Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy
shakllari Iqtisodiyotda, xususan mulkiy munosabatlar shakllarini o`rganishda mulkni tasniflash muhim o`rin tutadi. Ko`pchilik iqtisodchilar va faylasuflar uchun tasniflash mezoni sifatida mulk subekti olinadi. Agar mulk bir shaxsga tegishli bo`lsa, u – xususiy.
Agar u bir necha shaxsga tegishli bo`lsa – jamoaviy. Agar u butun jamiyatga tegishli bo`lsa – umumxalq yoki davlat mulki hisoblanadi. Bunday yondashuv G`arbdagi tadqiqotchilar uchun mulkning uchta shaklini ifodalashga asos bo`lgan.: xususiy, jamoaviy va ijtimoiy. Ba’zan ularga aksiyadorlik (korporativ) va davlat shakllari ham qo`shimcha qilinadi. Ba’zida aksiyadorlik mulkini jamoaviy shakl deb, davlat mulkini esa ijtimoiy shakl deb hisoblashadi. Lekin bundan mohiyat o`zgarmaydi.
ixtiyoriy shakldagi mulkning namoyon bo`lishi qator omillarga bog`liq. Jumladan:
mehnat sharoitlari va natijalarini o`zlashtirib olish usullari; Ø mehnat sharoitlari va natijalarini tasarruf etish xususiyatlari; Ø mehnat sharoitlarini takror yaratish;
faoliyat turlari bo`yicha almashishning asosiy usuli;
natijalari qayta taqsimlash usullari;
Mulkchilik munosabati tarixan qanday shakllarda rivojlanganligi katta qiziqish uyg`otadi (4.1-rasm).
Жамоавий
Олий
Кўп поғонали
Табақали
Хусусий Тоталитар Бюрократик
Корпоратив Ижтимоий