128
birlashmasining kitob fondi tashkil etgan edi.,1940 yilga kelib, respublikada oliy
malakadagi ilmiy kadrlar va bir necha unlab ilmiy-tadqiqot institutlarining
mavjudlign natijasida О‘zbekiston fan Komiteta negizida SSSR FA sining filialini
tashkil etish uchun ilmiy va moddiy zarurat vujudga keladi. Kutubxona mustakil
ilmiy yordamchi bо‘lim sifatida filial tarkibiga kiradi.
Ikkinchi jahon urushi boshlarida sobiq ittifoq FAning О‘zbekiston filiali ilmiy
kadrlar
yetishtirib
chikaradigan Respublika
ilmiy
markaziga
aylanadi.
Kutubxonaniig bu yillardagi faoliyati mutlaq katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Sababi,
aynan shu davrda Toshkentga Moskva, Leningrad kabi yirik markazlardan ilmiy
muassasalar kо‘chirib keltirilgan edi. 1942 yiln kuchib kelgan muassasalarga
yaxshi xizmat kо‘rsatganligi uchun sobiq ittifoq FA filialining kutubxonasi Oliy
ta’lim va ilmiy muassasalar xodimlari faxriy yorlig‘ bilan mukofotlanadi. 1943 yil
27 sentabrda, urush avjiga chikib turgan bir vaqtda xukumat tomonidan
О‘zbekiston Fanlar akademiyasini tashkil etish tug‘risida qaror chiqaradi. Shu
vaqtdan e’tiboran kutubxona yangi tashkil topgan akademiyaning Asosiy
kutubxonasi bо‘lib qoladi.1964 yildan О‘zbekistan FA kutubxonalari tizimi
markazlashtirilib, 24 ilmiy-tadqiqot institutlari kutubxonalarini birlashtirdi. 1983
yildan kutubxona maxsus kurilgan yangi binoga kо‘chib о‘tdi.Hozirgi vaqtda
kutubxona respublika yagona axborot-ma’lumotnoma fondining (RYAAMF)
a’zosi bо‘lib, tabiiy fanlar buyicha depozitariy vazifasi yuklangan, KAAning
tarmoq markazi, xorijiy nashrlar
bilan tо‘ldirishning bosh kutubxonasi xamda FA kutubxonalari uchun metodik
markaz hisoblanadi.О‘zbekistan FAning ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari va
aspirantlari hamda oliy о‘quv yurtlari sо‘nggi kurs talabalaridan iborat kitobxonlar
guruhiga axborot-kutubxonachilik xizmatini kо‘rsatish kо‘p tarmoqli yagona kitob
fondi yordamida amalga oshiriladi. Ularning umumiy miqdori 2,5 mln dan ortiq
tabiiy va turdosh fanlarga oid, shu jumladan, 500 ming nusxadagi chet el
nashrlarini о‘z ichiga oladi.Kitob fondini tо‘ldirish 1990 yilga kadar Butunittifoq
kitob palatasining pullik majburiy nusxasini olish, kitob savdosi shoxobchalaridan
sotib olish, obuna bо‘lish orqali, sobiq ittifoqdosh respublikalardan kitob
almashish, respublikada chiqadigan nashrlarning bepul majburiy nusxasini olish
xamda olimlarning in’om tariqasida topshirgan nashrlari evaziga ta’minlanar
edi.Turli tildagi chet el adabiyotlari 20 ta mamlakatdan markazlashgan tartibda
sotib olinadi hamda xalqaro kitob almashish orqali keltiriladi. Ba’zi xorijiy
nashrlarni kutubxona mikrofish tarzida oladi. Kutubxonaning kо‘p tarmoqli
yagona fondi alifboli, sistemali, Toshkent shahri kutubxonalariga kelib tushgan
yangi xorijiy kitoblar, О‘zbekistan kutubxonalari oladigan chet el vaqtli matbuoti
kabi qator kataloglar sistemasi yordamida ochib beriladi.Kitobxonlar talabini tez
va tula qanoatlantirish maqsadida xilma-xil xizmat shakllaridan foyda
Dostları ilə paylaş: