Madaniyatshunoslik


Maktab yoshigacha va 1- 4 sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

Maktab yoshigacha va 1- 4 sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish 
sho‘basi

Maktab yoshigacha va 1- 4 sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish sho‘basi: 
Abonement va o‘quv zalidan iborat. sho‘basining kitob fondi 8503 nusxani tashkil 
etadi. Bu sho‘bada bolalar bog‘chalarining maktabgacha tarbiya guruhi bolalariga 
va maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatadi. Xizmat 
ko‘rsatish bo‘limining asosiy vazifasi kichik yoshdagi kitobxonlarni kutubxonaga 
jalb qilish, kutubxonada bo‘lgan noyob durdona asarlarni kitobxonlarga yetkazish, 
ularni bilim saviyasini oshirishdir.boshlanadi. Bu yerda yosh kitobxonlar 
o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini qiziqarli va mazmunli o‘tkazadilar. Hozirgi kunda 
videoapparatura orqali turli xil multfilmlar namoyishi va o‘yinlar bolalar 
xizmatida. 
Adabiyotlardan to‘liq foydalanish uchun alfavitli va sistemali kataloglardan 
foydalaniladi. She’rlar kartotekasi bolalar qiziqishlarini hisobga olib muntazam 
to‘ldirilib boriladi. 
Sho‘ba xodimlari Toshkent shahridagi bolalar bog‘chalari hamda maktablar, 
Uspenskiy 
nomli 
Respublika 
ixtisoslashgan 
musiqa 
akademik 
litseyi 
o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bo‘lim maktablar bilan hamkorlikda 
“Alifbo” bayramlari, uchrashuvlar, suhbatlar uyushtiradi.
2. 5 – 11 sinf o‘quvchilariga ta’lim resurslari bo‘yicha axborot xizmat 
ko‘rsatish sho‘basi 
Sho‘ba 5 – 11 sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatadi. Kitob fondi 7500 nusxani 
tashkil etadi. Kitoblar BBK bo‘yicha joylashtirilgan. Bu sho‘bada tabiiy fanlar, 
texnika va qishloq xo‘jaligi, sport va sog‘liqni saqlash, maktab dasturi bo‘yicha 
adabiyotlar mavjud. Abonementda ikki guruhga bo‘lingan holda ya’ni 5 – 7 sinf 
o‘quvchilari va 8 – 9 sinf o‘quvchilari uchun alohida – alohida kitob berish tashkil 
etilgan. Kitobxonlar kitoblarni 10 kun muhlat bilan oladilar. Sho‘bada 


131 
o‘quvchilarimiz o‘zlariga kerakli adabiyotlarni tanlashlari uchun ochiq kitob fondi 
barpo etilgan, kitob javonida yo‘q kitoblarni kutubxonani alifbo va tizimli 
kataloglaridan foydalanib buyurtma berishlari mumkin. 
O‘quv zalida kutubxonaning eng nodir kitoblari jamlangan: Ensiklopediyalar, 
lug‘atlar, darsliklar, gazeta va jurnallar, badiiy adabiyotlar shular jumlasidandir. 
O‘quv zalida turli xil kechalar, taniqli yozuvchilar, shoirlar, mashhur kishilar 
bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Bu o‘quv zalida o‘tkaziladigan har bir tadbir 
o‘quvchilarni yanada ko‘proq kutubxonaga kelishlarida muhim vosita bo‘lib 
xizmat qiladi. Chunki ular mashhur kishilar bilan jonli muloqot qiladilar, hamda 
o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oladilar. 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin