23
2.3.Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy
taraqqiyotimizni muhim omili
Xususiylashtirilgan korxonalarda turli xildagi tadbirkorlik yo’nalishlari
faoliyat yuritmoqda. Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash
tadbirkorlikka ko’maklashish demakdir. Aslini olganda, tadbirkorlik jamiyatdagi
ijtimoiy va iqtisodiy muammolari bartaraf etishda hamda
jamiyatni har tomonlama
rivojlantirishda muhim ro’l o’ynaydi. Chunki ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish,
yangi ish o’rinlarini yaratib, aholi bandligini ta’minlash hamda ishliksiz darajasini
pasaytirishda umumiy hisobning yarmi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka
to’g’ri kelmoqda. Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash
orqali aholi
turmush tarzini yaxshilash, hayot darajasi va farovonligini oshirishga erishiladi.
Tadbirkor yanada rivojlanish natijasida mulkdorga aylanadi. Bu
esa jamiyatdagi
yangicha fikrlaydigan, harakat qiladigan yangi avlod – tadbirkorlar, mulkdorlar
tabaqasining shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslar davlatning ijtimoiy
tayanchi va iqtisodiy taraqqiyot manbai hisoblanadi.
Xususiy tadbirkorlik sub’yektlari, fermer xo’jaliklari davlat buyurmasini
bajarishda ham ishtirok etadilar. Ma’lumki o’zbekiston davlat buyurtmasi bo’yicha
paxta va g’alla yetishtirishda fermer xo’jaliklari yetakchilik qiladilar.
18
Bundan
tashqari, kichik va o’rta korxonalar yirik korxonalarning ayrim buyurtmasini ham
bajarib, ularni to’ldiradilar.
19
Tadbirkorlik faqagina mulkdorga daromad
keltiribgina qolmay balki,
davlatning salmoqli daromad manbai hisoblanadi. Davlatga tushadigan tushumning
asosiy qismi xususiy sektorga tegishlidir.
Mamlakatimizda davlat mulkini sotishdan umumiy tushumlar haqida
yuqorida aytib o’tgandik. Endi uni hududlar
kesimida anday taqsimlangani, ya’ni
yurtimiz iqtisodiyotida qaysi viloyatlar yetakchilik qilayotgani haqida axborot
bermoqchimiz.
2017-yilda hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan
tushunlarning asosiy
qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 49,5%), Namangan (13,5%),
Toshkent (12,5%), Farg’ona (4,8%), Qashqadaryo (3,6%), Buxoro (3,5%),
Qoraqalpog’iston Respublikasi (2,9%), Andijon (2,2%), Samarqand (1,8%),
Surxondaryo (1,8%), Xorazm (1,5%), Jizzax (1,5%), Sirdaryo (0,8%), Navoiy
(0,5%) viloyatlariga to’g’ri keladi.
2018-yilda hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushunlarning asosiy
qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 58,6%), Namangan (5,2%),
Toshkent (7,2%), Farg’ona (4,6%), Qashqadaryo (2,4%), Buxoro (4,1%),
Qoraqalpog’iston Respublikasi (2,6%), Andijon (2,5%), Samarqand (4,2%),
Surxondaryo (1,7%), Xorazm (2,6%), Jizzax (2,4%), Sirdaryo (1,0%), Navoiy
(0,9%) viloyatlariga to’g’ri keladi.
18
Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya, O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati T.: 2015. B. 32-34.
19
Qosimova M.S., Xodiyev B.Yu., Samadov A.N., Muhitdinova U.S. Kichik biznesni boshqarish. O’quv qo’llanma.
T.: O’qituvchi. 2003. - B. 80-82.