Kurs ishi tdtu 108-19 (KB) guruh talabasi



Yüklə 324,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix24.03.2023
ölçüsü324,65 Kb.
#124297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4-reja

Kurs ishining maqsadi. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
xususiyatlarining nazariy asoslarini o’rganib, xususiylashtirish haqida kerakli 
ko’nikma hosil qilish hamda bulardan foydalanib amaliyotda tatbiq etish va 
takomillashtirishdan iborat. 
Kurs ishining vazifalari: 
- O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslarini 
o’rganish; 
- O’zbekistonda mulkchilik tizimining faoliyat mexanizmini belgilovchi 
me’yoriy-huquqiy bazasini yoritib berish; 
- O’zbekistonda mulkchilik tizimini shakllanishining bosqichlari va 
xususiyatlarini tahlil qilish; 
- Mulkchilik shaklini o’zgartirish- ko’p ukladli tizimni yaratishning asosi 
ekanligini anglash; 
- Xususiylashtirilgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy 
taraqqiyotimizni muhim omili ekanligini ko’rsatib berish. 
 
 
 
 
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi 28.12.2018. 



 
I-BOB.O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiyatlarining 
nazariy asoslari. 
 
1.1 . O’zbekistonda mulkchilik tizimini rivojlanishining fundamental asoslari. 
 
Har qanday jamiyatda mulkchilik iqtisodiy tizimning negizi hisoblanadi.
Mulkiy munosabatlarga asoslanmagan iqtisodiyot bo’lmaydi. Shu sababli ham 
mulkning mavjud yoki mavjud emasligiga qarab insonning jamiyatda ijtimoiy 
maqomi paydo bo’ladi. 
Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston iqtisodiyotining 
negizini mustahkamlashda ,,Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga 
keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tiziming tamal toshi bo’lib xizmat qiladi’’ 
degan da’vati bugungi kunda o’z tasdig’ini topdi. 
Shu o’rinda, mulk ob’yekti va mulk sub’yekti kabi tushunchalar paydo 
bo’ladi. Mulk ob’yekti tabiatdagi narsalar, turli xil moddiy buyumlar va aqliy 
qobiliyat hisoblanadi. Mulk sub’yektini esa mulk ob’yektlariga egalik qiluvchi 
shaxs yoki jamoa guruhlari tashkil qiladi. Mulk ob’yektini o’zlashtirishda 
sub’yektlar o’rtasidagi iqtisodiy tizim mulkchilik munosabatlarini keltirib 
chiqaradi. 
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini mulkka egalik qilish, 
foydalanish va tasarruf etish belgilaydi va jamiyatdagi huquqiy, iqtisodiy 
munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilik shu sababli bir vaqtning 
o’zida ham huquqiy, ham iqtisodiy ham doimiy kategoriya hisoblanadi. 
Egalik qilish – mulkdor qo’lida mulk huquqining saqlanib turishi 
hisoblanadi. Bunda mulkdan kelgan foyda ikki qismga bo’linadi. Daromadning bir 
qismini mulkdor ijara haqi ko’rinishida oladi, qolgan qismini ijarachi o’z 
ehtiyojlarida foydalanadi. Masalan, mulkdor uyni ijarachiga beradi va ijara haqi 
oladi qolganini ijarachi o’zlashtiradi. Qisqa qilib aytganda, qisman cheklangan 
o’zlashtirish deyishimiz ham mumkin. 
Foydalanish - mulk bo‘lgan boylikni iqtisodiy faoliyatda qo‘llab, xo‘jalik 
jarayoniga kiritib, undan natija olishdir. Bunda mulkdan biror maqsad yo’lida , 
daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish yuzaga keladi. 
Foydalanishning egalik qilishdan farqi shundaki, mulkdan kelgan naf ikki qismga 
bo’linmaydi ya’ni foyda butunligicha mulk egasi tomonidan o’zlashtiriladi. 
Tasarruf etish – bu mulk taqdirini mustaqil o’zi istagan tarzda hal etishi 
demakdir. Ya’nikim, mulkni sotib yuborish, davlat tasarrufiga o’tkazish, sovg’a 
qilish yoki meros qoldirishi o’z ixtiyorida bo’ladi. 
Mulkchilik tizimi — jamiyatda o‘rnatilgan mulkchilik shakllariga mos 
instrumental (Fuqarolik huquqlari ob’yekti ma‘nosida), institutsional va funksional 
tuzilmalarni va ular bilan bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy 
munosabatlar mexanizmini birlashtiruvchi yaxlit tizimli majmua. Uning faoliyati 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati kontekstida 
Mulkiy huquq sub’yektlari tomonidan harakatga keltiriladi. Bunda davlatning 



siyosati mulkchilik tizimining samaradorligiga qulay mulkchilik munosabatlari 
muhitini yaratish asosida erishilishiga qaratiladi.
Shunday qilib, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish va xalq farovonligi 
faqat samarali mulkchilik tizimi shart-sharoitlarida erishiladi. 
Mulk - bu ham manfaat, ham mas‘uliyatdir. Mulkchilik - bu mas‘uliyat bilan
manfaatning uzviy birligi hisoblanadi. Mulkchilik real bo‘lishi uchun mulkdorning 
iqtisodiy manfaati amalga oshishi shart. Miqdorning iqtisodiy manfaati - uning 
boylik egasi sifatidagi hayotiy ehtiyoji bo‘lib, xatti-harakat, fe‘l-atvorni, iqtisodiy 
faoliyat motivatsiyasi (sababini) yuzaga chiqaradi. Mulkiy tizim munosabatlar 
mulkdorlar va mulkdor bo‘lmagan shaxslarning o‘zaro manfaatli aloqalari 
mazmun-mohiyati va shakllarini ifodalaydi, ijtimoiy ishlab chiqarishning turini va 
shaklini, mulkchilik tizimidagi faoliyat xarakterini, mamlakatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish modelini hamda bu shaxslarning ishlab chiqarish vositalari 
bilan bog‘lanish, ishlab chiqarish omillari va mahsul(natija)laridan foydalanish 
shart-sharoitlarini belgilaydi. 
Ta‘kidlash zarurki,barcha mamlakatlardagi mulkchilik tizimi va undagi 
mulkiy munosabatlar modeli undagi jamiyat tanlagan taraqqiyot modeliga mos 
ravishda shakllanadi.
2
Shunday ekan, Fuqarolik huquqlari ob’yektining ta‘minot 
turlari mulkiy munosabatlar bilan uyg‘unlikda ko‘riladi. 
Mulkiy munosabatlar har doim yuridik qonunlarda qayd etiladi. Busiz 
mulkchilik amal qilmaydi. Qonunchilik orqali mulkiy aloqa – bog’lanishlar 
boshqarib boriladi. O’zbekiston Konstitutsiyasida ,,O’zbekiston iqtisodiyotining 
negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi “, - deb yozilgan. Hozirgi 
davrgacha turli mulk shakllari paydo bo’ldi. Bular jumlasiga davlat mulki, shaxsiy 
mulk, xususiy mulk, jamoa mulki va aralash mulkni kiritishimiz mukin. Shu 
sababli ham hozirgi iqtisodiyotimizni ko’p ukladli iqtisodiyot deb ataymiz. Mulk 
shakllariga ta’rif bersak maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz. 
 Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish davlat ixtiyorida
bo’lgan mulk ob’yektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil 
bo’ladi: 
1) Xususiy mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish; 
2) Davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona 
va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. 
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki 
umumiy resurslardan foydalanish uchun mosdir. Bunga misol qilib, takror ishlab 
chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, 
yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin. 
 Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy 
ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning 
oila a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi. 
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan, ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda 
ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga 
2
Эрнандо Де Сото. Загадка капитала. Почему Капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во 
всем остальном мире./Пер. с англ.- М.: ЗАО Олимп-Бизнес., 2001.- с 272.



vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan 
keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi 
manbaalarga asoslanadi. 
Shaxsiy mulk ob’yektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport 
vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka 
tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, 
ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. 
 Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga 
asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Shu bilan birga xususiy mulk 
bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmagan. 
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi,o’zining ijobiy va 
salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga 
ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab 
chiqarish sharoitida u hufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. 
Mulkchilikni bu shaklini tan olish xalq xo’jaligiga uni qo’llash foydali bo’lgan 
bo’g’inlarni anqilash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini 
shakllantirshni taqozo etadi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni 
mutlaqlantirish bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib ollingan ishlab 
chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, 
kooperativ firmalar, magazin,oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga 
keltirish mumkin. 
 Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar
tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni 
bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab 
korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi. 
Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat 
mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa 
mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, 
xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning 
mulki kiradi. 
 Aralash mulk – turli shalkdagi mulklarning birikib ketishi natijasida paydo
bo’ladigan boylik. Bu mulk alohida olingan ob’yektning turli mulkdorlar 
ishtirokida o’zlashtirishini bildiradi. 
Davlatning demokratik negizlari barqarorligining iqtisodiy asosini – mulk 
shakllarining xilma – xilligi, birinchi navbatda xususiy mulk tashkil etadi. 
Davlatning demokratik negizlari barqarorligining siyosiy asosini – real 
ishlab chiqarish vositalarining o’rta mulkdorlaridan iborat kuchli qatlamlarning 
mavjud bo’lishi tashkil qiladi. Aholi orasida haqiqiy mulkdorlar o’rta qatlamning 
ko’pchilikni tashkil etishi mamlakatda ijtimoiy – iqtisodiy islohotlarni orqaga 
qaytarish imkoniyatlarini bartaraf etishning kafolati hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari yoki mulkiy tengsizlik haqida ham allomalarni 
fikrini keltirishni joiz deb bildik. Masalan, Abu Ali ibn Sino “ Odamlarning mulkiy 
tengsizligi, vazifasining bir xil emasligi, o’zaro farqlari, inson ijtimoiy 



faoliyatining sababidir”
3
deb yozgan. Aniqroq qilib aytganda, inson o’zini 
moddiy ahvolini yaxshi qilishi uchun unga iqtisodiy erkinlik berish kerak.
Barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun odamlarda haqiqiy mulkdorlik hissini 
paydo qilish kerak. Ya’ni, mulkka inson o’zini mulki sifatida qarasa, davlatni 
mulki deb qaraganga nisbatan unga ehtiyotkor munosabatda bo’ladi va ishlab 
chiqarish samaradorligi uchun kurashadi. Agar mulki o’ziniki ekanligini 
anglamasa, jamiyatda barqarorlikni saqlab qolish va uni himoya qilishga 
intilmaydi. Shundan kelib chiqqan holda odamlar ongidagi o’zgarishlar natijasida 
mulkka, mehnatga bo’lgan munosabat o’zgardi. Davlat tomonidan tadbirkor va 
fermerlarga yerlar xususiylashtirilib berildi hamda xususiy mulk iqtisodiyot 
poydevori mahsuli ekanligi e’tirof etildi. 
Yana Voiz Koshifiyning ta’kidlashicha, “ishlab chiqaruvchilar hokimiyatga 
so’zsiz itoat etishlari emas, balki keyingilari mehnatkash dehqon, kosib-
hunarmand, bog’bonning tinch mehnati uchun shart-sharoit yaratib berishlari 
kerak, boshqacharoq aytganda, ularga xizmat qilishlari lozim.”
4
Bu fikrlarni 
inobatga olgan holda mulkchilikka davlat aralashuvi kamaytirildi, ularga erkin 
ishlashga imkoniyatlar yaratildi. Bu jahon tajribalarida va milliy iqtisodiyotimizda 
ham o’z isbotini topdi. 
Mulkchilik shakllari asosan quyidagi yo‘llar bilan vujudga keladi: ilohiy va 
omad faktorlari, ijtimoiy, siyosiy va huquqiy jarayonlar, inson mehnati, yuridik 
shaxslar (jumladan, biznes sub’yektlari) faoliyati, davlat tasarrufidan chiqarish, 
xususiylashtirish va milliylashtirish (natsionalizatsiya). Bunda davlat, mahalliy 
hokimiyatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, alohida jamoalar mulkdor sub’yektlar 
sifatida qaraladi.
Vazirlar Mahkamasi majlisida (2007-yil 12-fevral) 1-Prezident Islom 
Karimov “Yangilanish va barqaror taraqqiyot yo’lida yanada izchil harakat qilish, 
xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish-asosiy vazifamizdir” nomli 
ma’ruzasida xususiylashtirish masalasiga doir o’z fikrini quyidagicha bayon etgan 
edi: “Biz xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosabatimiz va 
yondashuvlarimizni ham tubdan o’zgartirishimiz, iqtisodiyotning kimyo, 
elektrotexnika, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati va 
boshqa yetakchi tarmoqlariga qarashli korxonalarning aksiyalarini kimoshdi 
savdosiga qo’yish bo’yicha qat’iy choralar ko’rishimiz zarur” 
Xulosa shuki,davlat mulkini xususiylashtirilishi va kichik biznes rivojining 
rag’batlantirilishi natijasida O’zbekistonda yangi ijtimoiy qatlam – mulkdorlar 
sinfi paydo bo’ldi hamda xususiylashtirish tufayli qimmatli qog’ozlar va mulk 
bozori kabi yangi bozorlar paydo bo’lib, ko’p tarmoqli iqtisodiyotning shakllanishi 
va bozor munosabatlarini yanada rivojlanishiga asos bo’ldi. 

Yüklə 324,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin