiyatning ma’no mazmunini aniq va ravshan ko’rsatib beradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 1-moddasiga ko‘ra:
Fuqarolik qonun hujjatlari ular tomonidan tartibga solinadigan munosabatlar 
ishtirokchilarining tengligini e‘tirof etishga, mulkning daxlsizligiga, 
shartnomaning erkinligiga, xususiy ishlarga biron-bir kishining o‘zboshimchalik 
bilan aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligiga, fuqarolik huquqlari to‘sqinliksiz amalga 
oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini, ularning sud orqali himoya qilinishini 
ta‘minlash zarurligiga asoslanadi.
8
O’zbekiston Respublikasining

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risi”dagi qonuni
(4-
modda)
. № 
425-XII. 19.11.1991.


11 
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o‘z fuqarolik huquqlariga 
o‘z erklariga muvofiq ega bo‘ladilar va bu huquqlarini o‘z manfaatlarini ko‘zlab 
amalga oshiradilar. Ular shartnoma asosida o‘z huquq va burchlarini belgilashda va 
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har qanday shartnoma shartlarini aniqlashda 
erkindirlar. 
Tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining 
butun hududida erkin harakatda bo‘ladi.
Xavfsizlikni ta‘minlash, insonlarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, 
tabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo‘lsa, tovarlar va 
xizmatlar harakatda bo‘lishini cheklash qonun hujjatlariga muvofiq joriy etilishi 
mumkin.
9
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksining 2-moddasiga ko‘ra:
Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy 
holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual faoliyat 
natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni amalga 
oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga majburiyatlarni, 
shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy 
munosabatlarni tartibga soladi. 
Fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga 
solinadigan munosabatlarning ishtirokchilari bo‘ladilar.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, fuqarolik qonun 
hujjatlarida belgilab qo‘yilgan qoidalar chet ellik fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan 
shaxslar hamda chet ellik yuridik shaxslar ishtirokidagi munosabatlarga 
qo‘llaniladi.
Shaxsiy nomulkiy munosabatlar va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq 
bo‘lmagan shaxsiy munosabatlar, agar qonunlarda boshqacha tartib nazarda 
tutilgan bo‘lmasa yoki bu munosabatlarning mohiyatidan o‘zgacha hol 
anglashilmasa, fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan belgilarga javob beradigan 
oilaviy munosabatlarga, mehnat munosabatlariga va tabiiy resurslardan 
foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish munosabatlariga nisbatan 
fuqarolik qonun hujjatlari bu munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga 
solinmaydigan hollarda qo‘llaniladi. 
Bir tarafning ikkinchi tarafga ma‘muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy 
munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma‘muriy 
munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Xulosa qilib aytganda, biz mulk va mulkdorlar masalasini yechishda 
umume’tirof etilgan tamoyillar bilan birga, o’zimizga xos milliy xususiyat va hayot 
tarzini inobatga olganmiz. Ayni shunday yondashuv va olib borayotgan 
siyosatimiz mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash, 
iqtisodiyotimizning ishonchli poydevori va tez sur’atlar bilan o’sishini 
ta’minlashda mustahkam omil bo’lib kelmoqda. 
9
O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi” 30.08.1996. 


12 

Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin