Mulkchilikning eng dastlabki shakli jamoaviymulkG`arb huquqiy tizimining asos (antik taraqqiyot)ini tashkil etadi. U uchta asosiy xususiyat bilan tavsiflanadi:
v jamoaviy mulk jamiyatga – uni to`laqonli a’zolar deb tan oluvchi indvidlar yig`indisiga tegishli;
v jamoaviy mulkni qayta taqsimlash huquqi mutlaq jamiyatga tegishli;
v jamoaviy mulk jamoaviy huquq normalari bilan tartibga solinadi. Jamoaviy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat:
boshqarish (taqsimlash) ijtimoiy;
egalik qilish xususiy;
v) jamoaviy mulk ob’ektidan voz kechish taqiqlangan;
g) ijtimoiy majburiyatlar tizimi;
d) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi.
Jamoaviy mulk rivojlanishi davlatchilikni yuzaga keltirgan. Ushbu bosqichida davlat majbur etish apparati sifatida hali jamiyatga qarshi turmaydi.
Oliymulkdavlat mulkining dastlabki shaklidir. Davlatni tashkil etish ko`p hollarda mulkni, masalan, yerni zo`rlik bilan tortib va bosib olishlar oqibati bo`lgan. Oliy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat:
mulk va hokimiyatning bo`linmasligi;
xizmat uchun mukofot sifatida resursni hadya qilish shaklida faoliyat bilan almashish;
v) mehnat sharoitlarini ishlab chiqaruvchilarga biriktirish (xususiy egalik);
g) biriktirilgan resurslarni tasarruf etish uchun davlat monopoliyasi;
d) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi.
Davlat boshlig`i bunday mulkning «oliy mulkdoriga» aylangan va ularni o`z fuqarolariga tarqatgan (hadya qilgan). Yerni egalikka olish va undan foydalanish sharti davlatga xizmat qilishdan iborat bo`lgan. Oliy hokimiyat ixtiyorida eng muhim ta’sir etish vositasi – tortib olish (tasarruf etish) huquqi qoldirilgan. Bu bir vaqtning o`zida ikkita o`zaro bog`liq vazifani hal etish imkonini bergan: ishlab chiqaruvchining ehtiyojlarini qondirish va ishlab chiqaruvchini o`zi foydalanadigan resursni takror yetishtirishga majbur qilish.
Asta-sekin vaqt o`tishi bilan oliy mulkchilik instituti sharoitida, davlat monopoliyasi xo`jalik faoliyati mahsulotlari bilan almashuv rivojlanishiga to`sqinlik qila boshlagan. Iqtisodiy ehtiyojlarning ta’siri ostida mulkchilik instituti o`zgara boshladi. Natijada turli ishlab chiqarish usullariga xos bo`lgan ikkita turli institut shakllandi: tabaqali va ko`p pog`onali mulk.