22
Xususiylashtirilgan davlat mulki ob’yektlari tarkibida eng ko’p
ulush
mahalliy hokimiyatlarga 574 ta obyekt (respublika bo’yicha jami
xususiylashtirilgan obyektlarning 68,2 %), uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish
vazirligi 80 ta (9,5%), sog’liqni saqlash vazirligi 59 ta (7,0%), davlat aktivlarini
boshqarish agentligi 35 ta (4,2%), xalq ta’limi vazirligi 19 ta (2,3%), Moliya
vazirligi 16 ta(1,9%) to’g’ri keladi.
Davlat noturarjoy fondidan samarali foydalanish maqsadida 2019-yil
yakuniga qadar ijaraga berish bo’yicha 32,4 mingdan ortiq ijara shartnomalari
tuzildi. Natihada, 5,3 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari yaratiladi. Davlat mulkini
ijaraga berishdan tushgan tushumlari jami 178,6 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Hududlar kesimida davlat mulkni ijaraga berishdan tushgan
tushumlarning asosiy
qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 55,4%), Surxondaryo (9,7%),
Toshkent ( 5,8%), Andijon (3,9%) va Xorazm (3,5%) viloyatlari hissasiga to’g’ri
keladi.
Ma’lumot o’rnida shuni aytib o’tish joizki, iqtisodiyotdagi sektor va uklad
tushunchalari bir-biridan farqlanadi. Sektor bu soha yoki tarmoq
iqtisodiyot
bo’g’inini, faoliyat turini bildiradi. Uklad esa ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo’lib,
iqtisodiy munosabatlar jamlanmasi hisoblanadi. Aniqroq qilib aytganda, ukladlar
sektorlarni, sektorlar esa milliy iqtisodiyotni hosil qiladi.
Bo’limdan
umumiy xulosa shuki, bunday natijalarga erishyotganimizning
asosiy sababi yurtimizda iqtisodiy erkinlik mavjudligidir. Umuman olganda,
erkinlik ko’p qirrali tushuncha va uni tavsiflash ham turlicha bo’ladi. Bizning
e’tiborimizni tortadigan joyi erkinlik bu mamlakatda xususiy sektorning
naqadar
rivojlanganini ko’rsatuvchi belgi ekanligi. Iqtisodiy erkinlik bor joyda
monopoliyaning
cheklanishi, ishlab chiqarish samaradorligi oshishi hamda
raqobatning keng yoyilishi kabi holatlar kuzatiladi. Raqobat bor
joyda esa har
doim sifatli va hamyonbop narxdagi mahsulotlar xarid qilish imkoniyati yuqori
darajada bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: