Tabaqalimulk– oldingi davrda asosiy mehnat sharoiti bo`lgan tabiiy resurslarga tabaqali monopoliyalar shakllanishi bilan tavsiflanadi, dvoryanlarning o`zlariga «biriktirilgan» mol-mulkni tasarruf etish huquqi borgan sayin kengayishi bilan izohlanadi.
Tabaqali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
mulkdorlar sinfining paydo bo`lishi;
ishlab chiqarish vositalari cheklangan aylanmasining paydo bo`lishi;
v) hokimiyat huquqlariga nisbatan mulkiy huquqlarning cheklangan xususiyati;
g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
d) mulkdan olinadigan daromadni qayta taqsimlash yangi shaklining paydo bo`lishi. Rivojlanishning Yevropa modeliga xos bo`lgan tabaqali mulkchilik instituti davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilikka o`tish bosqichi sifatida ta’riflanadi.
Xususiymulkchilikindividning jamoaviy xo`jalik faoliyatidan ajralib chiqishini o`zida namoyon etadi va quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
hokimiyat huquqlariga qaraganda mulkiy huquqlarning yetarliligi;
mulkdorning mulkiy javobgarligi.
Xususiy mulk institutining shakllanishi tobelikning yangi shakli – iqtisodiy tobelikning paydo bo`lishiga olib keldi. Xodimning ishlab chiqarish vositalaridan
ajralishi bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining o`z mehnatining mahsuliga bo`lgan huquqidan mahrum etilishi yuz berdi.
Korporativmulk. Ko`plab tadqiqotchilar korporativ mulkni xususiy mulk bilan tenglashtirib, korxonani tashkil etishning korporativ shaklini mulkiy majmuani ishonchli boshqarish shakli sifatida talqin etishni taklif qilishadi. Korporativ mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: mulkning ayrim shaxslarga taqsimlanganligi; iqtisodiy agentlarning tobelik munosabatlari; iqtisodiy agentlar javobgarligining cheklanganligi; qayta taqsimlash munosabatlari sohasida mulkdan keladigan daromadlar rolining keskin ortishi; mulkdor – korporatsiya huquqlarini bilvosita himoyalash orqali mehnat sharoitlarini takroriy yaratish.