21
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, xususiylashtirishdan
tushgan tushumlar yildan
yilga ko’payib bormoqda. Eng yuqori ko’rsatkich 2019-yilga to’g’ri kelmoqda.
Hisobot davrida eng ko’p xususiylashtirilgan ob’yektlar soni Toshkent viloyatida
117 ta (13,9%), Farg’ona viloyatida 112ta (13,3%), Andijon viloyatida 111 ta
(13,2%), Namangan viloyatida (9,1%), Qoraqalpog’iston Respublikasida 67ta
(8,0%), Qashqadaryo viloyatida 64 ta (jami respublika bo’yicha xususiylashtirilgan
ob’yektlar umumiy sonining 7,6%)ni tashlik etdi.
Hududlar kesimida davlat mulkini sotishdan tushgan
tushumlarning asosiy
qismi Toshkent shahriga (barcha tushumlarning 54,7%), Agentlik MA (16,8%)
Namangan (6,7%), Buxoro (5,3%), Farg’ona (4,0%) va Toshkent (2,3%)
viloyatlari hissasiga to’g’ri keladi.
Davlat mulkini muvaffaqiyatli boshqarish sharti bo’lib, boshqarish ob’yekti
mohiyatini tushunish, rivojlanish sababi hamda ma’lum aniq holatdagi xususiyati
haqidagi bilimga ega bo’lishi xizmat qiladi. Davlat
aktivlarini mahsuldor
boshqarish tegishli tarkibiy tuzilmalarni shakllantirish yo’li bilan innovatsion
faoliyatni oshirish va roqobat salohiyatini yuksaltirish
uchun uning tarkibiy
tuzilmasini rivojlantirishga yo’naltiriladi.
Davlat mulkini boshqarish strategik maqsad sifatida milliy boylik oshirilishi,
aholi turmush farovonligini yaxshiligini, bandlik to’liq ta’minlanishi, inflyatsiya
sur’ati pasayishi, to’lov balans muqobillashtirilishi xizmat qiladi. Ushbu maqsadga
erishish meznizmi talab va taklif taqsimotini
tartiblashtirish, ishlab chiqarish va
bandlik uyg’unligi, moliyalashtirish stavka darajalarini tartibga keltirish, pul
muomalasini boshqarish, davlat byudjeti taqchilligini pasaytirish kabilar sanaladi.
Endi esa quyidagi diogramma ko’rinishidagi 2.2-rasmdan o’tgan yilgi
xususiylashtirilgan davlat mulki ob’yektlarini tarkibini ko’rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: